Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Rossiyalik futbol sharhlovchisi Utkinning haqorati o‘zbek futbol muxlislari g‘azabini keltirdi

Rossiyalik futbol sharhlovchisi Utkinning haqorati o‘zbek futbol muxlislari g‘azabini keltirdi

Rossiyalik  futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin Argentina- Xorvatiya o‘yini paytida o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovni "eshshak o‘g‘li" deb haqorat qilgani minglab o‘zbek futbol muxlislari g‘azabini qo‘zg‘adi. Ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmenti foydalanuvilari futbol sharhlovchisini irqchilikda ayblamoqa. Ammo, Vasiliy Utkin kechirim so‘rash niyatida emasligini bildirdi. 

Futbol bo‘yicha Rossiyada o‘tayotgan Jahon Chempionatida referi Ravshan Ermatovni Argentina- Xorvatiya o‘yinini qattiqqo‘llik bilan boshqarmaganlikda ayblagan sharhlovchi Vasiliy Utkin o‘z tvitida o‘zbekistonlik hakamni “eshakning bolasi”, deb haqoratlaydi.

Uning bu tviti 14 soat ichida 520 ta sharh yig‘di va minglab o‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining g‘azabli munosabatiga sabab bo‘ldi.

 

 

 

Biroz o‘tib, Utkin o‘zbekistonlik xakamga bag‘ishlangan yana bir tvitni qo‘ydi. Unda futbol sharhlovchisi referini ogohlantirish kartochkalari bera boshlagani uchun, o‘z ta’birida, "aql kirishi uchun hech qachon kech emas" deya kechirgadek bo‘ldi.

“Kechirdim, bingo!!!” deydi Utkin ikkinchi tvitida.

Ko‘p o‘tmay Twitter tarmog‘ida #UtkinIzvinis xeshtegi bilan asosan o‘zbekistonlik futbol muxlislari postlar yozib undan haqoratli so‘zlar uchun uzr so‘rashni talab qilishdi.  

"Siz olov bilan o‘ynashayapsiz, Vasiliy!"   - @VVitaliy84

"Hech bo‘lmasam o‘sha tvitni yo‘q qiling!" - Mirxalil Po‘latov

 

 

Bunday izohlar Vasiliy Utkinni uchinchi tvitini yozishga undadi.

Unda rus sharhlovchisi “o‘zbeklar va ularga qo‘shilganlarga” to‘g‘ridan to‘g‘ri  murojaat qiladi va "eshak bolasi"ga tegishli noroziliklarni futbol  tomosha qila turib hech qachon “sudya p...z” degan jumlani ishlatmaganlardangina qabul qilishini yozadi.

Qolganlardan esa unga futboldan zavq olishiga xalaqit bermasliklarini so‘raydi.  

Tvitidan ko‘rinib turganidek,  sharhlovchi pushaymonlikdan yiroqda va irqchilik ruhidagi xaqorat deya baholangan o‘z tvitlarini ehtiros va hayajonga yo‘ygan.

 

O‘zining to‘rtinchi tvitida esa Utkin Instagram tarmog‘i orqali jonli efir qilishini aytdi va barcha “o‘zbek muxlislarini” u yerga taklif qildi.

 

Bir necha kun muqaddam Vasiliy Utkin Portugaliya-Ispaniya o‘yinini  sharhlab bo‘lgach, uning  Rossiya-1 kanali bilan xamkorligi tugaganini ma’lum qilgandi.

Ozodlik suhbatlashgan futbol muxlislari Argentina-Xorvatiya o‘rtasidagi uchrashuv haqiqatan ham og‘ir bo‘lgani,  ammo bu irqchilik ruxidagi ehtirosli chiqishlar uchun asos bo‘la olmasligini ma’lum qilishdi.

"Qanday murakkab holat bo‘lmasin, taniqli futbol sharhlovchisi OAV deb qabul qilsa bo‘ladigan platformada bunday so‘zlarni aytishi - hech qaysi normaga sig‘maydigan hol, u ravshan Ermatovdan va  jamoatchilikdan uzr so‘rashi shart!"  -  deydi futbolning ashaddiy muxlisi Sirojev Jahongir. 

Uning ishonishicha, Utkin kabi mashhur, ko‘plab folloverlari bor shaxslar har bir aytilayotgan (va ayniqsa yozilayotgan) gaplari uchun javobgardir .

Twitter shunchaki ijtimoiy tarmoq, rasmiy kanal emas, deb hisoblash mumkin, ammo taniqli insonlarning Tvitterda aytilgan gaplari uchun javobgarlikka tortilgan holatlari ham kam emas.

Masalan,  shu yilning may oyida Amerikada aynan Tvitter  orqali Barak Obamaning afroamerikalik maslahatchisini “maymunlar sayorasidan” deb hazil qilgan mashxur teleshou boshlovchisi Rozanna Barr juda keskin munosabatga sabab bo‘lgandi.

Natijada, mamlakatdagi eng yirik telekompaniyalardan biri -  ABC u bilan shartnomani bekor qildi.

Barr so‘ngra o‘zining tvitidagi "yomon xazil"  uchun uzr so‘radi.

​Vasiliy Utkinga esa o‘zining instagram tarmog‘i orqali  bo‘lgan jonli muloqot davomida, o‘tgan 15 soat ichida uni ikki mingdan ziyod O‘zbekistonliklar haqorat qilganligi haqida xabar berdi. U uzr so‘rashni talab etganlarning o‘zi ham undan uzr so‘rashi kerakligi xaqida uqtirdi. 

Ozodlik bilan suhbatlashgan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi mulozimi Diyor Imomxodjaevning ishonishicha, Argentina -Xorvatiya o‘yini juda og‘ir bo‘lganiga qaramay, Ravshan Irmatov uni yuqori professional darajada boshqargan.

-Biz Ravshan Ermatov qanday iste’dod sohibi ekanini butun dunyo biladi. Shuning uchun ham u mundiallar tarixida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan futbol referisi bo‘lib turibdi. FIFA ketma-ket 3 ta Jahon Chempionatiga Ermatovni taklif qildi. Bu safar esa unga eng mas’uliyatli o‘yinlardan birini ishonib topshirdi.

Hakamlar haqida har kim o‘z fikrini aytish huquqiga ega. Ishontirib aytamizki, Ermatovning hakamligi futbol mutaxassislarida ijobiy taassurot qoldirdi. U o‘yinni yuqori saviyada boshqarib bordi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev. 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiysi rossiyalik futbol sharhlovchining tvitlariga federatsiya rasmiy javob berishni lozim deb topmagan:

-O‘zbekistonlik futbol muxlislaridan esa har xil bo‘lmag‘ur fikrlarga e’tibor qaratmaslikni so‘raymiz. Ermatov hozircha hammadan oldinda, demak, uning ortidan gapiruvchilar istalgancha topiladi, - dedi Imomxo‘jaev. 

Taniqli o‘zbek sharhlovchisi Xayrulla Hamidov ham ushbu voqeani e’tiborsiz qoldirmadi, hamkasbini tarbiyasizlikda aybladi. 

Geniylar shunaqaroq bo‘ladi, deyishadiyu, lekin aqli joyida, farosati to‘liq geniylar ham borligini esdan chiqarishadi, ularga o‘xshash masalani ko‘tarib chiqishmaydi," deya tvit qoldirdi o‘zbekistonlik futbol sharhlovchisi. 

​Vasiliy Utkinning navbatdagi tviti esa quyidagicha bo‘ldi: "o‘zbeklardan bosh aylanmoqda". 

O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov futbol bo‘yicha jahon chempionatlari o‘yinlariga eng ko‘p hakamlik qilgan.

Ravshan Ermatov 2016 yilda 'Globe Soccer Awards" talqinida jahonda "Yilning eng zo‘r hakami", deb topilgandi.

U Osiyo qit’asida besh marta, O‘zbekistonda esa 10 marta  "Eng zo‘r hakam", deb topilgan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

«ЯРКО» провела развлекательную программу на фестивале «Крутая песочница»

В Подмосковье инвалидам выплатили более 17 млн рублей на средства реабилитации

В Подольске запустили производство нетканых материалов для мебели

Путин: жить нужно ради того, ради чего можно умереть

Музыкальные новости

В ЦДКЖ 18 августа ждут любителей группы «Рекорд Оркестр» на Квартирнике Евгения Маргулиса

Захарова: армянам - нота, апшеронцам – «да»

Нижегородская телебашня включит праздничную иллюминацию в День России

Владимир Путин сенсационно получил ключевое признание от Н А Т О.

Новости России

Бассейн в центре реабилитации «Ясенки» построят в начале 2025 года

В Дубне прошел день наукоградов Подмосковья

Путин: жить нужно ради того, ради чего можно умереть

В Подольске запустили производство нетканых материалов для мебели

Экология в России и мире

Новые портативные ирригаторы Revyline RL 630 Green скоро поступят в представительство марки в Махачкале

В Подмосковье обустроили 176 пешеходных маршрутов: Реутов в лидерах

Прямые рейсы в Таиланд неожиданно снимают: стали известны подробности и альтернативы

Какие украшения чаще всего дарят на годовщину свадьбы: исследование «585*ЗОЛОТОЙ»

Спорт в России и мире

Дядя Надаля назвал причину поражения Зверева в финале «Ролан Гаррос»

Бьянка Андрееску: «Мне нравится, что на траве, поскольку она намного быстрее грунте, меньше времени на раздумья»

Блинкова вылетела с турнира WTA в Хертогенбосхе

Самсонова вышла во второй круг турнира в Хертогенбосе

Moscow.media

«Школа вожатых» прошла в школе №7 в Реутове

Росгвардейцы обеспечили охрану общественного порядка в День поселка Вербилки

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

Северные ночи...







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *