Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Taniqli huquqbon Vasila Inoyatova Toshkentda dafn etildi (AUDIO)

O‘zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyatining raisi, "Birlik" Xalq harakati partiyasining kotibasi Vasila Inoyatova 19 may kuni tushlik paytida Toshkentdagi "Ko‘kcha" qabristoniga dafn etildi. 


Taniqli huquqbon ayni kun tongida Toshkentdagi shifoxonalardan birida 62 yoshida vafot etdi. 


Yaqinlarining Ozodlikka aytishicha, huquqbon jarrohlik amaliyoti paytida ichki qon ketish oqibatida olamdan o‘tgan. 


Fransiyadan huquqbon Mo‘’tabar Tojiboevaning Ozodlikka aytishicha, Vasila Inoyatovaning vafot etgani haqida uning qizi ma’lum qilgan. 




"Vasila opa muxolifatning birinchi qaldirg‘ochlaridan biri edi. Vasila opaning o‘rnini hech kim bosa olmaydi," dedi Mo‘’tabar Tojiboeva.


"Vasila mazlumlarning haqiqiy himoyachisi edi, endi u bizga yetishmaydi," − deya "Tvitter"da sharh qoldirdi Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlou 19 may kuni. 


Vasila Inoyatova 1990-yillar boshidan O‘zbekistonda turli sohalarda

sodir bo‘layotgan inson huquqlari buzilish hollarini yoritish bilan shug‘ullanib keldi.


U asos solgan "Ezgulik" jamiyati O‘zbekistonda 2003 yilda rasman ro‘yxatdan o‘tgan yagona inson huquqlari tashkilotidir. 


"Ezgulik" O‘zbekiston vatandoshlari haqlari, majburiy mehnat hamda diniy va siyosiy mahkumlar vaziyatiga e’tibor qaratib keladi.


Vasila Inoyatovaning ijtimoiy faoliyati Sovet Ittifoqi parchalanishidan oldin - 1989 yili O‘zbek tiliga davlat maqomi berish talablari yangragan harakatlarda faol qatnashish bilan boshlandi.


Vasila Inoyatova - "Birlik" Xalq harakatiga (hozirgi "Birlik" Xalq harakati partiyasi) a’zo bo‘lib kirdi va keyinchalik Markaziy Kengashi kotibasiga aylandi.


U inson huquqlari va siyosiy hayotdagi faoliyatiga bog‘liq ayblovlar bilan 90-yillarda bir necha bor hibsga olingan.


Rossiyadagi "Nezavisimaya gazeta" nashridagi she’rlari tufayli esa 1993 yili O‘zbekiston prezidentini haqorat qilishda aybdor deb topilib, ikki yilga shartli qamoq jazosiga hukm etilgandi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *