Sahroda yo‘qolgan xorazmlik baliqchilar qidirilmoqda
Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumaniga baliq oviga borib, adashib qolgan xorazmlik baliqchilar qidirilmoqda. Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, sakkiz kun avval baliq ovidan qaytayotib, adashib qolgan besh baliqchidan uch nafari topilgan. Hozirda yana ikki baliqchini qidirish ishlari davom etayapti.