Sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlar natijalari tahlil qilinib, yangi ustuvor yoʻnalishlar belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-noyabr kuni sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.