Mahalliy byudjetlarga tushumlar va narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni to‘la ishga solish – eng muhim vazifadir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyun kuni hududlarda byudjetga qo‘shimcha tushumlar va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish orqali narxlar barqarorligini ta’minlash hamda inflyatsiyaning oldini olishda mahalliy ijro hokimiyati organlari, soliq va moliya idoralari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.