Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Tojik va qirg‘iz prokuraturasi chegaradagi janjal yuzasidan tergov boshladi

 Tojik va qirg‘iz prokuraturasi chegaradagi janjal yuzasidan tergov boshladi

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasi yaqinidagi Botken viloyati Laylak tumanidagi Maksat qishlog‘ida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida ziddiyatda osmonga o‘q otgan tojik chegarachilarini qirg‘izistonlik chegarachilar hibsga oldi.

Tojik va qirg‘iz rasmiylari ushbu hodisani turli xil sharhlab, bir-birlarini chegarani buzib o‘tishda ayblamoqda.

Qirg‘iziston Chegara xizmati 5 iyun kuni tarqatgan rasmiy ma’lumotda aytilishicha,  uch nafar qurollangan tojik chegarachisi bahsli hisoblangan “Futbol maydoni” mintaqasidagi stixiyaviy bozordan qirg‘iz fuqarolarini zӯravonlik bilan chiqarib tashlashga harakat qilgan.

Ushbu manbaga kӯra, hodisa joyiga yetib kelgan qirg‘iz chegarachilari tojik hamkasblaridan bahsli mintaqani tark etishni talab qilgan.

Tojik harbiylari mazkur talabni bajarmay, osmonga qarata o‘q otishgan. Natijada,  uch nafar qurollangan tojik chegarachisi qirg‘iz chegarachilari tomonidan qo‘lga olingan.

O‘z navbatida, Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi qoshidagi Chegara boshqarmasi Laylak tumanida yuz bergan hodisani “oldindan rejalashtirilgan ig‘vo” deya baholadi.

Mazkur manbaning ta’kidlashicha, 4 iyun kuni tushdan keyin ikki qirg‘iz fuqarosi tijorat uchun Tojikiston hududiga kesib o‘tishga uringan, ammo tojik chegarachilari ijozat bermagan. Buning ortidan 20ga yaqin qirg‘iz vatandoshlari hodisaga aralashgan.

Tojikiston So‘g‘d viloyati raisining birinchi muovini va chegara masalalari bo‘yicha Tojikiston-Qirg‘iziston qo‘shma komissiya a’zosi Rustam Rahmatzoda 5 iyun kuni Ozodlik bilan suhbatda mazkur hodisani quyidagicha sharhladi.

“Tojik chegarachilari va qirg‘iz fuqarolari orasidagi janjalga qirg‘iz chegarachilar guruhi yetib kelib,  3 tojik chegarachisini Kalashnikov avtomatlari bilan qo‘lga olgan.  Kecha kechqurun Qirg‘iziston tomoni bilan muzokaralardan so‘ng tojik chegarachilari ozod etildi. Hozir ikki davlat chegarasidagi tumanlar prokuraturasi ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda¸”-dedi Rustam Rahmatzoda.

Bu voqea yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolarda qirg‘iz chegarachilari qurollangan tojik chegarachilari bilan janjallashayotgani aks etgan. Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga guvohlar tomonidan jo‘natilgan suratda esa qo‘lga olingan tojik chegarachisiga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aks etgan.

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida ikki davlat fuqarolari o‘rtasida nizoli vaziyatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi.

Joriy yil aprel oyida Qirg‘izistoning  Botken tumani Uch-Bobo va Tojikistonning Isfara tumani Xo‘ja A’lo qishloqlari aholisi nizoli vaziyat yuzaga kelgandi.

Og‘zaki janjal har ikki tomondan 50ga yaqin kishi ishtirok etgan mojaroga aylanib ketib, ikki mamlakat fuqarolari bir birlariga qarata toshlar uloqtirishgan edi.

O‘shanda Qirg‘iziston va Tojikiston chegara xizmati vakillari ishtirokida zudlik bilan uchrashuv o‘tkazildi, ular davlat chegarasining mazkur uchastkasini qo‘riqlash tartibi yuzasidan kelishib olishdi.

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasining uzunligi 976 kilometrni tashkil etib, hozirga qadar 504 kilometr delimitizatsiya va demarkatsiya qilingan.

Ammo chegaradagi bahsli mintaqalarda suv va yaylovlarni taqsimlash, hamda yo‘l qurish masalasida tojik va qirg‘iz vatandoshlari orasida tez-tez nizolar yuz berib turadi.

2014 yili Tojikistoning Isfara va Qirg‘izistoning Botkent viloyatlari aholisi orasida 30  marta janjal yuz berib, natijada bir necha kishi halok bo‘lgan edi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

«Они шпионы и диверсанты!» – Столтенберг поддержал ограничение передвижения российских дипломатов по Европе

В Сириусе мобильный интернет от МегаФона получил космическую скорость

В Подольске запустили производство нетканых материалов для мебели

Врач Доржиева перечислила лучшие диетические каши

Музыкальные новости

Площадь пожара в здании у метро «Динамо» в Москве составляет 400 квадратов

LG ДЕМОНСТРИРУЕТ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫЕ ДИСПЛЕИ С УЛУЧШЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА НА ВЫСТАВКЕ INFOCOMM 2024

Сотрудники Росгвардии приняли участие в спортивном празднике МГО «Динамо» в Москве

В Москве тушат пожар в здании у метро «Динамо»

Новости России

Эвакуаторы в Краснодаре есть, а порядка на дорогах мало. Почему?

Жителям Москвы рассказали о баллах за использование городских электронных сервисов

В Подольске запустили производство нетканых материалов для мебели

США отправили на Кубу подлодку в ответ на прибытие кораблей ВМФ России

Экология в России и мире

Более 340 тыс. кв м асфальта отремонтировали во дворах Подмосковья

Новые портативные ирригаторы Revyline RL 630 Green скоро поступят в представительство марки в Махачкале

Массовыми патриотическими акциями отметили День России на заводах АО "Желдорреммаш"

Какие украшения чаще всего дарят на годовщину свадьбы: исследование «585*ЗОЛОТОЙ»

Спорт в России и мире

Самсонова вышла во второй круг турнира в Хертогенбосе

Блинкова вылетела с турнира WTA в Хертогенбосхе

Бьянка Андрееску: «Мне нравится, что на траве, поскольку она намного быстрее грунте, меньше времени на раздумья»

Самсонова вышла в четвертьфинал турнира WTA в Хертогенбосе

Moscow.media

Новая технология моделирования ДНК ускорит биомедицинские исследования

Молодые специалисты «Газпромнефть - Битумные материалы» продемонстрировали эффективное решение в финале «CASE-IN»

Росгвардейцы обеспечили охрану общественного порядка в День поселка Вербилки

Завершено масштабное обновление трассы М-4 Дон в Ростовской области







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *