Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Qaynona: qizimni o‘lasi qilib kaltaklab, boshini majaqlagan er javobgarlikka tortilmayapti

Qaynona: qizimni o‘lasi qilib kaltaklab, boshini majaqlagan er javobgarlikka tortilmayapti

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanining G‘azavot qishlog‘ida yashovchi Qurbonoy Sobirovaning iddao qilishicha, uning kuyovi Qadamboy Masharipov 15 iyul kuni qizi Sohiba Madaminovani o‘lasi qilib kaltaklab, bosh suyagini sindirib tashlagan.

Qaynonaning iddao qilishicha, kuyov xotinini kaltaklaganini bir sutka davomida yashirishga harakat qilgan, lekin uning ahvoli og‘irlashgandan so‘ng, kasalxonaga olib borishga majbur bo‘lgan.

Qurbonoy Sobirova militsiya xodimlari bu ish yuzasidan tergov-surishtiruv ishi olib bormayotganini aytmoqda.

Sohiba Madaminovaning qaynonasi esa, kelini o‘zini mashinadan tashlab yuborganini iddao qilyapti.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati bu holat nazoratga olinganini bildirdi.

 

Bosh suyak bir necha joyidan singan

Qo‘shko‘pir tumanining G‘azavot qishlog‘ida yashaydigan 31 yashar Sohiba Madaminova bosh suyagining bir necha joyidan sinishi va tanasidagi boshqa bir qancha gematomalar bilan 17 iyul kuni Urganch shahrining shoshilinch tibbiy yordam kasalxonasiga yotqizilgan.

Sohiba Madaminovani operatsiya qilgan vrach Hamid Bekjonovning Ozodlikka aytishicha, u og‘ir ahvolda kasalxonaga olib kelingan:

- Boshi shikast olgan, cherepno-mozgovaya travma(bosh suyagi va miya jarohati – tahr.)tashxisi qo‘yildi. Operatsiya qildik. Hozir endi yaxshi tomonga o‘zgarish bo‘lyapti. O‘sha kuni biz vazifamiz bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani ichki ishlar bo‘limidan Yusupovga xabar berdik. Militsiya keldi va yozib ketdi, - dedi Hamid Bekjonov.

Qo‘shko‘pir tumanining G‘azavot qishlog‘ida yashaydigan 62 yashar Qurbonoy Sobirovaning Ozodlikka aytishicha, uning kuyovi Qadamboy Masharipov qizini doim do‘pposlab kelgani uchun, u bir bolasi bilan ota hovliga qaytib kelgan edi:

- Men bu oilaga ikki qizimni kelin qilib berganman. Katta qizim tinch, lekin kichkina qizimni eri ko‘p urgani uchun, u chidolmay uyga kelib qo‘ygan. Besh yil bo‘ldi. O‘rtada bir borib, 10 kuncha yashadi. Lekin, eri yana kaltaklagani uchun qaytib kelgan edi. 15 iyul kuni kechasi kuyovim Qadamboy menga telefon qildi, men keldim qizingiz chiqsin, besh minut gapim bor, dedi. Men unga qizim uxlab yotibdi desam, qizim eshitib, mayli chiqay, bo‘lmasa yo eshikni sindiradi yoki oynani, dedi. Keyin qizim erining oldiga chiqdi va shu bilan uni moshinasiga mindirib olib ketdi, - deydi ona.

Qurbonoy Sobirovaning aytishicha, qizi hech qaytavermagach, ikki soatdan so‘ng, katta qiziga qo‘ng‘iroq qilgan:

- Katta qizim, ha, Sohiba shu yerda, xavotir olmang, dedi. Ertasiga katta qizimga necha bor telefon qilsam, hech ko‘tarmadi. 17 iyul kuni xavotir olib, o‘zim bordim. Borsam, uylarida hech kim yo‘q, katta qizimdan so‘rasam, bir narsani yashirganday, bilmayman, deydi. Men posbon va uchastkovoy bilan birga borgandim. Posbon, kuyovning onasiga telefon qilib, Sohiba qaerda, deb so‘radi. U esa, eri bilan Toshkentga ketgan, dedi. Posbon esa, aldamang, biz milisa bilan kelganmiz, to‘g‘risini ayting, desam, keyin biz Urganchda, shoshilinch tibbiy yordam kasalxonasidamiz, dedi, - deydi Qurbonoy Sobirova.

"Erim boshimga tepdi"

Uning aytishicha, qizi kasalxonada uni eri kaltaklaganini aytgan:

- Qizim bir o‘ziga kelib, bir o‘zidan ketib yotibdi. Meni ham ba’zan tanib, ba’zan tanimay qolyapti. Bir hushiga kelganida, qizim nima bo‘ldi, deb so‘rasam, erim qattiq urdi, boshimga tepdi, dedi. O‘sha kuni, u qizimni olib borib rosa kaltaklagan, keyin boshidan qon oqayotganini ko‘rganidan so‘ng, qo‘rqib ketib, bir sutka uyida saqlagan. Bir hamshirani olib kelib, o‘zicha qaratgan. Lekin avholi og‘irlashgandan so‘ng, kasalxonaga olib borishga majbur bo‘lgan. Endi esa xotinim moshinadan o‘zini tashlab yubordi, deb yolg‘on gapirib yuribdi. Qizimning badanida kaltaklangani alomatlari bo‘lgani gematomalar tiqilib yotibdi, - dedi Qurbonoy Sobirova. 

Unga ko‘ra, qizining kasalxonaga tushganiga qariyb o‘n kun bo‘layotgan bo‘lsa-da, militsiya yoki prokuraturadan boshqa hech kim so‘rab kelgani yo‘q.

"Kelinni o‘g‘lim urmagan"

Xotinini kaltaklagani iddao qilinayotgan Qadamboy Masharipovga Ozodlik qo‘ng‘iroq qilganida, go‘shakni uning onasi Sanamjon Xudayganova ko‘tardi.

Uning iddao qilishicha, kelini yurib ketayotgan avtomobildan o‘zini tashlab yuborgan:

- Kelinni o‘g‘lim urmagan, u o‘zini mashinadan tashlab yuborgan. Duxturlar tekshirgan, hammasi chiqadi u. Urgan bilan mashinadan yiqilganni ajratib olish mumkin-ku. Bular bir-birini yaxshi ko‘radi, onasi ayirib olmoqchi bo‘ldi-da. Yaqinda o‘zlari ajrashishga, alimentga ariza bergan edi, qizi o‘zi qaytarib oldi arizasini. Yaxshi ko‘radi, bolamni, - dedi qaynona.

Ozodlikning, “bo‘lmasa nega o‘sha kunning o‘zida kasalxonaga olib bormadilaring”, degan savoliga Sanamjon Xudayganova:

- Uni endi, Qadamboy qo‘rqib qoldi- da, Qadamboy qo‘rqib qolgan, - dedi Sohiba Madaminovaning qaynonasi.

Tumandan viloyatga, viloyatdan tumanga...

Ozodlik Qo‘shko‘pir tumani ichki ishlar bo‘limining navbatchisi bilan bog‘lanib, bu holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan yoki ochilmagani haqida so‘radi.

Navbatchi bu voqea yuzasidan faqat Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasidan ma’lumot olish mumkinligini aytdi.

Xorzam ichki ishlar boshqarmasi mulozimi esa, Qo‘shko‘pir tumani ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishni maslahat berdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining matbuot xizmati bu holat nazoratga olinganini bildirdi.

Oiladagi zo‘ravonlik

Jahon bankining "Ayollar, biznes va qonunlar - 2016" deb nomlangan hisobotida O‘zbekistonda ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoyalovchi qonuniy mexanizmlar yo‘qligini tanqid ostiga olgan edi.

Tashkilotga ko‘ra, hozirda dunyodagi 46 mamlakatda zo‘ravonlikni taqiqlovchi qonunlar yo‘q.

Ular orasida MDH hududidagi uch mamlakat – Rossiya, Armaniston va O‘zbekiston ham bor.

Bu kabi mamlakatlarda oilaviy zo‘ravonlik va ishlash imkonlarining cheklangani ayollarni ancha mushkul ahvolda qoldirgan.

O‘zbekistonda oilada zo‘ravonlikka uchragan ayollarning shikoyatlari ko‘pgina hollarda mahalladan nariga o‘tmaydi.

Aksar o‘zbek ayollari¸ xususan¸ yosh kelinlar o‘z erlari¸ qolaversa erning yaqinlari tomonidan qilinayotgan jismoniy¸ ruhiy va jinsiy tazyiq va tahqirlarni huquqni muhofaza qilish tizimlari¸ yoxud huquq faollari e’tiboriga olib chiqishni hamon nomaqbul harakat deb biladi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Европейская Россия под ударом стихии: циклон принесет ливни, грозы и смерчи

Американец в России: СССР глазами профессора Томаса Хаммонда

«Мтавари»: Грузия решила восстановить дипломатические отношения с Россией

Дачников предупредили об опасности шершней и ос

Музыкальные новости

Команда сервисного локомотивного депо «Буй-Пассажирский» филиала «Северный» ООО «ЛокоТех-Сервис» завоевала бронзу в железнодорожных спортивных соревнованиях

ЧЭРЗ прошел ресертификационный аудит системы менеджмента бизнеса

Глава Банка России: "Рынку ЦФА нужна возможность покупки через одно окно"

LISA FM Александр Белоносов выпустил альбом «Родина Сердца: Дневник Психолога»

Новости России

Mtavari Arkhi заявил о работе Грузии по восстановлению дипломатических отношений с Россией

Метод терапии: какие бывают исцеляющие кристаллы и как их использовать

Российский суд оставляет без изменения запрет NET4GAS судиться с Газпром экспортом в иностранном арбитраже

Дачников предупредили об опасности шершней и ос

Экология в России и мире

Уникальный интерактивный проект Ставропольской психиатрической больницы на выставке-форуме «Россия»

Chloé, коллекция Resort 2025

LISA FM Александр Белоносов выпустил альбом «Родина Сердца: Дневник Психолога»

Производители кроссовок New Balance и Under Armour подали около 1000 исков к российским продавцам

Спорт в России и мире

Итальянский теннисист Синнер стал лучшей ракеткой мира в рейтинге ATP

«Мирра Андреева обладает удивительной выживаемостью» // Олимпийская чемпионка по теннису Елена Веснина об итогах женского Roland Garros

Испанец Алькарас выиграл у Зверева и стал победителем Roland Garros

В России заговорили о Елене Рыбакиной после смены теннисисткой гражданства

Moscow.media

Вечерело...

Планируем зимний отпуск: мы знаем цену авиаперелета в Дубай на Новый год

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Соцфонд выдал проактивно 3,2 млн сертификатов на материнский капитал

В Шебекино подорвались на мине трое бойцов самообороны и оператор “России-24”







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *