Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Surxondaryoda g‘alla rejasini bajarmagan fermerning chorvasi tortib olinmoqda

 Surxondaryoda g‘alla rejasini bajarmagan fermerning chorvasi tortib olinmoqda

Surxondaryodan Ozodlikka bog‘langan fermerlarga ko‘ra, g‘alla rejasini bajarmagan fermerlardan topshirilmagan bug‘doyning har kilosi uchun 1200 so‘mdan pul talab qilinmoqda. Fermerlar iddaosicha, MIB boshchiligidagi mutasaddi tashkilotlar xodimlari g‘alla uchun pul berishga qurbi yetmagan fermerlarning chorva mollarini tortib olayapti.

 

Ozodlikka murojaat qilgan surxondaryolik fermerlarga ko‘ra, joriy yilda kuzatilgan suv taqchilligi sabab g‘alla hosili kam bo‘lgan va aksar fermerlar rejani bajara olmagan.

Fermerlar iddaosicha, rejani bajarmaganlardan topshirilmagan g‘alla o‘rniga pul talab qilinmoqda.

“Bu yil Surxondaryoda qurg‘oqchilik va suv tanqisligi sababli fermerlarning 80-90 foizi g‘alla rejasini bajara olmadi. Viloyat va tuman rahbarlari fermerlardan g‘alla topib, davlatga topshirishni talab qilmoqda. Joylardagi g‘alla qabul qiluvchi punktlar 1 kilo bug‘doy uchun 1200 so‘mdan naqd pul olmoqda. Shu yilning bahor oylarida fermerlar suv bo‘lmayotganligi sabab g‘alla ayni o‘sish davrida 1,5-2 oylab suvsiz qolib ketganligi borasida tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan edi. Lekin rahbarlar qurg‘oqchilikni inobatga olmasdan, zo‘ravonlik bilan fermerlardan rejaga yetmay qolgan g‘allani topishni talab qilmoqda”, deydi surxondaryolik fermer ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

Viloyatning Qiziriq tumanidagi fermerlardan birining aytishicha, Majburiy ijro byurosi (MIB) boshchiligidagi mutasaddi idoralar vakillari rejani bajarmagan fermerlarning chorva mollarini sotib, pulini g‘alla uchun topshirishni talab qilmoqda.

“MIB, soliq va boshqa idora xodimlari hech qanday ijro hujjatisiz va sud buyrug‘isiz kelib, fermerlarning mollarini majburan zo‘ravonlik bilan olib ketishga urinmoqda. Qiziriqdagi bir fermerning bitta ho‘kizi, sigiri va buzog‘ini shunday qilishdi. MIB boshchiligidagi vakillar fermerning uyiga kelib, mollarini sotishga majburlashdi. Ular o‘zlari bilan xaridor ham topib kelishgan. Fermer ho‘kiz va sigir hamda buzog‘ini 12 million so‘mga sotgan va pulini g‘alla uchun to‘lagan. Yana bir fermerning sigirini 3,5 million so‘mga sottirib, pulini g‘alla uchun olib ketishdi. Hozir boshqa fermerlar ham xavotir olib o‘tiribdi”, deydi qiziriqlik yigit.

Qiziriq tumanidagi fermerlardan birining akasi Ozodlik bilan bog‘lanib, ukasining sigirini MIB xodimlari olib ketishga harakat qilishgani¸ biroq sigir olib qolingani haqida gapirdi.

“Ukam bug‘doy planini bajara olmadi. Kecha MIBdan kelib sigirini olib ketmoqchi bo‘lishdi. Bir amallab sigirni olib qolishdi. Lekin baribir sotib¸ pulini g‘alla uchun berasan¸ deyishgan. Hozir ukam sigirini sotish harakatida yuribdi. Muzrobot tumanidagi qarindoshlarimiz ham fermerlik qiladi. Ular ham sigirini olib ketish va sottirish bilan bog‘liq ikkita voqeani aytishdi. Bittasi Pariqishloqda bo‘lgan”, dedi qiziriqlik fermerning akasi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan.

Ozodlik bog‘langan Qiziriq tuman MIB xodimlari g‘alla bilan bog‘liq barcha savollarga byuro boshlig‘i Suhrob Qurbonovdan javob olish mumkinligini aytishdi. 18 iyun kun davomida Qurbonov bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi. 

Surxondaryo viloyat MIB mulozimlari esa g‘alla rejasini bajarmagan fermerlarni majburlash holatlari borligini inkor qilishdi.

Joriy yilda nafaqat Surxondaryo¸ balki mamlakatning boshqa hududlarida ham yog‘ingarchilik kam bo‘lgani va suv tanqisligi sabab g‘alla hosilining kamligi aytilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyatida g‘alla hosilining o‘tgan yilga nisbatan 35-40 foizga kam bo‘lishi kutilmoqda. Viloyat hokimi Turobjon Jo‘raev hokimlik va mutasaddi tashkilotlar vakillarini g‘alla pishishidan 10 kun avval dala shiyponlariga haydagan edi.

Ozodlik O‘zbekiston g‘alla jabhasidan kelayotgan turli ma’lumot va shikoyatlarga “O‘zdonmahsulot” shirkatidan izoh olishga urindi.

Shirkatning Ozodlik gaplashgan rasmiylari savollarga Qishloq xo‘jalik vazirligidan javob olishni tavsiya qildi. Ushbu vazirlikda esa mutassaddi rahbarlar barchasining g‘alla bo‘yicha xizmat safariga ketgani va shu bois ular bilan bog‘lanish imkonsizligini bildirishdi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Инфекционист НИКИ детства напомнил о важности гигиены после игры в песочнице

Восемь подмосковных компаний стали участниками Международной выставки в Иране

Играем, тренируемся, отдыхаем. К фестивалю «Лето в Москве. Все на улицу!» присоединяется всё больше жителей ЮЗАО

Ивановская область поднялась в рейтинге социально-экономического положения по итогам 2023 года

Музыкальные новости

«Газпром-Медиа Холдинг» при поддержке ПАО «Газпром» организует мультиформатный фестиваль в честь Дня России  

"Евро-Футбол.Ру": "Спартак" летом хочет приобрести вингера

В Лужниках открылась самая большая летняя концертная площадка Москвы МТС Live Лето

В Туле завершился V этап культурно-просветительского проекта «Классика: история и современность»

Новости России

"Чего еще изволите?" Брюссель поставил Анкаре условие для членства в блоке: нужно ввести санкции против Москвы. Турки в ярости

Готовьтесь к выпускному вечеру вместе с ТРЦ «Нора»

Столичные школьники завоевали золотые и серебряные медали на Азиатской физической олимпиаде

Еще 2 аварийных дома снесли в Наро-Фоминске

Экология в России и мире

Новые электрические щетки Revyline RL 085 Black доступны в филиале марки в Ставрополе

LISA FM Александр Белоносов выпустил альбом «Родина Сердца: Дневник Психолога»

Уникальный интерактивный проект Ставропольской психиатрической больницы на выставке-форуме «Россия»

Комплект зубных щеток для детей Revyline S4800 "Чебурашка" появился в филиале бренда в Уфе

Спорт в России и мире

Рейтинг ATP. Синнер стал №1, Алькарас – №2, Циципас выпал из топ-10, Хачанов – из топ-20, Котов обновил личный рекорд

Ига Свентек в четвертый раз выиграла Открытый чемпионат Франции по теннису

Испанец Алькарас выиграл у Зверева и стал победителем Roland Garros

Зверев и Рууд не пожали друг другу руки после полуфинала «Ролан Гаррос» – из-за проблем с желудком у норвежца

Moscow.media

Дело Маши Люлиной всё. Насильника, убившего соцработницу в Богородске, осудили за убийство ребенка

В Шебекино подорвались на мине трое бойцов самообороны и оператор “России-24”

«Школа вожатых» прошла в школе №7 в Реутове

Мы рады сообщить, что было принято решение о добавлении дополнительного приза за серию самых лучших фотографий







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *