Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

O‘zbek reperlari Mirziyoevni maqtab kuyladi. "O‘zbekkonsert" mulozimi buni "laganbardorlik erkinligi" deb atadi (VIDEO)

Shu kunlarda Istanbuldagi tungi klublarda ishlayotganini aytgan 29 yashar toshkentlik repchi Shuhrat Xalilov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevni ulug‘laydigan havaskor klipni Youtube portaliga qo‘ydi.


O‘zbekistonlik reper Shaxriyor esa  Toshkentda o‘rnatilgan eng katta mamlakat bayrog‘i ostida Mirziyoev rasmi tushirilgan maykani kiyib¸ “o‘zi mansub bo‘lgan avlod Mirziyoevni qo‘llashini rep tarzida izhor qildi.


"O‘zbekkonsert" mulozimi Ozodlik bilan suhbatda “maxsus komissiya iznisiz davlat ramzlarini qo‘llab¸ prezident haqida qo‘shiq kuylash”ga ruxsat yo‘qligini ta’kidladi.


Prezident haqida rep kuylash orzusida bo‘lan Shuhrat Xalilov bu ideyasi bilan "O‘zbekkonsert"ga borgani, ammo rad javobi olganini aytadi:


- "O‘zbekkonsert"agilar mening prezident Mirziyoevni maqtash borasidagi ishtiyoqimni to‘g‘ri tushunishmadi. Salbiy fikr bildirib¸ darov rad qilishdi. O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalariga shu ideya haqida yozsam¸ meni bloklab qora ro‘yxatga tiqib qo‘yishdi. Axir prezidentni maqtash mening konstitutsion huquqimku¸ yaxshi odamning qilgan ishlarini madh qilsam nimasi yomon? Shu bois men hech kimdan so‘ramasdan, jonajon prezidentimizni maqtab rep to‘qidim¸ deydi reper.




“Makroiqtisodiyot¸ investitsiya ” kabi so‘zlar yig‘indisidan tarkib topgan rep qo‘shiqni Xalilov Ozodlik mikrofoniga aytdi:


Og‘ir judolikdan so‘ng


Gangib qolgandik mudom


Topildi bu yurtning egasi


Xudodan i’nom


Ustoziga sodiq chinakam voris


UzLiDep yetakchisi saylovda g‘olib


Shubhasiz virtual qabulxona


Selektr va isloxot


Inson manfaatlari


Hamda xalq bilan muloqot


Erkin iqtisodiy zona¸


investitsiya xorijiy


Beshta ustivor yo‘nalish


mahalliy mintaqaviy...


(qo‘shiq matni shunday so‘zlar bilan ancha davom etadi) 




 


Bu qo‘shiqni ijrochining izni bilan “O‘zbekkonsert” tashkilotining Toshkent shahar bo‘limidagi mulozimiga eshittirib berdik.


Mulozim bu qo‘shiqning “o‘ta saviyasiz” ekanligi va suratga olingan klip “juda ibtidoiy va havaskorlikdan ham past darajada montaj qilinganligini” aytdi.


Mulozim bu klipni  “hatto komissiya ko‘rigidan o‘tkazmay korzinkaga tashavorsa bo‘ladigan" sayoz narsa deb atadi.


“O‘zbekkonsert” mulozimi Ozodlik bilan suhbatda suhbatda qo‘shiqchi Dilfuza Ismoilovaning 2017 yili klip qilgan "Ollohning yerdagi soyasi - Sultonim omon bo‘lsin" degan qo‘shig‘i rahbariyat tarafidan o‘ta salbiy qabul qilinganligi boshqa qo‘shqichilarga dars bo‘lishi keraklini aytadi:


- Bular erkinlik degan narsani faqat laganbardorlik erkinligi deb tushunib olmoqda. Estetik saviya¸ adabiyot¸ she’riyat qoidalariga rioya qilish kerak. Bu senzura emas balki yuksak san’at taqazo qiladigan talablardir¸ deydi o‘zi ismini aytmagan “O‘zbekkonsert” mulozimi.


Mirziyoevga rep qo‘shiq to‘qigan Shuhrat Xalilov ifoda erkinligi nuqtai nazaridan kelib chiqib hukumatdan izn olmasdan Mirziyoevvni maqtaganini aytadi:


-“O‘zbekkonsert”ning Dilfuza Ismoilova borasidagi tanqidiga 100 foiz qo‘shilaman. Haqiqatdan ham laganbardorlik miqdori ko‘payib ketgan. Mirziyoevni jiddiy maqtash lozim. Men bunga o‘z qo‘shig‘imda muvaffaq bo‘ldim. Mening hukumatdan va Mirziyoevdan ta’mam yo‘q. Falonchi she’r aytib prezidentdan  “Spark” mashina olibdi¸ deyishadi. Meni bunday ta’mam yo‘q¸ lekin taqdirlashsa mamnun bo‘lardim. Maqsadim yurtboshimga yelkadosh bo‘lish¸ deydi suhbatdosh.


O‘zbekiston telekanallarida rahbar lavozimda ishlaydigan jurnalistga ko‘ra¸ ochiqchasiga prezidentni maqtaydigan va laganbardorlik qilingan lavhalarni efirga uzatmaslik bo‘yicha topshiriq bor.


"Masalan¸ o‘tgan oy shoir Murod Rahmon Mirziyoevga maqtov g‘azali yozib kelganida MTRK kanalida muharriri uni orqasiga qaytarib yuborgan edi"¸ deydi shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan mulozim.


Karimov davrida chegaralangan maddohlik


O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi a’zosi¸ musiqashunos Ravshanbek Matjonovning Ozodlik muxbiriga aytishicha¸ “Karimov davrida madhiya qo‘shiqlar yaratish rag‘batlantirilmagan”:


- Asosiy teleradiokanallarda va katta sahnalar repetuarida ochiqdan-ochiq madhiya qo‘shiqlari bo‘lmagan. O‘z vaqtida prezident matbuot kotibi bo‘lgan Murod Muhammad Do‘st va keyinchalik davlat maslahatchisi bo‘lib ishlagan Xayriddin Sultonov bu ishni deyarli taqiqlab qo‘ygan edi. Albatta, ba’zi havaskorlik chiqishlari bo‘lgan¸ lekin ular ostona hatlamagan. Masalan, Yulduz Usmonovaning Karimovga atalgan “Samarqand” degan qo‘shig‘i bir marta restoranda aytilgan¸ xolos. Keyin adminstrator buning uchun hayfsan olgan edi ¸ deydi suhbatdosh.


Unga ko‘ra¸ Karimov davrida nafaqat prezident¸ balki boshqa mulozimlarni maqtab qo‘shiq aytishga ham norasmiy taqiq bo‘lgan:


- Zeromaks rahbari Mirodilboyga bag‘ishlab qo‘shiq aytgan ashulachi Orolmirzo Safarov ko‘zi ojiz bo‘lgani bois qattiq jazolanmadi. Lekin taniqli qo‘shiqchilar  litsenziyasi olib qo‘yilishdan qo‘rqib, maqtov janridan chetda yurgan, deya eslaydi musiqashunos.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *