Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Shveysariya Gulnora Karimovaning muzlatilgan millionlari taqdiri haqida ma’lumot berishni istamadi

 Shveysariya Gulnora Karimovaning muzlatilgan millionlari taqdiri haqida ma’lumot berishni istamadi

O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning Shveysariya bankida muzlatilgan 800 million Shveysariya frankining (shu kunda 810 million AQSh dollariga teng – tahr.)  bir qismini Toshkentga qaytarish masalasi printsipda qariyb ijobiy hal bo‘lgan.

Bu haqda Ozodlikka mazkur jarayon tafsilotlariga yaqin Shveysariya¸ Shvetsiya va Britaniyadagi manbalar bir-biridan mustaqil ravishda ma’lum qildi.

Ayni paytda¸ Ozodlik bilan yozishmalarda Shveysariya federal prokuraturasi Karimova ustidan 2012 yili ochilgan jinoiy ishning hamon davom etayotgani va ishning qachon sudga oshirilishi mavhumligini bildirdi. Muzlatilgan pullar taqdiri bo‘yicha so‘nggi siyosiy qaror chiqaruvchi Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi esa¸ bu masalada qachon¸ qanday qaror olinishi haqidagi savolga javob bera olmasligini aytish bilan cheklandi.

Siyosiy muzokaralar yakuniga yetib qolgan

Gulnora Karimovaga qarashli ekani aytilayotgan pullar taqdiri borasida Toshkent va Bern hukumatlari o‘rtasida anchadan beri borayotgan muzokaralarga oid ma’lumotni matbuotga ochiqlashga vakolatli bo‘lmagan shveysariyalik mulozimning Ozodlikka shaxsi sir qolish sharti bilan aytishicha¸  Bern hukumati bu pullarni imkon qadar tezroq O‘zbekiston yangi hukumatiga qaytarish istagida.

“Muzokaralar anchadan beri davom etmoqda. Bilasiz¸ Karimovaning Shveytsariya banklarida muzlatilgan puliga bir necha da’vogar bor. Birinchisi¸ O‘zbekiston hukumati bo‘lsa¸ ikkinchisi AQSh¸ yana biri esa¸ Zeromax kreditorlari. Karimova va sheriklarining moliyaviy jinoyatlarni AQSh dollarida¸ Amerika bank tizimlaridan foydalangan holda amalga oshirganini iddao qilayotgan AQSh Adliya vazirligi bu pullarning bir qismini olishi mumkin.  Zeromax kreditorlari hozircha bu shirkatning asl egasi Karimova ekanini tergovga isbotlay bera olgani yo‘q¸shuning ularda deyarli shans yo‘q¸” dedi bu mulozim.

(Shveysariyada ro‘yxatga olingan Zeromax GmbH  bilan Toshkentdagi Forumlar saroyi¸ Bunyodkor stadioni kabi yirik inshootlarni qurish jarayonida shartnoma tuzib¸ xizmat haqi¸ bergan kreditini ola olmagan 20 dan oshiq Yevropa shirkati Zeromaxning asl egasi Gulnora Karimova ekanini aytib¸ o‘z haqini muzlatilgan pullardan undirib berishni so‘rab ariza topshirgan. Umumiy qiymati hozirga kelib 5 milliard dollardan oshgani aytilayotgan bu qarz egasi Zeromax GmbH  2010 yil 28 oktabrida o‘zini bankrot deb e’lon qilgan¸ uning rasmiy boshqaruvchisi Mirodil Jalolov O‘zbekistonda qamoq jazosini o‘tamoqda.)

2017 yilning 19 oktabr kuni Shveysariyadagi Le Temps gazetasi “Shveysariyadagi korrupsiya millionlari xorijliklar hasadini qo‘zg‘amoqda” nomli maqola e’lon qilgan va unda  Karimovaning hali sud hukm chiqarmagan 800 million frank muzlatilgan mablag‘i ustida bir necha davlat o‘rtasida tortishuv borayotgani¸ asosiy da’vogarlarning¸ O‘zbekiston¸ AQSh va Hollandiya hukumatlari ekani xabar qilgan edi.

Maqolada¸ bu pulni olish uchun “keskin va o‘ng‘aysiz bir parad” boshlangani va Shveysariya hukumati bilan bu borada maxfiy so‘zlashuvlar borayotgani yozilgan edi.

“Bernda hozir bu pullarni qaytarish metodi ustida jiddiy bosh qotirilmoqda. Bu jarayonga Gulnora Karimova ishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan Konfederatsiya Davlat vazirligi¸ Federal adliya boshqarmasi¸ Tashqi ishlar departamenti hamda Taraqqiyot va hamkorlik departamenti jalb etilgan”¸ degan edi bu muzokaralarning o‘tgan yili oxirlaridagi holatini o‘rgangan  Shveysariya nashri.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ oradan o‘tgan yarim yildan ko‘proq vaqt ichida  Shveysariya hukumati rasmiylari muzlatilgan pullarning haqiqiy egasi O‘zbekiston ekani va Toshkent hokimiyatidagi o‘zgarishlar pullarni O‘zbekiston qaytarishga ham qonuniy¸ ham ma’naviy zamin yaratganiga ko‘proq ishonch hosil qilgan.

“O‘zbekiston yangi prezidenti o‘zini islohotchi sifatida ko‘rsatmoqda. Mirziyoevning AQSh safari davomida uning islohotlari haqida Oq uy ancha yuqori fikr bildirdi. Toshkent hukumati Shveysariyada yashovchi badavlat biznesmenlarni bu jarayonda o‘ziga lobbichilik qilishga yollagan. Bularning hammasi Toshkentga Gulnoraning pullarini olishda yordam beradi”¸ deydi Ozodlik gaplashgan shveysariyalik mulozim.

Tergov hali yakuniga yetmadi

Ozodlik muxbiri Gulnora Karimova ustidan Shveysariyada ochilgan jinoiy ish doirasida  muzlatilgan 800 million franklik mablag‘¸ qolaversa boshqa mol-mulk taqdiri borasida izoh so‘rab rasman Shveysariya federal prokuraturasiga murojaat qildi.

Tergov qachon yakuniga yetib¸ ishga qachon sudga oshiriladi¸ degan savolga 25 may kuni prokuratura matbuot xizmati “jinoiy ish hali ham davom etmoqda va shu bois tafsilotlarni ochiqlay olmaymiz”¸ deya ëzma javob berdi.

Xalqaro standartlarga ko‘ra¸ u yoki bu jinoiy ish doirasida muzlatilgan pul yoki ko‘chmas mulkni unga da’vogarlardan qay biriga berish masalasi bu pul va mulk sud hukmi bilan musodara qilinganidan keyingina hal etiladi.

Shu bois Ozodlik gaplashgan aksar kuzatuvchi va mutaxassislar¸ Karimovaning Shveysariyada muzlatilgan pullari taqdiri borasida faqat sud ularni musodara qilish haqida hukm chiqargandan keyingina hukumat tomonidan qaror chiqarilishi¸ bu jarayonning esa yana yillarga cho‘zilishi mumkinligini aytib kelayotgan edi.

Ammo Karimova pullari ustidan Shveysariyada borayotgan jarayonlarga yaqin mulozimning iddao qilishicha¸ Bern hukumatida bu pullarni sud hukmisiz ham O‘zbekistonga berishning qonuniy imkoni bor.

Ozodlikning Karimovaning muzlatilgan pullari sud hukmini kutmasdan ham Toshkentga qaytarilishi mumkinmi¸ degan savoliga Shveysariya federal prokuraturasi quyidagi javobni yo‘lladi.

“Jinoiy ish dinamik jarayon va uning borishiga federal prokuraturaning o‘zigina ta’sir qila olmaydi. Shuning uchun ishning qanchaga cho‘zilishi yoki qaysi yo‘nalishga burilishi haqida oldindan prognoz qilib bo‘lmaydi. Muzlatilgan pullarning sud ularni musodara qilmay turib ham O‘zbekistonga qaytarilish ehtimoliga oid savolingizga kelsak¸ bu pullarni kimga qaytarish prokuratura vakolatiga kirmaydi. Shu bois bu masaladagi vakolatli idora – Tashqi ishlar bo‘yicha federal departament (FDFA )ga murojaat qilishingizni so‘raymiz.”

Tashqi ishlar vazirligi: CANNOT ANSWER!

Federal prokuratura tavsiyasi ortidan Ozodlik Gulnora Karimovaning muzlatilgan pullarini oxir-oqibat kimga berish masalasida so‘nggi siyosiy qaror berishga vakolatli Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qildi.

Vazirlik matbuot kotibi Carole Wälti Ozodlikka 29 may kuni yuborgan rasmiy javob:

“Jinoiy ishning hali davom etayotgani va hokimiyatning bo‘linish prinsipidan kelib chiqib¸ Tashqi ishlar bo‘yicha federal departament (FDFA ) bu savolingizga javob bera olmaydi”¸ degan mazmunda bo‘ldi.

Pullarni O‘zbekiston hukumati emas¸ maxsus jamg‘armaga qaytarish talabi kuchaymoqda!

Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoiy ish doirasida muzlatilgan pullar O‘zbekiston xalqidan o‘g‘irlangan pullar ekanini ta’kidlayotgan o‘zbekistonlik fuqarolik jamiyati faollari¸ ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukumatga topshirish ehtimoliga keskin e’tiroz bildirib kelmoqda.

2018 yil 23 may kuni Shveysariya hukumatiga ochiq maktub bilan murojaat qilgan bir guruh faollar¸ O‘zbekiston yangi hukumati mamlakat yuqori eshelonlarida ildiz otgan korrupsiyaga qarshi jiddiy kurash boshlab¸ bu jarayonning shaffof va halol bo‘lajagini kafolatlamagunicha¸ muzlatilgan pullarni Toshkentga qaytarmaslikni so‘radi.

Bu faollar Bern hukumatidan yana bir bor pullarning xalqaro tizimlar va O‘zbekiston fuqarolik jamiyati tomonidan nazorat qilinadigan maxsus jamg‘armaga o‘tkazilishi va ularning asl egasi – o‘zbek xalqiga qaytarilishi kafolatlanishini so‘radi.

Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi Ozodlikning bu maktub va unda tilga olingan xavotirlarga munosabat bildirish so‘rovini ochiq qoldirdi.

Gulnora Karimova qaerda?

2012 yil so‘nggiga qadar O‘zbekistondagi eng qudratli ayol sanalib kelingan Gulnora Karimovaning ayni kunlarda qaerda¸ qay vaziyatda saqlanayotganiga oid aniq ma’lumot yo‘q.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi so‘nggi marta Gulnora Karimova taqdiriga oid rasmiy ma’lumotni 2017 yilning 28 iyulida o‘z rasmiy saytida e’lon qilgan edi.

“Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan G.Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan”¸ deyilgan bu ma’lumotda¸ Karimovaning boshqa jinoyatlarda ham ayblanayotgani qo‘shimcha qilingan edi.

“Ushbu holatlar bo‘yicha G.Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e’lon qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”¸ deyilgan edi Bosh prokuratura bayonotida davom etayotgan jarayon to‘g‘risida.

Ayni paytda¸ Karimovaning 5 yillik qamoq jazosini qaerda o‘tayotgani ochiqlanmagan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Еще 295 миллионов рублей направят на развитие наукоградов Подмосковья

В Москве стартовали работы по обновлению швов гранитной облицовки набережных

РФС и «Лига Ставок» договорились о проведении четырех ретро-матчей в 2024 году

Воронежское землячество организовало для студентов экскурсию в Совет Федерации

Музыкальные новости

Определят победителя на конкурсе театральных коллективов школ в УЛАН-УДЭ нс конкурсе детей Алтан Баг - Театр, Новости и Культура, Дети, Россия

Жители разных регионов России в Череповце будут вырезать композиции, посвященные семье

МегаФон и «Газпром межрегионгаз» обсудили цифровизацию контроля за поставками газа

Лидер движения «Всеармянский фронт», Аршак Карапетян выступил 5 июня 2024 на радио «Аврора» в прямом эфире авторской программы «Другой глобус» с Дарьей Митиной. ВИДЕО

Новости России

В Москве разрешили купаться на семи городских пляжах

Оргкомитет: информация о сроках проведения Игр дружбы появится в ближайшее время

День открытых дверей прошел в ГГТУ в Орехово-Зуеве

Подмосковные спасатели потушили более 200 пожаров за неделю

Экология в России и мире

Областная наркологическая больница запускает летнюю профилактическую кампанию для юных свердловчан

Скидки на звуковые щетки и зубную пасту для детей от компании "Ревилайн" до 6 июня 2024 года

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»

Бурятский Театр кукол Ульгэр в Улан-Улан-Удэ показал в Этнографическом музее народов Забайкалья перед детьми и родителями в семейный праздник сказку Колобок - Новости и Культура, Дети и Россия

Спорт в России и мире

«Он никогда не снимается с турниров». Циципас прокомментировал травму Джоковича

Теннисист Джокович побил рекорд Федерера по победам на турнирах "Большого шлема"

Джокович — о травме: На данный момент, вроде все нормально, но я не знаю, что будет утром

Названо условие сенсации в матче Арины Соболенко с вундеркиндом из России

Moscow.media

Делу время – ремонту срок. Эксперты обсудили, как ускорить ремонт после ДТП

Автомобилисты совершили более 10,3 млн поездок по трассе М-12 Восток

Бурятский Театр кукол Ульгэр в Улан-Улан-Удэ показал в Этнографическом музее народов Забайкалья перед детьми и родителями в семейный праздник сказку Колобок - Новости и Культура, Дети и Россия

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *