Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Samarqand hokimligi majburiy obunaga aloqasi borligini inkor qildi

Ozodlikka bir-biridan mustaqil manbalardan kelgan ma’lumotga ko‘ra, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkin Turdimov 27 oktabr kuni korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla oqsoqollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda hukumat va partiyalar gazetalariga obuna bo‘lishni tashkillashtirish bo‘yicha topshiriq bergan.


Majlisda qatnashgan tashkilot rahbarlaridan birining Ozodlikka aytishicha, hokim obuna rejasini bajarmagan rahbarlarga qattiq chora ko‘rishini ta’kidlagan. 



Samarqand viloyati hokimligi Axborot xizmati bu iddaolarni rad etib, Erkinjon Turdimov tomonidan obuna masalasida biron marotaba yig‘ilish, majlis yoki selektor o‘tkazilmaganini bildirdi.


"27 oktabr sanasida viloyat hokimi v.b. soat 18-00 gacha kun davomida Pastdarg‘om tumanida xizmat safarida bo‘lgan. Viloyat hokimi v.b. tomonidan viloyat va tuman tashkilotlariga obuna masalasida hech qanday ko‘rsatma yoxud topshiriq xatlari chiqarilmagan va bu borada hattoki tavsiyaviy xarakterdagi yig‘ilish ham o‘tkazilmagan.​", deyiladi viloyat hokimligi Axborot xizmati tomonidan Ozodlikka yuborilgan raddiyada. 




Ammo ma’lumot bergani uchun jazolanishidan cho‘chib, ismi ochiqlanmasligini so‘ragan tashkilot rahbarining aytishicha, Samarqand viloyati hokimligida 27 oktabr kuni ertalab bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimi korxona va tashkilotlar rahbarlariga soat 14gacha “obunani to‘liq tashkil qilish” haqida topshiriq bergan va bir hafta oldin ularga berilgan ro‘yxat bo‘yicha to‘lovlarni shanba kuni amalga oshirish talab qilingan:


“Bir hafta oldin, 20 oktabrda viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Qobilov, majlis o‘tkazib, hamma tashkilotga hukumat va partiya gazetalari ro‘yxatini berib chiqdi. Lekin, bu yil hokimiyat protokoli yo‘q. Obunani boshlanglar, degan buyruq berildi. Oradan bir hafta o‘tib, viloyat hokimining o‘zi bu masalani muhokama qildi”, deydi tashkilot rahbari.


Uning gaplarini ismi sir qolishini so‘ragan Samarqand shahridagi tashkilotlardan birining bosh hisobchisi ham tasdiqladi. Unga ko‘ra, obuna to‘lovlarini qabul qilish uchun banklar shanba kuni ham dam olmagan:


"Hokim bugun barcha banklar ishlashini, poruchenie va cheklarni qabul qilayotganini aytdi. Hokim qaysi tashkilotning qanday imkoniyati bor-yo‘qligini hisobga olmay, hammang bugundan qolmay obunani pulini to‘lab qo‘y, dedi. Hozir hamma korxona va tashkilotlarda obuna uchun pul yig‘ilyapti va matbuot tarqatuvchilarga pul o‘tkazyapti. Bu shanba Samarqandda obuna kuni bo‘ldi”, deydi bosh hisobchi.


Uning aytishicha, asosan hukumat va partiya gazetalariga obuna qilishga harakat qilinmoqda:


“Necha yildan beri bu praktikani bilamiz. Aslida, hukumat va partiyalar hamda viloyat gazetalarini hech kim o‘qimaydi, chunki bu nashrlar juda zerikarli. Maddohlikdan boshqa narsani bilmaydigan nashrlar. Biz “Xalq so‘zi”, “Ishonch”, “Jamiyat”, “Zarafshon”, “Ovozi tojik”, “Qishloq hayoti” va partiyalarning bemaza gazetalariga majburan obuna bo‘lyapmiz. Garchi ishxonamizda rus yoki tojiklar bo‘lmasa ham, “Narodnoe slovo”, “Samarkandskiy vestnik”, “Ovozi Samarqand” gazetalariga ham majburan obuna bo‘lish ro‘yxati kelgan”, deydi tashkilot bosh hisobchisi.


Jamoatchilikka gapirish vakolati yo‘qligi uchun o‘z shaxsi sir qolishini so‘ragan viloyat hokimligi mulozimiga ko‘ra, hokim topshirig‘ini bajarmagan rahbarlarga tushuntirish xati yozib berish lozimligi aytilgan:


“Obuna masalasi juda qattiq bo‘lyapti. Hokim yakshanba kunini ham ish kuni deb e’lon qildi. Banklar va matbuot tarqatuvchi tashkilotlar yakshanba kuni ham ishlashi aytildi”, dedi mulozim.


Ushbu maqolani yozish jarayonida Ozodlik muxbiri obuna kompaniyasiga mas’ul bo‘lgan viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Qobilov bilan bog‘lanishga harakat qildi. Biroq, uning Firuz ismli yordamchisi telfonimizni yozib olgach, Rustam Qobilovga masala mohiyatini tushuntirgach, o‘zi qo‘ng‘iroq qilishini aytdi. Ammo hokimlikdan boshqa qo‘ng‘iroq bo‘lmadi. 



Maqola nashr bo‘lgach, Ozodlik radiosining Telegram raqamiga Samarqand viloyati hokimligi Axborot xizmati tomonidan raddiya xati kelib tushdi.

 

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *