Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Qozog‘istondagi avtohalokatda vafot etgan o‘zbekistonliklar jasadlari olib kelindi

Qozog‘istondagi avtohalokat oqibatida vafot etgan O‘zbekistonning uch fuqarosi jasadi 22 aprel kuni o‘zbekistonga olib kelindi.




 


Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha: “O‘zbekiston fuqarolari U.Abduxalikov, A.Kalmuratov, D.Ermekbaeva jasadlari qarindoshlari tomonidan shaxsi aniqlashtirilib, Bosh konsulxona xodimlari tomonidan rasmiylashtirilganidan so‘ng qarindoshlari hamrohligida 22 aprel kuni «Jibek Joli» – «G‘isht Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistonga yetkazildi”.


Halok bo‘lganlarning jasadlari shaxslari rasman aniqlanguniga qadar Qozog‘istonning Korday tuman kasalxonasi o‘likxonasida saqlanayotgan edi.


Avvalroq Jambuldagi avtohalokatda jabrlangan 9 nafar o‘zbekistonlik O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyotida Bishkek orqali vataniga olib kelingani va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgani xabar qilingan edi.


Sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga keltirilgan o‘zbekistonliklarning 5 nafari murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgan.


Tashqi ishlar vazirligi 21 aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 1996 yilda tug‘ilgan Marhamat Jumaniyozova Taraz shahar shifoxonasida shifokorlar nazorati ostida qolayotganini bildirgan. Bunga shifokorlar bemorning transportda olib ketilishiga qarshi ko‘rsatma bergani sabab bo‘lgan.


Avtohalokatda jabrlangan yana ikki nafar o‘zbekistonlik - 1999 yilda tug‘ilgan Zavodbek Muhimjonov va 1997 yilda tug‘ilgan Islomiddin Abdusatirov shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilganidan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan qarindoshlari tomonidan Olmaotaga olib ketilgan.


20 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat tonggi 5 larda Qozog‘istonning Jambul viloyati Qorday tumanidan o‘tuvchi "Chimkent-Olmaota" yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida 49 yo‘lovchi bilan borayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragandi


Oqibatda vafot etgan 11 yo‘lovchining 3 nafari O‘zbekiston vatandoshi bo‘lib chiqdi. Shuningdek, jarohatlangan 32 yo‘lovchining 13 nafari ham o‘zbekistonlikdir.


Mazkur voqea ortidan prezident Shavkat Mirziyoev Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralar mutaxassislaridan iborat maxsus komissiya tuzgan. Komissiya a’zolari voqea joyiga borib, halokat sabablarini o‘rganayotganlari xabar qilindi.


Prezident mazkur komissiyaga halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalariga va jabrlanganlarga zarur bo‘lgan ko‘makni ko‘rsatishga ko‘rsatma berdi.


O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari voqea munosabati bilan o‘zaro ta’ziya izhor qildilar.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *