Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Hindistonlik musulmon ayollarning soxta onlayn savdosini e’lon qilgan erkak hibsga olindi

Hindistonlik musulmon ayollarning soxta onlayn savdosini e’lon qilgan erkak hibsga olindi

Hindiston politsiyasi taniqli musulmon ayollarni soxta onlayn-auksionda sotish taklifi ortida turgan erkakni hibsga oldi, deya xabar qildi “Associated Press” Hindiston hukumati rasmiylari bergan ma’lumotga tayanib.

Maxarashtra shtati texnologiya vaziri Satej Patilning dushanba kuni kechqurun ma’lum qilishicha, Mumbay politsiyasining kiberjinoyatlar bo‘yicha bo‘limi qo‘shni Karnataka shtatidagi Bangalor shahridan 21 yoshli muhandislik fakulteti talabasini hibsga olgan va unga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘agan. Politsiya gumonlanuvchining shaxsini oshkor qilmadi va kim oshdi savdosi saytini kim yaratgani noma’lum.

100 dan ortiq taniqli hind musulmon ayollari, jumladan, jurnalistlar, faollar, kino yulduzlari va rassomlarning fotosuratlari dam olish kunlarida ularning ruxsatisiz veb-saytda namoyish etilgan va ular soxta kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Bu ayollar orasida bedarak yo‘qolgan hindistonlik talabaning 65 yoshli onasi va pokistonlik Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzay ham bor edi.

24 soat davomida yopilgan veb-sayt hind musulmonlari uchun haqoratli jargon bo‘lgan "Bulli Bay" deb nomlangan. Haqiqiy sotuvlar bo‘lmagan bo‘lsa‑da, veb-saytda ro‘yxatga olingan musulmon ayollar bu ishdan maqsad o‘zlarini kamsitish bo‘lganini aytishmoqda, ularning ko‘pchiligi Hindistonda hind millatchiligi kuchaygani va Bosh vazir Narendra Modining ba’zi siyosatlarini tanqid qilib kelgan.

Veb-sayt San-Fransiskoda joylashgan “GitHub” dasturlash platformasiga qo‘yilgan. Kompaniya vakili “GitHub” o‘z platformasida veb-sayt joylashtirgan foydalanuvchi akkauntini o‘chirib tashlaganini va u tergov organlari bilan hamkorlik qilishini aytdi.

Jabrlanuvchilarning shikoyatlaridan so‘ng soxta auksion “Twitter”da norozilik uyg‘otdi, bir necha ayol saytdan o‘z suratlarini topib olganidan keyin skrinshotlarni joylashtirgan. Ayollar huquqlarini himoya qilish guruhlari va muxolif partiyalar siyosatchilari hukmron Bharatiya Janata partiyasini musulmon ayollarga nisbatan onlayn tahqirlashlarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi. Buning ortidan Hindiston texnologiya vaziri Ashvini Vaishnau qattiq choralar ko‘rishga va’da berishga majbur bo‘ldi.

Kamida uchta shtat politsiyasi voqea yuzasidan tergov boshlaganini va ayollarning shikoyatlari asosida veb-sayt yaratuvchilariga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atganini ma’lum qildi.

Hindistonda musulmon ayollarning soxta auksionga qo‘yilishi birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. O‘tgan iyun oyida “Sulli Deals” deb nomlangan shunga o‘xshash veb-sayt ayni shu maqsadda yaratilgan edi. “Sulli Deals” ham musulmon ayollar uchun haqoratli jargon hisoblanadi. Ushbu veb-sayt bir necha hafta davomida ishlab turdi va faqat jabrlanuvchilar shikoyat qilganidan keyin rasmiylar tomonidan yopildi. Politsiya ish yuzasidan tergov boshlagan, biroq hech kim hibsga olinmagan.

Hind ayollari, ayniqsa, musulmon ayollar ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, “Twitter”da ko‘pincha nafrat va haqorat nishoniga aylanadi. Ochiq so‘zli musulmon ayollar, masalan, jurnalistlar va faollar, shuningdek, Modi va uning hind millatchi partiyasini tanqid qilganlar zo‘rlash va zo‘ravonlik bilan tahdid qilinadi.

Ko‘pgina jabrlanganlarning aytishicha, soxta kim oshdi savdosi sayti ularni qo‘rqitish uchun oxirgi urinishlardan biri bo‘lgan.

“Bar & Bench” veb-saytining huquqshunosi va jurnalisti Hadicha Xonning aytishicha, yangi yil arafasida u soxta kim oshdi savdosi doirasida surati qayerda ko‘rsatilgani haqida “Twitter”da xabarnoma olgan.

Hadicha tvit ustidan shikoyat qilgan, uni qo‘yganni bloklab, spam deb ko‘rsatgan. Ammo ko‘p o‘tmay do‘stlari va hamkasblari uning ham ro‘yxatda ekanligini xabar qildi.

“Avvaliga bunga befarq qarab parvo qilmadim, chunki biz har kuni trolllar hujumiga o‘rganib qolgandik, ammo ertasi kuni bu dahshatga aylandi. Bu nima ekanligini bilish menga dahshatli tushdek bo‘ldi”, dedi Hadicha.

Hadichaga oilasi va hamkasblari yordam berdi, ammo bu voqea unga qattiq ta’sir qildi.

"Bu xuddi “Qarang! Biz muslima ayollarni internetda bemalol haqorat qilishimiz va ular haqoratlanganlik uchun adolat talab qilayotganda ham jazosiz qolishimiz mumkin” deyayotgandek tuyuladi”, deydi Hadicha.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Жилищный запрос: новостройки юга России за год подорожали в полтора раза

Подмосковные коммунисты: Только в труде можно счастье найти!

С Азиатской олимпиады по физике российские ребята привезли внушительный набор медалей высшего достоинства

В Москве будет построен завод по производству базовых препаратов из плазмы крови

Музыкальные новости

В аэропорту Пулково 12 рейсов задержали и отменили еще один

Приглашенные солистки выступят в опере «Руслан и Людмила»

Из Якутии на Олимпиаду: Эксперты оценили вклад игр «Дети Азии» в большой спорт

Актер Театра сатиры Анисимов перенес инфаркт при знакомстве с новым руководством

Новости России

Пашу: Российская музыка сейчас главенствует!

Рекордная жара до +50 в России: Вильфанд предупреждает об Эль-Ниньо, которая принесет адскую жару

В Москве будет построен завод по производству базовых препаратов из плазмы крови

Ученые знают, как спасти от рака Кейт Миддлтон, но семья может не пойти на это

Экология в России и мире

Адские цены на Сочи и Анапу заставили российских туристов найти новые пути экономии

Производители кроссовок New Balance и Under Armour подали около 1000 исков к российским продавцам

Уникальный интерактивный проект Ставропольской психиатрической больницы на выставке-форуме «Россия»

Фонд «Восход» выпустил на «Атомайз» первые в России венчурные ЦФА

Спорт в России и мире

Калинская поддержала Синнера после поражения на "Ролан Гаррос"

Зверев вышел в финал «Ролан Гаррос»

Экс первая ракетка мира Виландер оценил шансы Паолини на победу в финале «Ролан Гаррос»

Зверев сыграет с Алькарасом в финале "Ролан Гаррос"

Moscow.media

Любимый внедорожник россиян стал еще доступнее: известна цена

«Автодор» – к концу 2025 года скоростными дорогами госкомпании будет охвачена половина населения России

Работать там, где удобно: беспроводная гарнитура Fstyler BH230 от A4Tech

Гора Бабырган







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *