Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

O‘zbekiston Qodirov "jinoiy sherigi"ni qidiruvdan olib tashladi. Ispan sudi ekstraditsiyani to‘xtatdi

Ispaniya sudi O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovning “jinoiy sherigi” sifatida ko‘rilgan tadbirkor Alisher Xodievni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish haqidagi dastlabki ajrimini bekor qilgan va uni qamoqdan ozod etgan. 


Ispaniya sudi 7 avgustda chiqargan ajrim nusxasi Ozodlikka 40 yashar Alisher Xodievning advokati Xuan Karlos Brey orqali  28 avgustda yetib keldi.​


Ayni damda, Xuan Karlos Breyning Ozodlikka ma’lum qilishicha, u O‘zbekiston Bosh prokuraturasi vakiliga ishonchsizlik bildirgan. 


Alisher Xodiev Ispaniya politsiyasi tomonidan shu yilning 10 martida Barselona shahrida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi talabi bilan hibsga olingan edi.


Alisher Xodiev O‘zbekiston tomonidan tovlamachalik, firibgarlik va jinoiy yo‘llar bilan topilgan pullarni legallashtirishda ayblanayotgan edi.


Unga qarshi ilgari surilgan ayblovlar O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining bir qismi sifatida ko‘rilayotgan edi.


Ajrimni bekor qilgan ajrim




17 iyul kuni Ispaniya sudi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan 40 yashar Alisher Xodievni ekstraditsiya qilish haqida ajrim chiqargan edi.


7 avgust kungi yangi ajrimga ko‘ra, ekstraditsiya haqidagi qarorning bekor qilinishiga O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Alisher Xodievga nisbatan xalqaro qidiruvni olib tashlagani sabab bo‘lgan.


Ozodlik savollariga yozma javob bergan Alisher Xodievning advokati Xuan Karlos Breyga ko‘ra, sudning so‘nggi ajrimiga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi e’tiroz bildirmagan, ammo Alisher Xodievning O‘zbekistonga qaytib, ko‘rsatma berishi zarurligini uqtirgan. 


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi  Alisher Xodievga nisbatan xalqaro qidiruvning olib tashlangani sababiga oid Ozodlik so‘roviga hozircha rasmiy javob bermadi.  


Advokat e’tirozlari




Ayni paytda, Alisher Xodievning advokati Xuan Karlos Brey, Ozodlik savollariga yozma javob berarkan, O‘zbekistondan kelgan Bosh prokuratura vakili Isroil Adhamovga rasman ishonchsizlik bildirganini ma’lum qildi. 


Xuan Karlos Breyning iddao qilishicha, bunga Ispaniya sudida himoya tomonining taqdim etgan hujjatlar O‘zbekistonda olib borilayotgan tergov ishlariga biriktirilmagani, O‘zbekiston prokuraturasi xodimining "ob’ektivligiga shubha" borligi sabab bo‘lgan. 


Ozodlik ayni iddaolarga izoh so‘rab, 28 avgust kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi vakili Isroil Adhamovning o‘ziga bir necha bor qo‘ng‘iroq qildi.


Ammo prokuratura vakili Ozodlik qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi. ​


Alisher Xodievga qarshi ilgari surilgan ayblov xulosasi bir shaxs - O‘zbekistondagi qator yirik korxonalar rahbari, yetakchi tijoriy banklardan biri "Infinbank"ning eng yirik hissadori - Farhod Mamatjonov bergan shikoyat arizalariga asoslangan.


"Jinoiy sherik"




O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Alisher Xodievni sobiq bosh prokurorning "jinoiy sherigi" deb hisoblab kelayotgan edi.


Alisher Xodiev Rashitjon Qodirovning yolg‘iz o‘g‘li Alisherbek Qodirovning talabalik davri do‘stidir.


U O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Corris Invest mas’uliyati cheklangan jamiyatning (MChJ) direktoridir.


Rashitjon Qodirovning 39 yashar o‘g‘li Alisherbek Qodirov ham Ichki ishlar vazirligi tarafidan 2018 yilning 5 mart kuni xalqaro qidiruvga berilgan.


O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashitjon Qodirov joriy yilning 22 fevralida hibsga olindi.


2000 yildan 2015 yilga qadar O‘zbekiston prokuratura tizimiga rahbarlik qilgan 66 yashar Rashitjon Qodirov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi ("tovlamachilik"), 167-moddasi ("o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish"), 184-moddasi ("soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash"), 210-moddasi ("pora olish") va 236 moddasi (tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish) da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.


Bosh prokuratura bu idoraning sobiq boshlig‘i ishi doirasida yana 24 kishiga ayblov e’lon qilinganini bildirgan.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *