O‘qituvchilarning do‘pposlanishi “bezorilik”mi?
Surxondaryodagi maktabda o‘qituvchilarning ommaviy do‘pposlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi. O‘zbekiston bosh prokuraturasi jinoyat kodeksining bezorlik bandi bo‘yicha ish ochib, hodisani tergov qilmoqda. Voqea Uzun tumanidagi 31-son umumta’lim maktabida 14-aprel kuni ayollar kengashi majlisi o‘tayotgan paytda sodir bo‘lgan. Maktabning direktor xonasida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 34 yoshli erkak (o‘qituvchi) ikki nafar ayol o‘qituvchilar bilan janjallashib, tan jarohati yetkazgan. Читать дальше...