Farg‘onada ota-onalardan farzandini otinoyi yoki domlaga bermaslik haqida tilxat olinmoqda
Farg‘ona viloyatining barcha maktablarida yig‘ilishlar o‘tkazilib, ota-onalardan "farzandimni yozgi ta’til davomida diniy ta’limot beradigan otinoyi va domlalarga bermaslik va jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi kompyuter o‘yinlarini o‘ynamasliklariga kafolat beraman" degan mazmunda tilxatlar yozib olingan. Farg‘onalik ota-onalar Ozodlikka yetkazgan ushbu xabarni Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi mulozimi tasdiqladi.