Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Rossiya qotillik va odam savdosida ayblangan o‘zbek ayolini Gruziyaga berib yubordi (VIDEO)

Ural transport prokuraturasi qotillik va fohishaxona tashkil etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik ayolni Gruziya huquq-tartibot idoralariga topshirdi. Gruziya ekstraditsiya qilingan ayolni 2013 yilda Batumida fohishalikka majburlangan o‘zbek qizlaridan birining o‘limida ayblamoqda.







Yekaterinburg viloyatidagi Ural transport prokuraturasi Interpol qidiruviga berilgan O‘zbekiston vatandoshini yarim yillik ekstraditsiya surishtiruvidan keyin Gruziyaga topshirgan.


 Ural transport prokuraturasi vakilasi Mariya Poletaevaning Ozodlikka aytishicha, Gruziya politsiyasi taqdim etgan materiallar tekshiruv davomida o‘z tasdig‘ini topgan:


- Biz uni biror narsada ayblayotganimiz yo‘q, u Gruziyaga ayblov e’lon qilish uchun berib yuborildi. O‘zbekiston vatandoshi Gruziya Jinoyat Kodeksining 143.1 (odam savdosi) va 109 (boshqa jinoyatni yashirish maqsadida sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish) moddalarining qator bandlari asosida 2013 yildan buyon Interpol qidiruvida bo‘lgan. O‘tgan yilning sentabr oyida 33 yashar bu ayol "Yekaterinburg-Passajirskiy" temir yo‘l bekatida qo‘lga olingan edi, - dedi Mariya Poletaeva.


Ozodlik Gruziya politsiyasiga murojaat qilib, bundan besh yil oldin sodir bo‘lgan hodisa tafsilotlarini aniqlashga urinib ko‘rdi.


Ozodlik o‘z manbalaridan Rossiyadan Gruziyaga ekstraditsiya qilingan ayol – 34 yashar N.R (to‘liq ismi Ozodlikka ma’lum - tahr.) ekanini aniqladi.


Gruziya ichiki ishlar vazirligi Ozodlik so‘roviga o‘zbekistonlik muhojir bu ayol ishi yuzasidan ba’zi tafsilotlarni ochiqladi.


Ma’lum bo‘lishicha, 2013 yilning 3 iyulida Beshumi qishlog‘i yaqinida mahalliy aholi vakillari noma’lum ayol jasadini topganlar.


Tergov-surishtiruv ishlari davomida o‘ldirilgan ayolning 1987 yilda tug‘ilgan Rayhon ismli O‘zbekiston vatandoshi ekani aniqlangan.


Tergov materiallariga ko‘ra, N.R. ismli o‘zbekistonlik muhojir ayol 2012 yil o‘rtalarida 4 nafar o‘z hamyurtini "katta haq to‘lanadigan ishga" deb, Gruziyaning Batumi shahriga olib keladi.


U o‘z hamyutrtlaridan pasportlarini tortib olib, qo‘rqitib fohishalik qilishga majburlaydi.


2013 yil bahorida Rayhon ismli fohishalik qilishga majburlanib kelingan qizlardan biri qochishga urinib ko‘radi, ammo N. sheriklari qo‘liga tushib qoladi.


Batumi politsiyasiga ko‘rsatma bergan boshqa bir jabrlanuvchi – o‘zbekistonlik D. R. so‘zlariga ko‘ra, Rayhon N.Rning bu qilmishi ustidan O‘zbekistonda militsiyaga murojaat qilishini aytadi.


N. o‘zbekistonlik Hayot va gruziyalik Kaxa ismli shaxslarga 2 ming AQSh dollari miqdorida pul berib, R. o‘ldirishni buyuradi.


2013 yilning 22 may kuni ular taksi yollab, R. aldov yo‘llari bilan Xuloy tumanidagi o‘rmonga olib boradi va boshiga tosh bilan urib o‘ldiradi, kiyimlarini yoqib yuboradi, tanani esa ko‘mib tashlaydi.


Batumiga qaytib kelgach, ular qolgan o‘zbekistonlik qizlarga Rayhonni O‘zbekistonga uchoqda uchirib yuborganini aytadi.


Gruziya politsiyasi Hayot R., Kaxa D. va ularni qotillik joyiga olib borgan taksichini hibsga oldi va javobgarlikka tortdi: Hayot R. – 18 yilga, Kaxa Diasamidze – 17 yilga va politsiyaga xabar bermagan taksichiga Batumi shahar sudi 2 yillik qamoq jazosi tayinladi.


Qotillikni tashkillashtirishda ayblanayotgan N.R. 2013 yilning 31 may kuni Gruziyani tark etib, Rossiyaga ketishga ulguradi.


2017 yilning sentabr oxirlarida u Rossiyaning Yekaterinburg shahri Privokzalniy tumanida mahalliy politsiya tomonidan qo‘lga olindi. 


Hozirda Gruziya huquq-tartibot idoralari Batumiga keltirilgan O‘zbekiston vatandoshiga qotillik va odam savdosi asosida ayblov e’lon qilishga hozirlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *