O‘zbek meva eksportyorlari shubhali sxemalar qo‘llashga majbur bo‘lmoqdami?
Ozodlik radiosi tasarrufiga kelib tushgan hujjatlar, ularni tekshirish asnosida yuzaga kelgan iddaolar O‘zbekiston bojxonasida ho‘l meva eksportini amalga oshirishda shubhali sxemalar qo‘llanilayotganidan darak bo‘lishi mumkin. Ozodlik suhbatlashgan tahlilchilar fikricha, O‘zbekistonda bu yil gilos va boshqa ho‘l mevalar eksporti narxining ikki baravar oshirilishi eksportyorlarni hukumat qarorini chetlab o‘tuvchi sxemalar yordamida ish qo‘rishga majburlagan.