Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Rishtonda iftorlik tayyorlayotgan ayol gaz balloni portlashi oqibatida halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Rishton shahrining "Toshog‘aliq" mahallasida 32 yoshli ayol gaz balloni portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Shahar ichki ishlar organlari 17 may kungi gaz portlashi sabablarini o‘rganmoqda.


Fojia ro‘y bergan xonadon qo‘shnilarining Ozodlikka aytishicha, uy bekasi iftorlikka ovqat pishirayotganida gaz ballonining past yonayotganini ko‘rib uni almashtirmoqchi bo‘lganida portlab ketgan. 


“Iftorlikka ovqat qilaman deb, gaz ballonini almashtirishmoqchi bo‘lgan, lekin  ballon portlab ketgan. Ayol shu yerni o‘zida halok bo‘ldi. Undan 12 yoshli qizi  va 9 yoshli o‘g‘li qoldi", - deydi portlash ro‘y bergan xonadon qo‘shnisi.


Portlash sodir bo‘lgan xonadonda er-xotin ikki farzandi bilan yashagan. Ayolning eri portlash paytida uyda bo‘lmagan.


Rishton shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limi mulozimiga ko‘ra, hodisa yuzasidan shahar ichki ishlar bo‘limi surishtiruv olib bormoqda.


 ​Rishton shahrida yashovchi inson huquqlari himoyachisi Bahodir Eliboevning Ozodlikka aytishicha, Farg‘ona viloyatidagi boshqa tuman va mahallalar qatori "Toshog‘aliq" mahallasi ham gazdan uzib qo‘yilgan.


"Gaz yo‘qligi sabab odamlar xavfli bo‘lsa ham gaz ballonlaridan foydalanishga majbur", - deydi Eliboev.


Keyingi yillarda mamlakatdagi aksar qishloqlarning tabiiy gazdan uzilgani ortidan aholi isitish va oshxona ehtiyojlari uchun ko‘mir va ko‘chma gaz ballonlardan foydalanishga majbur. Ballonlardan noto‘g‘ri fodalanish yoki ularning nosozligi sabab O‘zbekistonda yong‘in va portlashlar ko‘p qayd etilmoqda.


10 may kuni Samarqand tumanining Oxalik qishlog‘i "O‘rtashiq" mahallasidagi xonadonlardan birida gaz portlashi oqibatida xonadon egasining 3 yoshli qizi halok bo‘lgani haqda Ozodlik xabar bergan edi. 


Shu yil fevral oyida esa Samarqand tumanining Sho‘rboyi qishlog‘idagi xonadonlardan birida gaz balloni portlashi oqibatida xonadon egasining 10 yoshli o‘g‘li halok bo‘lgan.


O‘tgan yil Samarqandning Qo‘shrabot tumani Toz qishlog‘ida uylariga gaz o‘tmagani bois o‘tin, ko‘mir yoqib kun ko‘rib kelgan xonadonda yong‘in chiqishi oqibatida bir oilaning sakkiz a’zosi nobud bo‘lgan edi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *