San’atimiz g‘unchalari tanlovi
Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyida Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamkorligida damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining “San’at g‘unchalari” XX respublika tanlovi tashkil etildi.