Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

O‘zbekiston qurolli kuchlariga 17 yil sidqidildan xizmat qildim, ammo fuqarolikdan mahrum qilishdi

Farg‘ona shahridan OzodMikrofon ga murojaat qilgan sobiq harbiy podpolkovnik, 41yashar Ikromjon Kuldashevning arz qilishicha, u 17 yil O‘zbekiston Qurolli kuchlarida xizmat qilganidan so‘ng fuqarolikdan chiqarilgan:




 


“1990 yilda, 12 yoshimda oilaviy sabablar tufayli O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona shaxrida amakimning uyida yashay boshlaganman. Shu yerda o‘rta maktabni tamomlab, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga o‘qishga kirdim. 1999 yil u yerni tamomlab, 17 yil O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida sidqidildan xizmat qildim. Harbiy unvonim podpolkovnik.


2013 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi edim. O‘sha yilgi tekshir-tekshirlardan so‘ng aniqlanishicha, menga fuqarolik noto‘g‘ri berilgan ekan. Natijada menga O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik yashash guvohnomasi berishdi va nafaqaga kuzatishdi.


2017 yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qonuniy ravishda olish uchun Jizzax shaxar IIBga murojaat qildim. Mana oradan salkam ikki yarim yil o‘tyaptiki hech qanday xabar yo‘q. Bir necha marotaba so‘rasam xujjatlaringiz fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaga kiritilgan deb aytishdi, bir yarim yildan beri shu javob.


Bu yoqda ota-onamning yoshlari o‘tib kasalmand bo‘lib qolishgan, yonlariga borib xabar ololmayman, farzand bo‘lib xizmatlarini qila olmayman. Ertaga xudo ko‘rsatmasin ularga bir gap bo‘lsa men uchun bir umrlik armon bo‘lib qoladi. O‘sha prezident devonida o‘tirganlarning ham ota-onasi bordir. Mening xujjatlarim qaysi burchakda chang bosib yotibdi o‘rtoqlar? Olloxdan sizlarga insofu-tovfiq so‘rayman. Bir insonning va uning oilasi taqdiri sizlarning qo‘lingizda!"


-----------------------------------------------------------------------------------------------


Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.


SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.


OzodMikrofon sizga muntazir!


OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!


 

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media






Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *