Loyiha: Islovatxonada ushlangan erkak sud qilinadi; tanosilga chalinganmi-yo‘qmi tekshiriladi (VIDEO)
Adliya vazirligi bundan keyin fohishalik bilan shug‘ullanganlar qatori¸ ular xizmatidan foydalanganlarga ham chora ko‘rish tashabbusini o‘rtaga tashladi. Normativ huquqiy hujjatlar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladigan regulation.gov.uz saytida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va to‘ldirish kiritishga oid qonun loyihasi taqdim etildi.