Moskvada o‘zbeklar o‘z yurtdoshlarini o‘g‘irlab, pul talab qilganlikda ayblanmoqda
Shahar politsiyasiga ko‘ra, odam o‘g‘irlashda gumon qilinib, Rossiya poytaxtining Kommunarka mavzesida ushlanganlar 20 dan 26 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston grajdanlaridir. Ular bir necha o‘zbek muhojirini o‘g‘irlab, ozod etilishi uchun yaqinlaridan 15 mingdan 600 ming rublgacha pul talab qilgani aytildi.