Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Toshkent kurantiga tirab qurilgan shisha bino buzib tashlanadi

Toshkent kurantiga tirab qurilgan shisha bino buzib tashlanadi

Toshkent timsoliga aylangan kurant binosiga yopishtirib plastik va qora shishadan qurilgan bino buzib tashlanadigan bo‘ldi.

Bu haqda  9 noyabr kuni Toshkent shahar hokimligining matbuot xizmati vakili Ozodlikka bildirdi.

Taniqli me’mor Muxamedshin va usta Shirin Murodov tarafidan 1947 yilda tiklangan va me’moriy obida sifatida qadrlanadigan binoga qora shishali konstruksiya yopishtirilgani ijtimoiy tarmoqda blogerlar tanqidiga uchragan edi.

"Qora tobut" demontaj bo‘ladi

Bloger va jurnalist Yevgeniya Grande kurantga yopishtirilgan qurilmani "qora tobut" deya hajv qilgandi.

Ozodlik bilan suhbatda Yevgeniya Grande 9 noyabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevga "kurant taqdiri" haqida savol bergani paytida muammo yechilganini aytadi.

- Shahar hokimi kurantga yondosh bino egasi uning poytaxga timsol bo‘lgan me’moriy obidasi ekanligini bilmaganini aytdi. Pristroyka olib tashlanadi. Kurant bilan bog‘liq muammo hal qilindi¸ dedi hokim.

9 noyabr kuni Toshkent shahrini 2025 yilgacha istiqbollar borasida hokimlik binosida hokim jamoatchilik vakillari¸ tarmoq faollari va jurnalistlar bilan uchrashgan.

Ayni uchrashuvda qatnashgan bloger Umid Gafurovning Ozodlikka aytishicha¸ "hokim kurantga yopishtilib qurilgan bino egasiga telefon qilgan. Binoning Oybek ismli egasi Kurantning YUNESKO himoyasida ekanligini bilmagan." 

(Bino YUNESKO himoyasida emas balki O‘zbekiston madaniyat vazirligiining obidalar ro‘yxatida-tahr.)

- Eng asosiysi kurantga yopishtirib qurilgan naves olib tashlanadi¸ dedi bloger.

Ro‘yxatdagi obida

O‘zbekiston Madaniyat vazirligining madaniy obidalarni asrashga ma’sul mulozimining Ozodlikka 9 noyabr kuni aytishicha¸ "1947 yili qurilgan va me’moriy obidalar ro‘yxatida turgan binoga qo‘shimcha qurilma tiklash bo‘yicha hech kim Madaniyat vazirligidan ruxsat rasmiylashtirmagan"

"Umuman shahardagi obidalarga teginishdan oldin Madaniy meros idorasidan so‘rash kerak degan tartibni shahar mulozimlar bilmaydi. Kurant binosi akademik usta Shirin Murodov tarafidan ishlangan ganch ornamentlar bilan o‘ralgan. Qora shisha bilan o‘ralgan paytda ornamentga zarar etgan. Bundan tashqari shahardagi bronzadan bo‘lgan “Matonat” haykalini  (1966 yilgi zilzilaga bag‘ishlangan monument-taxr) ham oddiy eshik - rom bo‘yaydigan bo‘yoq bilan moylab qo‘yishibdi. Bunga chek qo‘yish kerak," deydi vazirlik mulozimi.

Kurant binosidagi sushixona

Ozodlik Toshkentdagi “Kurant” kafesi ma’muri bilan gaplashdi.

Ismi aytilishini istamagan ma’mur “izn olmasdan oynavand ayvon qurgani uchun ayb faqat kafe ma’muriyatida" ekanini ta’kidladi.

Ma’murga ko‘ra¸ eng yaqin soatlarda “ayvon demontaj” qilinadi.

Ammo, suhbatdoshga ko‘ra¸ Kurant binosi ichida faoliyat ko‘rsatayotgan sushixona yopilmaydi:

- Faqat tashqaridagi ayvonni buzamiz. Ayb o‘zimizda. Ichkarida sushixona ishlayveradi. Lekin madaniy meros inspektorlari nazorat qilib turadi bizniing binoni ekspluatatsiya qilishimizni¸ dedi kafe ma’muri.

Toshkentlik me’mor Abdumalik Turdiev Ozodlik bilan suhbatda¸ shahar markazida hokimdan izn olmasdan biron narsa qurib bo‘lmasligini aytadi:

- Kurantni qora shishadan bo‘lgan ayvon bilan o‘rab olish uchun Mirobod tuman hokimligidan maxus ruxsatnoma olingan. Buni men taxminan aytayotganim yo‘q. Aniq ruxsat olingan. Chunki boshqa bir me’moriy ishni rasmiylashtirish chog‘ida ko‘zim tushgan shunday hujjatga. Demak, bu holatda hokimlik aybdor bo‘lishi kerak¸ deydi suhbatdosh.

Marmar lavha qani?

Turdievning yana aytishicha¸ Kurantga taqab ayvon qurilgan paytda kurantning tarixiy binosiga o‘rnatilgan marmar lavha yo‘qolgan:

- Memor Muhammedshin va ganchkor usta Shirin  hamda soatsoz Ayzenshteyn ismi o‘yib yozilgan marmar lavha hozir yo‘q. Bu masalani ham tekshirish kerak¸ deydi toshkentlik me’mor.

Ozodlik Kurant binosiga taqab ayvon qurilishiga izn bergan Mirobod tuman hokimligiga telefon qildi. Hokimlik mulozimlari tadbirkorlarga berilgan ruxsatnomalar haqida ma’lumot berilmasligini bildirish bilan kifoyalanishdi.

Ya’ni Kurant kafesiga qo‘shimcha qurilma qurish uchun izn berilgaanini rad qilishmadi.

Soatli minora tarixi

Toshkentlik me’mor Abdumalik Turdievning aytishicha¸ toshkent timsoli bo‘lgan kurant soatsoz usta Lev Ayzenshteyn tashabbusi bilan bunyod etilgan:

- Asli toshkenlik  soatsoz Lev  Ayzenshteyn umr bo‘yi shaharda minorali soat yasashni orzu qilgan. Soatsoz 1941 yilda urushga ketadi. 1946 yili Kyoningsberg (Xozirgi Kaliningrad) shahrida qadimiy soatni ko‘rib qoladi. Harbiy o‘lja maqomida bo‘lgan bu soat mexanizmni u qutiga solib, pochta orqali Toshkentga yuboradi. Urushdan qaytib kelib shahar rahbariyatiga soatli minora qurish taklifini aytadi. Shu tariqa bu kurant dunyoga keldi¸ deydi Turdiev.

Uning yana aytishicha¸ Lev  Ayzenshteyn umrining oxirigacha kurantdagi soat mexanizmining ravon  ishlashini ta’minlab turgan:

- Soat faqat bir marta to‘xtab qolgan¸ u ham bo‘lsa 1966 yilgi zilzilada. O‘shanda Lev Ishievichning o‘zi tepaga ko‘tarilib, muruvatlarini moylab yurg‘izib yuborgan. Keyin Lev Ishievich rahmatli bo‘lganlaridan keyin o‘g‘li qarab yurdi soatga. 90-yillarda qadimiy soat mexanizmini o‘g‘irlab, chet elga olib ketish uchun ikki marta urinish ham bo‘ldi. Lekin bu soat toshkentliklarga¸ toshkentliklar esa soatga o‘rganib qoldi. Har 15 minutda bong urganida soatsoz esga tushadi, deydi me’mor  Turdiev.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Полина Аскери, Полина Киценко, Ксения Чилингарова, «Иванушки International» и другие гости открытия летнего сезона в O2 Restaurant

В Петербурге парень зарезал свою девушку на вечеринке и покончил с собой

Псковичка стала бронзовым призёром на шахматном турнире в Санкт-Петербурге

Лучше трофеем ломать голову: Алип - о приключениях в Суперфинале Кубка России

Музыкальные новости

На ВДНХ открылась цифровая фотовыставка "Счастье. Материнство или карьера!?"

Распределяй и управляй: водители «Грузовичкоф Бизнес» – о преимуществах работы и трудовых буднях  

«Райский цветник» Бакиханова и азербайджанские фальсификации. ВИДЕО

Аккумулятор неанонсированного Samsung Galaxy Z Fold6 Ultra сертифицировали

Новости России

Погодный апокалипсис: лето 2024 принесет бесконечные дожди и шквалистый ветер

Знания денег стоят: нужны ли репетиторы для подготовки к экзаменам

Псковичка стала бронзовым призёром на шахматном турнире в Санкт-Петербурге

В Петербурге парень зарезал свою девушку на вечеринке и покончил с собой

Экология в России и мире

Конференция «Общество и психическое здоровье» прошла в Ставрополе

Секрет долгожителей Азии раскрыт: гастроэнтеролог Садыков рассказал о пользе красного риса

Волжский нарцисс - Плес

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

Спорт в России и мире

Потапова о поражении от Свентек на "Ролан Гаррос": организм дал сбой

Матч Котова и Вавринки перенесли на корт Сюзанн Ленглен

Не ходите, дети, в теннис: как Андре Агасси и Штеффи Граф подарили детям право выбора

Медведев вышел в 1/8 финала «Ролан Гаррос» — 2024

Moscow.media

Дизельный, рамный, с блокировками. Новый внедорожник скоро появится в России

Для строительства участка Приморского кольца в Калининградской области ищут подрядчика

Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»

Торжественное возложение цветов к памятному знаку «Юным героям — партизанам и подпольщикам» в Феодосии







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *