Andijonda kollej o‘quvchisi keksa qo‘shnisini pichoqladi
Andijon transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 2-bosqich 311-guruh o‘quvchisi I.K uyi oldida janjal oqibatida qo‘shnisi O.Q.ni pichoqladi. Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, hodisa 20 iyun kuni kechki soat 7larda Andijon shahrining Toshkent ko‘chasida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi Andijon Tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga o‘ta og‘ir ahvolda yotqizildi. Uni pichoqlagani gumonlanayotgan kollej o‘quvchisi hibsga olindi.