130 yillik "Toshturma" 3 oyda buzilib, o‘rniga xiyobon quriladi (VIDEO)
O‘zbekistonda "Toshturma" nomi bilan tanilgan Toshkentdagi 1-sonli tergov izolyatori buzilib, o‘rnida zamonaviy dam olish maskani quriladi. Adliya vazirligi tarqatgan xabarda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining 22 martdagi farmoyishida izolyatorning qariyb 130 yillik binosini 3 oyda buzish belgilangan.