Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Toshkent bekatlaridagi do‘konlarni buzish haqida qaror yo‘q. Hokim bu masalada ijtimoiy fikrga tayanmoqchi

Toshkent bekatlaridagi do‘konlarni buzish haqida qaror yo‘q. Hokim bu masalada ijtimoiy fikrga tayanmoqchi

30 iyun kuni aksar o‘zbek nashrlari Toshkent shahri bekatlaridagi barcha marketlar yopiladi¸ bekatlardagi do‘konlar buziladi¸ degan mazmunda xabar tarqatgan edi.

10 iyul kuni Ozodlik gaplashgan Toshkent shahar hokimligi va “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati mas’ullari¸ poytaxt yangi hokimining bu gapi hozircha taklif ekani¸ mazkur masalada uzil-kesil qaror poytaxtliklar fikri o‘rganib chiqilganidan keyingina qabul qilinishini bildirdilar.

Taklif yoki talab?

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rasmiysi 10 iyul kuni Ozodlik bilan suhbatda poytaxt yangi hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning bekatlar haqidagi gapini “jamoatchilikka tashlangan taklif” deya atadi.

“30 iyun kuni prezidentimiz Olmazor tumaniga borib¸ faollar bilan uchrashdi. Prezident ketganidan so‘ng hokim qolib yosh faollar bilan suhbatlashdi. Men ham o‘sha yerda edim. Bilasiz¸ bizda ostanovkalardagi ahvolni – bir baklashka suv olish uchun bitta mashina to‘xtaydi¸ hatto chetga ham chiqmaydi. Orqasidan yana ikkita-uchtasi to‘xtaydi. Orqadagilar bular qachon bozorini tugatib chiqarkan¸ deb xunob bo‘lib kutadi. Orasida tirband avtobuslar ham bor. Odamlar semechka chaqib¸ hamma yoqni iflos qiladi¸ axlat qutilar¸ skameykalar yo‘q.  Shuning uchun hokim do‘konlardan voz kechsak¸ nima deysizlar¸ dedilar. Unaqa yo‘q qilamiz¸ buzib tashlaymiz¸ deganlari yo‘q. Saytlarda noto‘g‘ri yozishdi”¸ dedi 10 iyul kuni Ozodlik gaplashgan hokimlik rasmiysi.

“Yosh faollarning javobi qarsakbozlik bo‘ldi”

30 iyun kungi uchrashuvda qatnashganlardan biriga ko‘ra¸ Toshkent shahar hokimi Yoshlar kunida¸ asosan¸ yosh faollar bilan o‘tkazgan uchrashuvida “shu taklifga nima deysizlar”¸ deb so‘ragan va zalga yig‘ilganlar bu savolga gulduros qarsak bilan javob bergan.

“Bilasiz¸ bizda hokimning og‘zidan chiqqan gapga e’tiroz bildirilmaydi¸ faqat qarsak chalishadi. Bu taklif ham shunday qabul qilindi. Birov muhokama qilgani yoki e’tiroz bildirgani yo‘q”¸ deydi 30 iyun kungi uchrashuvda qatnashganlardan biri.

Hokimning 30 iyun kungi uchrashuvda bekatlar haqida ayganidan mahalliy matbuot keltirgan iqtibosdan¸ Ortiqxo‘jaevning bekatlarni buzish haqida qat’iy gapirgani anglashiladi.

“Bekat transportlar, avtobuslar to‘xtashi uchun. Ko‘pchilik «do‘kon» qurmoqda. Natijada mashinalar to‘xtab, jamoat transporti harakatiga xalaqit qilmoqda. Yaqin kunlarda bekatlarda do‘kon bo‘lmaydi. Bekat bekatligicha qoladi”¸ deb iqtibos keltirdi aksar mahalliy nashrlar hokimning 30 iyun kungi bayonotidan.

Tadbirkor hokimga aylangach¸ tadbirkorga qarshi ish boshladimi?

Ozodlikka bog‘langan Toshkent bekatlaridan birida do‘koni bor tadbirkor shunday e’tiroz bildirdi.

“Ortiqxo‘jaevni prezident tadbirkordan chiqqan¸ tadbirkorni himoya qiladigan odam deb¸ hokim qilib qo‘ydi. Kelasolib qilayotgan ishi tadbirkorni qaqshatish bo‘ladimi? Oldingi hokim bekatlarni do‘kon qil¸ oynavand qilib yop¸ ichiga kondentsioner qo‘y¸ dedi. Necha ming dollar sarflab¸ tadbirkorlar qildi shu ishni. Bekatlarda do‘kon qurishda Ortiqxo‘jaevning Akfasi mazza qildi – hammaga eshik-deraza Akfaniki bo‘lsin¸ degan shart qo‘yishgandi o‘shanda. Bizga eshik-deraza sotgan odam bugun hokim bo‘lib¸ endi buz bularni desa¸ alam qilmaydimi? Bekatlardagi do‘konlarning har birida kamida uchta odam ishlaydi¸ oila boqadi. Bular qaerdan ish topadi? ” deydi Toshkentdagi oynavand bekat-do‘kon egasi.

Bu tadbirkor¸ hokimiyatning qurilish va buzilishlar bo‘yicha dasturidagi keskin o‘zgarishlar¸ hokimiyat qarorlarida izchillik va davomiylik yo‘qligi¸ tadbirkorlarning davlat tizimlari¸ o‘z sarmoyasi kelajagiga ishonchiga jiddiy putur yetkazayotganini qo‘shib o‘tadi.

“Bugun sarmoyador kelsin¸ biznes qilsin¸ to‘siq yo‘q¸ deyishayapti. Bugun bunisi “qur” deydi¸ falon pul sarflab qurasiz. Ertaga keladigani “buz”¸ deydi¸ dodingizni hech kim eshitmaydi. Orada kimlardir katta pul ishlab oladi. Kim bunaqa muhitda katta pul tikib¸ biznes qiladi?”¸ deydi bu tadbirkor.

Ijtimoiy tarmoqlardagi e’tirozlar

30 iyun kungi Olmazordagi yig‘inda qatnashgan mulozim¸ yoshlar faollari Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning “bekatlardagi do‘konlardan voz kechsak¸ nima deysizlar?” degan savoliga gulduros qarsaklar bilan javob berganini aytgan bo‘lsa-da¸ bu taklif ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy e’tiroz uyg‘otmay qolmadi.

“Hokim hazillashayaptimi? Konkret bu do‘konlar kimga xalaqit berdi? Janob hokim ishga borish yo ishdan qaytish uchun jaziramada avtobus kutmasligi aniq. Odamlar bu yerda suv¸ muzqaymoq yeb tamaddi qiladi¸ issiqdan jon saqlaydi. Agar kimdir ostanovkalar oldida mashinasini noqonuniy to‘xtatayotgan bo‘lsa¸ buning uchun do‘konni buzish emas¸ GAIni ishlatish kerak. Shaharda hokim shug‘ullanadigan boshqa muammo yo‘qmi? Bizda doim shunaqa – hokimiyat istagan paytda kelib  uyingni¸ garajing yoki do‘koningni buzadi¸ daraxtlarni kesadi. Kelinglar Toshkentni Turkmanistonga aylantirmaylik!” deydi Facebookdagi bahsda fikr bildirganlardan biri.

(Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan videodan ko‘rilishicha¸ Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev ishga jamoat transportida emas, balki Mercedeslar qurshovidagi Mercedesda borib keladi. Qiyos uchun - dunyoning London¸ Amsterdam¸ Madrid¸ Toronto va San-Paolo kabi eng boy va yirik shaharlari hokimlari ishga velosiped bilan qatnaydi.)

“Do‘koni yo‘q bekatlarning ahvoliga bir qarang! 4x2 metrlik shisha¸ ko‘pincha u ham sindirilgan! Yomg‘ir¸ qor va shamolda uning tagida hatto bir odam ham pana topmaydi. Magazinlarga tegmang – ulardan bekatda tozalik saqlab¸ yo‘lovchi uchun sharoit yaratishni talab qilinglar¸ bo‘ldi! Davlatga ham shunisi arzonroq¸” deyiladi izohlardan yana birida.

“Bizda hokimlar qachon xalqqa kerak narsalarni buzish-yo‘qotish o‘rniga odamlarga haqiqatan ham foydali narsalarni o‘ylab topadi?” deyiladi ayni mavzudagi uchinchi sharhda.

“Hokim jamoatchilik fikriga quloq soladi”

Toshkent bekatlaridagi do‘konlarni buzish haqidagi taklif shunchaki quruq gap emasligini ta’kidlagan poytaxt hokimligi rasmiysi¸ ayni paytda bu masalada so‘nggi so‘zni toshkentliklarning o‘zi aytishini bildirdi.

“Hokim taklif tashladi. Endi “Toshshahartransxizmat” o‘z saytida opros o‘tkazadi va hokimga natijasini taqdim etadi. Chiqariladigan qarorga ijtimoiy fikr asos bo‘ladi. Deylik¸ toshkentliklarning 60 foizi do‘konlar qolsin¸ deb 40 foizi ularni buzish kerak¸ desa¸ buzilishi mumkin. Lekin aksar ko‘pchilik do‘konlar buzilmasin¸ deb fikr bildirsa¸ ular buzilmaydi”¸ dedi Ozodlik 10 iyul kuni gaplashgan Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati mulozimi.

Hozircha “Toshshahartransxizmat” saytida bunday so‘rov boshlanmagan¸ hokimlik rasmiysi ham¸ bunday taklifni o‘rganish uchun aniq muhlat berilgan-berilmaganiga aniqlik kirita olmasligini bildirdi.

Toshkentda qancha bekat boru¸ ularning qanchasida do‘kon bor?

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining bekatlar bo‘yicha mutasaddisi Ozodlik bilan 10 iyul kungi suhbatda 2018 yilning iyun oyigacha Toshkent shahrida 2121 ta bekat borligi¸ ulardan 727 tasida savdo shoxobchasi¸  211 tasining esa oynavand qilib qurilganini bildirdi.

Toshkent shahar soliq inspeksiyasining Ozodlik gaplashgan rasmiysiga ko‘ra¸ bu do‘konlarni yuritib kelayotgan yakka tadbirkor oyiga davlatga eng kam ish haqining 7 baravari miqdorida¸ ishga yollagan har bir xizmatchisi uchun esa¸ bu summaning 30 foizi miqdorida soliq to‘laydi.

(O‘zbekistonda 2018 yilning 15 iyulidan boshlab eng kam ish haqi miqdori 184 300 so‘m qilib belgilandi. Bu do‘konlar buzilsa¸ davlat byudjeti har bir do‘kon oyiga to‘laydigan 1 290 100 so‘mdan¸ jami esa 937 830 000 so‘mlik  soliq tushumidan mahrum bo‘ladi. )

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Бумаги QIWI взлетели на Мосбирже почти на 10%

В Одинцово объявлен конкурс на строительство пешеходного перехода через ж/д пути

Полиция задержала участников стреляющего кортежа с флагом Азербайджана

Играем, тренируемся, отдыхаем. К фестивалю «Лето в Москве. Все на улицу!» присоединяется всё больше жителей ЮЗАО

Музыкальные новости

Валерия Олюнина: Особенности армянофобии в России и Александр Артамонов. Армения и Ватикан

Банковскую карту с AI-дизайном из Сибири начали оформлять в павильоне Сбера на ВДНХ

Об отношении к русским в Азербайджане

Сыграть свою лучшую игру. Денис Мацуев рассказал, где искать гениев

Новости России

Больницу в волоколамском селе Осташево отремонтируют к концу года

Был легендой футбола СССР, раздавал деньги бедным, а сам ездил на метро. Истории о великом Черенкове

"Чего еще изволите?" Брюссель поставил Анкаре условие для членства в блоке: нужно ввести санкции против Москвы. Турки в ярости

Замена асфальта началась в двух дворах в Ленинском округе

Экология в России и мире

Новый тип туров в Турцию начали раскупать российские туристы: вместо отеля им предложено нестандартное размещение

Создание и продвижение КАНАЛА, ГРУППЫ или ЧАТА в WhatsApp, Telegram, Там Там и других мессенджерах.

Какие украшения чаще всего дарят на годовщину свадьбы: исследование «585*ЗОЛОТОЙ»

Захарова: армянам - нота, апшеронцам – «да»

Спорт в России и мире

Калинская поддержала Синнера после поражения на "Ролан Гаррос"

Каспер Рууд: «Не буду выступать на турнирах перед «Уимблдоном», но на нем, конечно, сыграю»

Тарпищев о Медведеве и Рублеве: без травм сыграют в Париже лучше, чем в Токио

Испанец Алькарас выиграл у Зверева и стал победителем Roland Garros

Moscow.media

Парадоксы двойного стандарта

В Шебекино подорвались на мине трое бойцов самообороны и оператор “России-24”

Каршеринг BelkaCar запустил летний спецпроект «Умные путешествия»

Портативный ТСД корпоративного класса Saotron RT-T70







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *