Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Shri-Lankadagi hujumlarda 200 dan ortiq odam o‘ldi, 600ga yaqini yaralandi

Shri-Lanka bo‘ylab mehmonxona, cherkovlarga qilingan hujumlarda kamida 200dan ortiq odam o‘ldi, 500dan ortig‘i jarohatlandi.


21 aprel kungi hujumlar nasroniylar Pasxa bayrami ibodati uchun yig‘ilgan maskanlarga qaratildi.


Shri-Lanka Mudofaa vazirligi hujumga aloqador ko‘rilgan 7 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.


Ertalab jami 6 hujum bo‘lgani, ulardan 3tasi cherkov, 3 tasi mehmonxonalarga qaratilgani xabar qilingandi. Ammo, tushdan keyin yana 2 hujum bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.


Hujumlar xudkushlar tomonidan uyushtirilgani taxmin qilinmoqda.


Hujumga uchragan 3 cherkovdan biri eng yirik shahar Kolomboning shimolida, yana biri sharqida joylashgan.


Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yana 3 hujum 5 yulduzli mehmonxonalarga qilingan.


Kamida 207 kishining o‘lgani, bulardan 9 nafari xorijlik ekani aniqlangani xabar qilindi. 


Shri-Lanka Moliya vaziri Mangala Samaraviira bu hujumni "puxta muvofiqlashtirilgan tarzda qotillik, anarxiya va xaosni keltirib chiqarishga urinishdir", deb qoraladi va "ko‘plab begunoh insonlar" hayotiga zomin bo‘lganini aytdi.






Hozircha hujum uchun mas’uliyatni hech bir guruh zimmasiga olmadi.


Prezident Maytripala Sirisena aholini sokin bo‘lish va hukumatni tergov o‘tkazishda qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.


Shri-Lankada aholining 7 foizi nasroniy, qolgan katta qismi esa buddistdir.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *