Mashinada yolg‘iz qoldirilgan 9 yoshli bola tiriklayin yonib, halok bo‘ldi
Farg‘onada avtomashina ichida nazoratsiz qoldirilgan 9 yoshli bola tiriklayin yonib halok bo‘ldi. Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mulozimining Ozodlikka aytishicha, mashina ichida qolib ketgan bola 5 litrlik bakalajkadagi benzinni to‘kib, gugurt bilan yoqib yuborgani tahmin qilinmoqda. Hodisani hozirda tuman prokuraturasi o‘rganmoqda.