"Oziq-ovqat qiroli" Zafar Fayziev uyi tintuv qilinganini Ozodlik bilan suhbatda rad etdi
O‘zbekiston savdo va oziq-ovqat sanoati sohasidagi eng qudratli shaxslardan biri sifatida tanilgan mulozim, meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi - «O‘zbekoziqovqatzaxira» raisi 73 yashar Zafar Fayziev 23 mart kuni Ozodlik bilan suhbatda uyi tintuv qilingani va hibsda saqlanayotgan sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan ochilgan jinoyat ishi doirasida so‘roq qilinganini rad qildi.