"O‘tyuraklar klubi": Hukumat zo‘rlik ostida bedarak yo‘qolganlar taqdiriga befarq qolmoqda
Andijon shahridagi jome masjidi sobiq imomi Abduvali qori Mirzaevning bedarak yo‘qolganiga 29 avgust kuni 23 yil to‘ldi. 1995 yilning 29 avgustida Moskvaga uchishi arafasida Toshkent aeroportida g‘oyib bo‘lgan qori, “O‘tyuraklar klubi” inson huquqlari tashkiloti fikricha, “zo‘rlik ostida va g‘ayriixtiyoriy bedarak yo‘qolgan”.