Chirchiqda kollej o‘quvchisi qiz sinfdoshini pichoqladi
Toshkent viloyat, Chirchiq ijtimoiy-iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining ikkinchi bosqich o‘quvchisi o‘zining qiz kursdoshini pichoqladi. Bu xabarni tasdiqlagan kollej o‘qituvchisi so‘zlariga ko‘ra, ikki kursdosh o‘rtasida chiqqan janjal shu voqea bilan tugagan. Qiz kasalxonada davolanmoqda. Yigit ustidan jinoyat ishi ochildi.