Imkoniyatlardan toʻliq foydalanish, yangicha dunyoqarash bilan mehnat qilish – xalqimiz farovonligini yanada oshirishning muhim omilidir
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 29 avgust kuni Toshkent viloyatida boʻldi.