Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Gulnora Karimovaning advokati yana Toshkentda. U mijozi ishi bo‘yicha Toshkent bilan “murosa”ga erishmoqchi

Gulnora Karimovaning advokati yana Toshkentda. U mijozi ishi bo‘yicha Toshkent bilan “murosa”ga erishmoqchi

Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi advokati Grégoire Mangeat chorshanba¸ 20 iyun kuni yana Toshkentga keldi.  Shveysariyadagi asosan moliyaviy jinoyatlarga oid ish bo‘yicha ixtisoslashgan Mangeat Attorneys at Law advokatlik shirkati asoschisi va rahbari bo‘lgan Grégoire Mangeatning bu galgi Toshkent safarida unga  hamkasblari   Fanny Margairaz va Alice Parmentier hamrohlik qilmoqda.

Shveysariyalik uchala advokat 21-22 iyun kunlari 2015 yil avgustida 5 yilga "ozodligi cheklangan"¸ayni paytda  qo‘shimcha ayblar bo‘yicha tergov amaliyotlari davom etayotgan Gulnora Karimova bilan bevosita uchrashmoqda.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi¸ shveysariyalik advokatlarning o‘z mijozi bilan uchrashishiga to‘sqinlik yo‘qligini bildirdi.

Joriy yilning 25-26 aprel kunlari o‘z mijozi bilan Toshkentda¸ O‘zbekiston Bosh prokuraturasi binosida yakkama-yakka uchrashgan Grégoire Mangeatning Ozodlikka aytishicha¸ o‘zbek rasmiylari o‘zi va hamkasblarining 21-22 iyun kunlari Karimova bilan uchrashib¸ o‘z ishini davom ettirishiga ruxsat bergan.

Bundan avval Grégoire Mangeat Karimova bilan 2016 yil dekabrida birinchi marta uchrashgan va keyingi bir yarim yil davomida o‘z mijozini bevosita ko‘rishga muvaffaq bo‘la olmay kelayotgan edi.

20 iyun kuni - Toshkentga uchib ketishi arafasida Ozodlik bilan suhbatlashgan shveysariyalik advokat  O‘zbekiston hukumati¸ xususan mamlakat Bosh prokuraturasining keyingi oylarda Karimova ishiga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarayotganini olqishladi va  bunday o‘zgarish sababini izohlashga urindi.

- O‘zbekiston hukumati keyingi oylar davomida Gulnora Karimovaning Shveysariya banklarida muzlatilgan pullarining bir qismi yoki hammasini olish uchun biz bilan hamkorlik qilish lozimligini tushunib etdi.  Ular menga o‘z ishimni qilishga imkon berish o‘zlariga nisbatan e’tirozlarni kamaytirishi va ularning pulni olish shansini oshirishini anglab etdilar. Ayni shuning oqibatida mening aprel oyida Gulnora Karimova bilan uchrashishimga ruxsat etildi va bu jarayon joriy hafta yana davom etmoqda¸ dedi 20 iyun kuni Toshkentga uchib ketishi oldidan Ozodlik suhbatlashgan shveysariyalik advokat.

Gulnoraning tutqunlikda hayoti

Grégoire Mangeat Ozodlik bilan suhbatda aytishicha¸ to‘rt yilcha avval qamoqqa olingan Gulnora Karimovaning birinchi ikki yarim yil mobaynidagi (otasi – prezident Islom Karimov tirikligida – tahr.) tutqunlikdagi hayoti nihoyatda og‘ir bo‘lgan.

Advokatga ko‘ra¸ Gulnora Karimova “Toshkentdan taxminan uch soatlik masofada bo‘lgan qamoqxonada” saqlanmoqda.

Gulnora Karimovaning qamoqxonadagi vaziyati va umuman uning ishiga munosabat Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelgandan so‘ng¸ ayniqsa¸ MXXning huquq tizimlari faoliyatidagi rolini keskin kamaytirganidan so‘ng biroz yaxshilanganini e’tirof qilgan Grégoire Mangeat¸ ayni paytda mijozining hozirgi ahvolini ham “juda yomon” deb baholadi.

Karimova bilan 25-26 aprel kunlari bir necha soat davomida yakkama-yakka suhbatlashgan Grégoire Mangeat¸ uning o‘z ishidagi mavhumlikdan qattiq iztirobda ekani¸ o‘zgaruvchan kayfiyat¸ charqoq va dori ta’sirida bo‘lgani bois¸ suhbat davomida diqqatini yig‘ishga qiynalganini aytadi.

- Ammo u jasoratga to‘la va o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni inkor qilmoqda¸ deydi jumladan advokat.

Gulnora Karimovaning qamoqxonadagi sharoitini “juda yomon” deb ta’riflagan advokat¸ bu masalani O‘zbekiston Bosh prokuraturasining o‘zi uchrashgan mas’ullari bilan muhokama qilganini qo‘shimcha qildi.

Karimova advokati prezident Shavkat Mirziyoev bilan uchrashish istagida

Grégoire Mangeat Ozodlik bilan suhbatda Gulnora Karimovaning qamoqdagi vaziyatida jiddiy o‘zgarish qilishi mumkin bo‘lgan shaxs – O‘zbekiston prezidenti bo‘lgani bois¸ hozirgacha ikki marta Shavkat Mirziyoev bilan uchrashishga ruxsat so‘raganini bildirdi.

- Bu¸ himoyachi advokat sifatida¸ mening shaxsiy tashabbusim¸ Gulnora mendan buni so‘ragani yo‘q. Men uning qamoqxonadagi sharoitini prezidentga yetkazmoqchiman¸ unga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonlik¸ ishdagi mutlaq mavhumlikning qabul qilib bo‘lmas  holat ekanini tushuntirmoqchiman. Himoyachi advokatlarning ishi¸ mijozga nisbatan O‘zbekistonda ochilgan jinoiy ish hujjatlari bilan tanishishga ruxsat yo‘qligidan¸ nihoyatda qiyin¸ deydi Grégoire Mangeat.

Gulnora Karimova “murosaga borishi mumkin”

Bu ishda hamma uchun maqbul to‘xtamga kelish maqsadida¸ hozirga qadar o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni rad etib kelayotgan Gulnora Karimova ham “ayrim murosaga borishi mumkin”¸ deydi sobiq 1-qizni himoya qilayotgan advokatlar guruhi rahbari.

- Men himoyachi sifatida o‘z ishimni bajarishim uchun tutqunlikdagi mijozimga xalqaro standartlarga mos keladigan adolatli sharoit yaratib berilishi uchun kurashaman. Agar O‘zbekiston hukumatining niyati shunchaki Karimovaning boyliklarini olish bo‘lsa¸ biz bunga qarshilik qilamiz va kerak bo‘lsa¸ Strasburgdagi Yevropa inson haqlari sudigacha boramiz¸ deydi Karimova advokatlar guruhi rahbari.

Unga ko‘ra¸ himoyachilar guruhi xalqaro maydonda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Gulnora Karimova ishi bo‘yicha ham marhum prezidentning qizi¸ ham O‘zbekiston Respublikasi uchun manfaatli yechim topish ustida ishlamoqda va bu jarayon nihoyasida Karimovaning qamoqdan ozod etilib yangi hayot boshlashi¸ uning shaxsiy boyliklarining qaytarib berilishiga umid qilmoqda.

Ozodlik Gulnora Karimova advokati suhbat davomida tilga olgan e’tirozlarga munosabat bildirishni so‘rab O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga murojaat qildi. Matbuot xizmati Gulnora Karimova advokatining o‘z mijozi bilan ishlashiga to‘sqinlik yo‘qligini bildirish bilan cheklandi.

Marhum prezident qiziga qo‘yilgan va qo‘yilayotgan ayblar

2017 yilning 28 iyul kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishiga oid tafsilotlarni jamoatchilikka ochiqlagan edi.

Unga ko‘ra¸ Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan G.Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.​

Rasmiy bayonotda aytilishicha¸ "G.Karimovaga nisbatan uyushgan jinoiy guruhga qo‘yidagi jinoyatlarni sodir etishga ko‘maklashish holatlari bo‘yicha alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda".

"Ushbu holatlar bo‘yicha G.Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e’lon qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan".

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

На церемонию прощания с Анастасией Заворотнюк пришли Лолита, Хазанов, Запашный и Авербух

"Замечательная, светлая": Лепс с теплотой вспомнил доброе общение с Заворотнюк

Собянин поздравил россиян с Международным днем защиты детей

«Локомотив» подписал контракт с экс-вратарем «Спартака» Митрюшкиным

Музыкальные новости

Спортсмены Улан-Удэнского ЛВРЗ стали победителями региональной спартакиады

В Подмосковье сотрудники Росгвардии задержали подозреваемого в краже товаров из магазина

Почта России помогла детям-подопечным благотворительных фондов встретиться с футболистами ЦСКА

Уссурийский ЛРЗ расширяет форматы промышленных экскурсий на предприятие

Новости России

Песков, Авербух, Хазанов и другие: с Анастасией Заворотнюк приехали попрощаться первые лица страны и звезды эстрады

В Балашихе удар молнии лишил жизни местного жителя

Амбиции родителей. Как перестать закрывать за счет ребенка свои гештальты

Заболеваемость коклюшем выросла в 10 раз в Свердловской области

Экология в России и мире

Коллекция купальников Love Republic

Конференция «Общество и психическое здоровье» прошла в Ставрополе

Всеармянский союз «Гардман-Ширван-Нахиджеван» осуждает лживое заявление президента Азербайджана Алиева

Дары природы в Hilton Seychelles Labriz Resort & Spa

Спорт в России и мире

Матч Котова и Вавринки перенесли на корт Сюзанн Ленглен

Прямая трансляция матча Рыбакиной с победительницей четырех "Больших шлемов"

Синнер повторил достижение Джоковича и Надаля по победам на "Больших шлемах"

Азаренко не смогла выйти в 1/16 финала открытого чемпионата Франции по теннису

Moscow.media

Лёд и пламень

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе

Муруджинские озера

НА ДЕТСКОМ ФЕСТИВАЛЕ ИСКУССТВ «НЕБО» СОСТОИТСЯ 5 ПРЕМЬЕР И ПОКАЖУТ НОВИНКИ ОТ ВЕДУЩИХ МОСКОВСКИХ ТЕАТРОВ







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *