7 sentabr kuni juma hutbasida O‘zbekiston huquq-tartibot organlarini prezident siyosatiga xilof ravishda, mamlakat fuqarolarining Konstitutsiyada belgilangan diniy erkinliklarini poymol etayotganlikda ayblab chiqqan Yunusoboddagi "Omina" jome masjidining imom xatibi Fazliddin Parpiev Ozodlik bilan suhbatda murojaatidan bir kun o‘tib diniy idora otasi orqali bosim o‘tkazayotganini aytdi. Bundan oldin imom DXX xodimlari juma kuni masjidga kelib, uni so‘roqqa tutgani, diniy idora vakillari esa undan o‘z chiqishidan afsus-nadomatda ekani haqida iqror olishmoqchi bo‘lgani, bunga ko‘nmaganini ta’kidlagandi.