Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

"Kulib turib yig‘latgan" aktyor Husan Sharipov olamdan o‘tdi

O‘zbekiston Xalq artisti, o‘zbek teleekranidagi hajviy rollari bilan o‘tkan asrning 70- yillarida mashhur bo‘lgan Husan Sharipov 26 iyun kuni 81 yoshida olamdan o‘tdi.


Kinorejisser Ali Hamroev Ozodlik bilan suhbatda “Husan Sharipov komediya rollarini tragediya qilib o‘ynaydigan mohir aktyor edi¸” deya esladi.


1959 yildan boshlab Muqimiy teatrida ishlagan aktyorning 1971 yilda Shavkat Junaydullaev suratga olgan “Uchrashuv” komediyasida ijro etgan roli bilan bir kunda mashhur bo‘lgani eslanadi.


Ayni filmda “Toshkent piyolasi"¸ "Parkent murabbosi” deya aytilgan jumlalar keyinchalik xalq orasida maqolu matalga aylanib ketgan.


“Men bu artistning  nafaqat komediya¸ balki jiddiy rollarni ijro qila olishini  “Vodillik kelin” degan filmni suratga olish jarayonida kashf qildim. Italiyaning neorealistik kinolaridagi obrazga o‘xshagan tramvay haydovchisi obrazini ko‘rsangiz ham kulasiz¸ ham ma’yus bo‘lasiz. Yig‘lab turib kulish¸ kulib turib yig‘lash va ayni paytda tomoshabinni jiddiy o‘yga toldirish kabi murakkab vazifani Husan Sharipov qoyilmoqom qilib bajargan edi. Rol yaxshi chiqqanidan sevinib¸ qo‘y so‘ygan edi rahmatli. Husan aka bor joy bayramga aylanib ketar edi. Askiya¸ qiyqiriq kulgi¸ ichakuzdi latifalarni yo‘l-yo‘lakay aytib ketaeverardi¸ orqasida doimo bir guruh shinavandalari ergashib yurardi. Bu qora xabarni sizdan eshitib¸ do‘stimdan ajralganimdan kuyundim. Joyi jannatda bo‘lsin”¸ deydi Ali Hamraev.


Husan Sharipov «Bomba», «Chinor tagidagi duel», «Tangalik bolalar», «Kelinlar qo‘zg‘oloni» kabi filmlarda yaratgan obrazlari bilan tomoshabinlar xotirasida qoldi.


“Suyunchi” dagi Shermat, “Maysaraning ishi”dagi hoji A’lam, “Vodillik kelin” dagi Husan aka, “Marhumning hurmati”dagi Avtobaza direktori , “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi Husan, “Buvimni qaytaring”dagi Ilhom va boshqa komik obrazlar aktyor ijodida muhim o‘rin tutadi.


Husan Sharipov Muqimiy nomidagi O‘zbek Davlat musiqali drama teatridagi o‘ttiz yillik faoliyati davomida ellikka yaqin turli xarakterdagi rang-barang obrazlar yaratdi.


“Muqimiy spektaklidagi Asatullo, “Xotinimning eri” komediyasidagi Po‘lat, “O‘jarlar”dagi Tojivoy,  “Jon qizlar” dagi Hasan, “Xonuma xonum” dagi Akop, “Laqma” musiqali dramasidagi Husniddin, “Aka-uka sovchilar”dagi Abdulla kabi obrazlar Sharipov ijodining mahsuli sifatida ko‘riladi.


Teatr va kino aktyori Husan Sharipov 1937 yilda 27 iyulda Toshkentda tug‘ilgan. 1963 yilda  Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakultetini tugatgan.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *