Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

“Malika” yarmarkasi yopilganida norozilik bildirganlardan do‘konlari olib qo‘yildi

 “Malika” yarmarkasi yopilganida norozilik bildirganlardan  do‘konlari olib qo‘yildi

Toshkentdagi  “Malika” yarmarkasi (“Fleshka” savdo markazi) tadbirkorlarining Ozodlikka aytishicha, o‘tgan oy yarmarka 15 kunga yopib qo‘yilgan paytda oshkora norozilik bildirgan tadbirkorlardan do‘konlari olib qo‘yilgan.

 

Do‘konsiz qolgan do‘kondorlar

Toshkentdagi “Malika” yarmarkasida savdo qiluvchi tadbirkorlardan olingan ma’lumotga ko‘ra, shu paytgacha yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan savdogarlar endilikda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va do‘konda ishlaydigan ishchilar bilan mehnat shartnomasi tuzishi shart qilib qo‘yilgan.

Ozodlikka murojaat qilgan tadbirkorlarga ko‘ra, yarmarkada ishlab kelgan tadbirkorlarning 30 foizi bilan yangi shartnoma imzolanmagan:

“Men 2012 yildan beri shu yarmarkada ishlab kelganman. "A" blokda apparatura sotganman.  Do‘konni ta’mir qilish uchun jami 7 ming dollar sarflaganman. Jumladan, eshik-oynalarini 1700 dollarga almashtirganman.  Bugunga kelib do‘konimni olib qo‘yishdi. Faqat 70 foiz tadbirkor yangi shartnomaga ega bo‘ldi”, dedi ismini ochiqlamaslikni so‘ragan tadbirkor.

Boshqa bir tadbirkorning aytishicha, u bilan ham shartnoma imzolashdan bosh tortishgan:

“Men bilan shartnoma imzolamaganlarining sababi – mart-aprelь oyida yarmarkani yopib qo‘ygan payti matbuotga chiqib, gapirgan edim. Shuning uchun menga shartnoma berishmadi. Eslasangiz, tadbirkorlar yig‘ilib, kichik norozilik ham o‘tkazgandi. Shu norozilik payti aktiv qatnashganlar ham shartnomasiz qoldi”, dedi tadbirkor yigit.

Shartnomasiz qolgan tadbirkorlar iddaosiga ko‘ra, ayrim tadbirkorlar “xayriya puli” sifatida so‘ralgan pulni bermagani uchun do‘koni olib qo‘yilgan:

“Tadbirkorlardan 82 million so‘m pul so‘rashdi. Ko‘pchilik bir pachka “ko‘ki”dan- 10 ming dollarni naqd berib, yangi shartnomalik bo‘lishdi va do‘konlarini saqlab qolishdi. Ayrimlar bu summani schyot orqali o‘tkazib berdi. Buni yarmarkani ta’mirlash uchun “xayriya puli” sifatida rasmiylashtirishdi. Lekin men pul berishga qo‘rqdim. Yarmarka rahbariyati tez-tez almashayapti. Yana boshqa odamga o‘tib ketsa, nima qilaman. Pul berib, kuyib qolmay deb, pul bermadim. Shu sabab do‘konsiz qoldim”, deya iddao qildi ismini ochiqlamaslikni so‘ragan tadbirkor.

 

“Malika”ga hokimlik ega chiqdi

O‘zbekiston Davlat mulk qo‘mitasining 1994 yil 28 iyundagi qarori bilan, "Malika" Trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi aksionerlik jamiyatiga o‘zgartirilgan va aktsiyalarning 29 foizi rus investorlariga sotilgan.

2009 yilda bankrot holatiga kelib qolgan "Malika" AJsi 55,86% ulushi bilan yangi tashkil etilgan "Lessor Plyus” shirkatiga sotilgan.

“Malika” yarmarkasi oradan 24 yil o‘tib, Toshkent shahar hokimligi balansiga qaytarildi.

Hokimlik xodimiga ko‘ra, sud 24 yil avval “Malika” yarmarkasi xususiylashtirilgan paytda qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilganini aniqlagani sabab, savdo markazi hokimlikka qaytarilgan.  

Ozodlikka taqdim etilgan hujjatda 2017 yil Toshkentning sobiq prokurori  Mirag‘lam Mirzaevning shaxsiy imzosi ostida “Malika” OAJi mulkiga 1994 yilda berilgan davlat orderlari va huquqiy hujjatlari “haqiqiy emas deb topish” hamda “Lessor Plyus” egaligidagi binolar “davlat hisobiga qaytarish” to‘g‘risida kiritgan da’vo arizasi borligini ham ko‘rish mumkin.

"Lessor Plyus” shirkati rasmiylari "savdo majmuasi Mirag‘lam Mirzaev odamlari tomonidan reyderlik yo‘li bilan tortib olingani" iddaosi bilan Yevropa sudiga murojaat qilgan. Hozircha sud jarayoni boshlanmadi.

1 mart kuni Ozodlik O‘zbekiston huquq tizimlari mulozimlari va bevosita guvohlarga tayangan holda¸ rasmiy lavozimiga ko‘ra¸ Toshkent shahar prokurorining 1-o‘rinbosari bo‘lgani holda¸ butun prokuratura tizimini boshqarib kelgani aytiladigan Mirag‘lam Mirzaev¸ uning xotini va o‘g‘lining 23 fevral kuni maxsus reyd bilan olib ketilganini xabar qilgan edi.

Bu xabarni 22 mart kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tasdiqlagan.

 

Uch tomonlama shartnoma

Ozodlikka 24 may kuni ma’lum bo‘lishicha, yarmarkani shahar hokimligiga qaytarish borasidagi qaror joriy yil fevralida qabul qilingan bo‘lib, uni bosh vazir Abdulla Aripov imzolagan.

Shundan so‘ng, Toshkent shahar hokimligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Premium Prime Service firmasi hokimlikning Binolardan foydalanish departamenti va Davlat mulkini ijaraga berish markazi bilan uch tomonlama shartnoma tuzib, “Malika” yarmarkasini ijaraga olgan. 

“Hozir yarmarkaning bir kvadrat metri uchun 200 ming so‘mdan ziyodroq miqdorda ijara puli to‘lanayapti. Bu bir milliard so‘mga yaqin pul bo‘ladi. Yarmarka xususiy bo‘lgan payti to‘lovlar atigi 100 million so‘m atrofida bo‘lgan” dedi hokimlik xodimi.

Ozodlik Premium prime service muassislaridan biri – Sardor ismli shaxs bilan telefon orqali bog‘landi. Biroq Sardor savollarimizni eshitishi bilan telefon go‘shagini qo‘yib qo‘ydi.     

Pul aylanmasi bir necha yuz million AQSh dollarini tashkil etishi aytiladigan, maishiy uskunalar savdosiga ixtisoslashgan “Fleshka” do‘konlari keyingi 7 yil ichida bir necha bor ko‘chirildi.

Shahar markazida joylashgan Navoiy ko‘chasidagi savdo rastalarida sotuvchilik qilgan tadbirkorlar 2011 yilda kutilmaganda ko‘chish haqidagi buyruqni olgan va uch kun ichida Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan sobiq "Malika" tikuv fabrikasi o‘rnidagi yangi savdo markaziga ko‘chirilgan edi.

Navoiy ko‘chasidagi yarmarkalar buzilib, ularning o‘rnida ko‘p qavatli uylar qurildi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Ракова: штамм коронавируса FLiRT не распространяется в Москве

В парке Ханоя прочитали стихи Пушкина на русском и вьетнамском языках

Более 100 «опасных троп» ликвидировали в Подмосковье с начала года

«Любовь»: Московский зоопарк показал отдыхающую на спине у мамы панду Катюшу

Музыкальные новости

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.

Чемпионат России по мотоболу прошел в Видном

Новости России

Набиуллина названы три важнейшие задачи для экономики страны

Что тебе спица. Как гениальный врач Илизаров изменил костную хирургию

«Любовь»: Московский зоопарк показал отдыхающую на спине у мамы панду Катюшу

Агата Муцениеце пешком отправилась в Европу

Экология в России и мире

Добрые рисунки: «585*ЗОЛОТОЙ» запустила конкурс ко Дню защиты детей

CЛД «Печора» филиала «Северный» ООО «ЛокоТех-Сервис» получило сертификацию для технического обслуживания локомотивов серии 2ТЭ25КМ в объёме ТО-2.

Антисанитария в службах доставки: токсиколог Кутушов рассказал, почему опасно заказывать еду

Областная наркологическая больница запускает летнюю профилактическую кампанию для юных свердловчан

Спорт в России и мире

Теннисист Медведев снялся с турнира ATP в Нидерландах из-за травмы

Мирра Андреева обыграла представительницу Франции Грачеву на "Ролан Гаррос"

Семнадцатилетняя Андреева впервые сыграет в полуфинале турнира Большого шлема

«Янника Синнера очень рано сравнивать с Роджером Федерером» // Тренер мужской сборной России по теннису Игорь Куницын — о главных событиях Roland Garros

Moscow.media

Сотрудники военных следственных органов Следственного комитета России по всей стране оказывают помощь подшефным детским учреждениям

Игровое кресло Bloody GC-670 настроено на победу

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»

На Орловщине 8-летний мальчик опрокинулся на электросамокате







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *