Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 30 kungacha vizasiz o‘tib-qaytish rejimi joriy etildi

Prezident Shavkat Mirziyoev hamkasbi Imomali Rahmon taklifiga binoan 9 mart kuni davlat tashrifi bilan Dushanbega keldi.


Dushanbe aeroportida Shavkat Mirziyoevni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning o‘zi kutib oldi.







Erta tongdan O‘zbekiston davlat rahbarini kutib olishga 15 mingdan oshiq poytaxtlik¸  yosh va o‘smirlar jalb etildi.


Prezident etib saylanganidan buyon Tojikistonga ilk davlat tashrifi bilan kelgan Mirziyoev sharafiga 21 marta to'pdan o'q otildi.


Davlat tashrifi doirasidagi mulozamatlardan so‘ng¸ ikki davlat rahbarlari o‘zaro muzokaralarni boshladi.


Shavkat Mirziyoev hamkasbi Imomali Rahmon bilan muloqot chog‘ida ikki qo‘shni xalq ushbu tarixiy uchrashuvni uzoq kutganini qayd etdi:


- Odamlarning ko‘zlarida xalqlarimiz bir-birini sog‘inganini ko‘rdim. Biz Tojikiston va O'zbekiston o‘rtasidagi barcha muammolarni muhokama qilib, ularni yechim yo‘llarini topishga harakat qilamiz -dedi  Shavkat Mirziyoev.







Ikkala prezidentning yakkama-yakka¸ so‘ngra kengaytirilgan doirada o‘tkazgan muzokaralari nihoyasida Prezidentlarning Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma, Fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan jami 27 hujjat imzolandi.


Jumladan, fuqarolar bordi-keldisi uchun o‘ttiz kungacha vizasiz tartib joriy etildi. Shavkat Mirziyoevning matbuot anjumanida aytishicha, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi viza tartibini butunlay bekor qilish borasida muzokara qilmoqda.


Hozircha ikki davlat fuqarolarining aynan qachondan boshlab amalda vizasiz o‘tib-qaytishi boshlanishi ma’lum qilinmadi.


Shuningdeg, prezident Mirziyoev O'zbekiston Tojikistonning energetika sohasida, jumladan, Rog‘un GESi qurilishida ishtirok etishini aytdi.


Tashrif doirasida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasi chizig‘ini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish bo‘yicha ham shartnoma imzolandi.


Muzokarada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yili 240 million dollarni tashkil etgani qayd qilindi. Bu raqam 2015 yilda 12 million dollar edi.


Prezident Shavkat Mirziyoev tovar ayirboshlashni ko‘paytirish va uning hajmini yaqin yillarda 500 million dollarga yetkazish uchun hali ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi.


Imomali Rahmon bo‘lsa Tojikiston va O'zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish imkoni borligini aytdi.


Prezident Rahmonning ta’kidlashicha, O'zbekiston prezidentining tashrifi jarayonida ikki davlat orasidagi barcha muammolar hal bo‘lgan.


Prezident Shavkat Mirziyoev Prezident Imomali Rahmonni o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga davlat tashrif bilan kelishni taklif etdi.


Kunning ikkinchi yarmida ikkala prezident ramziy tugmani bosish orqali Amuzang va Xoshadi stansiyalaridan dastlabki poezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi¸ tantanali marosim  maxsus tashkil etilgan teleko‘prik orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.


9 mart kuni kechqurun o‘zbekistonlik mehmonlar sharafiga “Do‘stlik oqshomi” kontserti o‘tkaziladi va unda ishtirok etish uchun 100 dan ortiq o‘zbekistonlik san’atkor Dushanbega keldi.


O‘zbek san’atkorlari guruhida Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘raev, Farrux Zokirov va Ozodbek Nazarbekov kabi taniqli qo‘shiqchilar bor.


Dushanbedagi eng katta konsert qasri -“Koxi Borbad”da bo‘lib o‘tadigan bu konsertda har ikkala davlat prezidentlarining qatnashishi kutilmoqda.


 

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *