Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Elektron hukumat va elektr taqchilligi. "Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi" nima?

Elektron hukumat va elektr taqchilligi.

O‘tgan oy ikkinchi muddat prezidentligini boshlagan  Shavkat Mirziyoyev hukumati kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni – 1,6 baravar va 2030 - yilga borib esa  4 ming AQSh dollaridan oshirishni rejalamoqda. 

Bu haqda Yangi yil arafasida e’lon qilingan Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 - yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasida aytilgan.

2017 - yildagi Harakatlar strategiyasidan farqli Taraqqiyot strategiyasi deb nomlangan loyihada, shuningdek, inflyatsiya darajasini "2023 - yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish” ko‘zda tutilgan. 

2023 - yildan YaIMga nisbatan uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash va davlat qarzini boshqarishda tashqi qarz miqdorining 4,5 milliard dollardan oshib ketmasligini ta’minlashga va’da beriladi.

Markaziy Bankka ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi o‘tgan yilning 1 - oktabr holatiga 37,6 milliard dollarni tashkil etgan. 

 Hukumat e’lon qilgan strategik maqsadlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirgan iqtisodchi ekspert Abdulla Abduqodirov byudjet defitsiti va tashqi qarz sur’at bilan o‘sib orayotgan bir paytda hukumat  aholiga berayotgan va’dalarining ijrosini savol ostiga oldi:

"Men esa bosh qashib turibman: bu ko‘rsatkichlar qanday harakatlar hisobiga erishiladi? Aholi daromadlari nima bo‘ladi? Energiya resurslariga narx-navo qanday bo‘ladi? Siyosiy tizim o‘zgarishlari bo‘ladimi? Umuman, kimni taraqqiyoti haqida gap?", deb yozdi tahlilchi o‘zining Feysbuk sahifasida.  

Strategiyada shuningdek, kelayotgan besh yilda mamlakatda energiya resurslari va tabiiy gaz ko‘lami sezilarli darajada oshishi bashorat qilinadi. Gaz zahiralariga boy O‘zbekiston aholisi, ayniqsa kuz-qish mavsumida energiya taqchilligidan aziyat chekib keladi. Mirziyoyev 2016 - yilgi birinchi prezidentlik saylovoldi kampaniyasi chog‘ida aholining gaz va elektr muammosini echishga va’da bergan, ammo o‘tgan vaqt mobaynida bu borada vaziyatning sezilarli darajada yaxshi tomonga o‘zgargani yo‘q. 

Strategiyada aholini qiynab kelayotgan elektr energiyasi taqchilligi qanday hal qilinishi aytilmagan, ammo unda elektron hukumat haqida batafsil so‘z boradi. Loyihaning  maqsadlardan biri  elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani butunlay bartaraf etish deb nomlanadi. Mazkur yo‘nalishga ko‘ra, davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali ko‘rsatishni kengaytirish va shaxsni identifikatsiya qilish tizimi joriy qilinadi.

Shuningdek, “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish ham ko‘zda tutilgan.

Yopiq tizimdagi “ochiq muloqot”

Prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtidorga kelganidan beri yangragan doimiy shiori mazkur moddada yana bir marta ta’kidlangan bo‘lib, so‘z xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish va qaror qabul qilishda jamoatchilik fikrini inobatga olish haqida boradi.

Ayni maqsadda  bir qancha jamoatchilik kengashlari, palatalar yaratilishi ko‘zda tutilmoqda. Loyihaga ko‘ra, bu islohotlarning samarasi  "aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi va saylov madaniyatini oshirish" bo‘lishi kerak.

Prezident Mirziyoyev ikkinchi muddatiga saylangan 24 - oktabrdagi prezident saylovini kuzatgan YeXHT hay’ati mamlakatdagi islohotlarga qaramasdan, saylovlarda haqiqiy raqobat kuzatilmaganini aytgan edi. 

Loyihada shuningdek,  "huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasini shakllantirish" haqida ham so‘z boradi. 

Mazkur islohot natijasida tizim xalq manfaatlari, qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi tuzilmaga aylanishi kerak.

Ichki ishlar organlari haqidagi qonun va e’lon qilingan ko‘plab islohotlarga qaramasdan, tizim jamoat tartibini saqlashdan ko‘ra ko‘proq jazolovchi organ bo‘lib qolayotgani jamoatchilik tomonidan tanqid qilinadi. O‘tgan yilning o‘zida IIV xodimlari qiynoqlar natijasida vafot etgan kamida besh insonning o‘limida mas’ul ko‘rilgan.  

O‘tgan besh yil davomida prezident Mirziyoyev "axlatlardan tozalanganini" aytgan prokuratura tizimi esa ko‘plab korrupsiya mojarolari markazida qoldi. 

Terrorizmga qarshi kurash kun tartibidan tushmaydi

2022-2026 - yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlarida biri fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat ekani iddao qilinmoqda.

Ekstremizm va terrorizmni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni takomillashtirish bilan birga bu borada mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik ham kengaytiriladi.

“Faoliyati ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda faol ishtirok etadi” deyiladi Strategiyada.

Shuningdek, navbatdagi besh yillik rejadan Afg‘onistonda tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga qaratilgan alohida harakatlar rejasi ham o‘rin olgan.

Nihoyat, korrupsiya...

2022-2026 - yillardagi harakat strategiyasining xotimasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi milliy harakatlar rejasi tilga olingan.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish birlamchi vazifa ekani ta’kidlanadi.

“Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish lozim” deyiladi mazkur bobda.

Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi yangi agentlik tashkil etilgani va bu borada qator qonunlar qabul qilinganiga qaramasdan, O‘zbekiston hanuz dunyoning eng korrupsiyalashgan davlatlari qatorida qolmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida rasmiylar manfaatlar to‘qnashuvi hamda elitar korrupsiyaga doir ko‘plab holatlar, jumladan, Ozodlik surishtiruvlari natijasida yuzaga chiqqan dalillarni e’tiborsiz qoldirgan.   

O‘zbekiston G‘arbga yuz buradimi?..

Strategiyaning tashqi siyosat bobidagi qismi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bilan to‘ldirilgan.

AQSh, Kanada va Amerika mamlakatlari bilan strategik va har tomonlama hamkorlik aloqalari tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilanadi.

Shuningdek, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi an’anaviy strategik sheriklar, Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mintaqasidagi hamkorlar bilan aloqalarni ham takomillashtirish haqida ham gapiriladi.

Mehnat migratsiyasi va koronavirus 

Strategiyada mamlakat aholisining ishga yaroqli qariyb 20 foizi mehnat migrantlari ekani va ularning deyarli himoyalanmagani mazmunan aks etgan. Shu boisdan migrantlarga huquqiy-tashkiliy ko‘mak berish hamda ularning mehnat shariotlarini imkon qadar yaxshilashga urg‘u beriladi.

Loyihada, shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida aholini himoya qilishga oid davlat siyosati yo‘nalishlari ham  tilga olingan.

Jamoatchilik portaliga qo‘yilgan mazkur institutsional hujjat muhokamasi nihoyatda sust. Bloger va ekspertlar strategiyaning tanlangan qismlari haqidagina izohlar qoldirishmoqda.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Семилетней девочке зажало руку на горке в московском аквапарке

Боксер из США Глэнтон отработал удары перед боем с россиянином Егоровым

Как развивается культ личности Лукашенко: теперь и комбайн назван кличкой его собаки (фото)

Пегас сделал важное заявление по Египту: стали известны цены на туры на предстоящую зиму

Музыкальные новости

Леонид Агутин посвятил ушедшей Анастасии Заворотнюк песню и клип

«Восход», Тинькофф Банк и Альфа объявили о совместном pre-IPO фонде в секторе tech на 4 млрд рублей

«Райский цветник» Бакиханова и азербайджанские фальсификации. ВИДЕО

Олег Рой и Дарья Донцова высказались о необходимости масштабирования опыта Башкортостана в проведении книжных фестивалей

Новости России

Ислам Махачев прокомментировал победу над Дастином Порье на турнире UFC 302

Как развивается культ личности Лукашенко: теперь и комбайн назван кличкой его собаки (фото)

В Тамбовской области стартовали соревнования по пляжному волейболу

В Москве состоялся концерт «Пикника», перенесенный из-за теракта в «Крокусе»

Экология в России и мире

Улыбка сделала слушателя «Юмор FM» миллионером

Стоматолог Владимир Лосев: сколько времени нужно носить брекеты

Преступления мигрантов с рынков азербайджанского олигарха Года Нисанова продолжают шокировать Москву

Стильные образы на лето, в которых вы покорите окружающих

Спорт в России и мире

Не ходите, дети, в теннис: как Андре Агасси и Штеффи Граф подарили детям право выбора

Арина Соболенко повторила уникальное достижение Азаренко на турнирах «Большого шлема»

Бывшая российская теннисистка спела гимн Франции

Прямая трансляция матча Елены Рыбакиной против экс-первой ракетки мира на «Ролан Гаррос»

Moscow.media

РОССИЮ ОЖИДАЕТ ПЛЮС 50 ГРАДУСОВ: КАКИМ ГОРОДАМ ЖДАТЬ АНОМАЛЬНУЮ ЖАРУ

Выгодно ли покупать квартиру в новостройке?

ТСД SAOTRON RT-T50: высокопроизводительный терминал сбора данных промышленного класса

В Кировском районе Крыма проверили бывших мигрантов, не вставших на воинский учет







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *