Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

"Kemel Jomartovich". Toqayev oilasining Rossiya bilan rishtalari

Vladimir Putin 10 - yanvar kuni KXShT yig‘ilishida Qozog‘iston prezidenti Toqayevni adashib Kemel Jomartovich deb yubordi. Bu yanglishish tasodif bo‘lishi mumkin emas: Kemel – Toqayevning otasining ismi. 2019 -yili, Toqayev Qozog‘iston prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘lganidan so‘ng uning o‘g‘li Timur ismini Kemelga o‘zgartirgan.

Ozodlikning rus xizmati va “Nastoyashcheye vremya” telekanali muxbirlari Timurning Rossiyadagi biznes-aktivlarini topishdi: u 2016 - yilda “Mayak” OAJ direktorlar kengashiga kirgan. Ushbu qurilish shirkati Ximki shahridagi yagona jamoat stadionini buzib tashlaganlikda ayblanishi ortidan tilga tushgan edi.

Ayrim tahlilchilar Qozog‘istonda yuz bergan tartibsizliklarni Toqayev va Nazarboyev klanlari o‘rtasidagi kurash oqibati, deya talqin qilishadi. Biroq Ozodlik ma’lumotiga ko‘ra, Qasim-Jomart Toqayevning rus xotinidan ko‘rgan o‘g‘li atigi besh yil burun sobiq prezident Nazarboyev hamda uning boshqaruvchisi hamda “g‘aznachisi” Kenes Rakishev bilan aloqador biznes tuzilmalar bilan qattiq bog‘langan edi. Rakishev namoyishlar boshlanganidan so‘ng Qozog‘istondan chiqib ketgani aytilmoqda.

Toqayev va uning Rossiya fuqaroligidan kechmagan rus xotini

“Vikipediya”dagi Qasim-Jomart Toqayev sahifasida u Nadejda Davidovna Toqayeva ismli ayolga uylangani aytilgan. Prezidentning rasmiy saytidagi ma’lumotlarda esa u ajrashgani va Timur ismli o‘g‘li borligi ko‘rsatilgan. Toqayev prezident lavozimiga kelganidan so‘ng qozoq mediasi Nadejda Toqayeva Rossiya fuqarosi ekanini aniqlashdi. Rossiya IIV qaydlariga ko‘ra, u fuqarolikdan voz kechmagan. Qozog‘iston OAVlari yozishicha, er-xotinning ajrashishiga aynan shu holat sabab bo‘lgan. Ammo onasidan farqli o‘laroq, Timur Rossiya fuqarosi emas.

2021 - yil dekabrda Navalniyning Korruptsiyaga qarshi kurash fondi “Rosreyestr”dan yuqori martabali mulozimlarning shaxsiy ma’lumotlari yashirilgani haqida surishtiruv e’lon qilgan edi. Surishtiruvda Qasim-Jomart Toqayevning sobiq rafiqasi va o‘g‘li Timur ham tilga olingan, ular Moskva shahrining eng yaxshi joylarida qiymati bir necha million dollarga teng dang‘illama kvartiralarga egalik qilishi aytilgandi.

Keyinroq Ozodlik jurnalistlari Nadejda Toqayevaning Moskva viloyati, Abramsevo posyolkasida shohona chorbog‘i ham bo‘lganini aniqlashdi.

Shveysariya kollejidan – Ximkiga

Timur Toqayev bilan bog‘liq “Mayak” OAJ 2014 - yilda Ximki shahrida (Moskva viloyati) yagona jamoat stadionini buzib, o‘rniga turar-joy qurmoqchi bo‘lganida kattagina janjal ko‘tarilgan edi. Ammo pirovardida sud shirkat tarafini olgan va “Mayak” nomli turar-joy majmuasi baribir qurilgan.

Ozodlik jurnalistlari ochiq manbalardan shirkatning 2016-  yildagi hisbotlarini topib, o‘shanda uning direktorlar kengashi a’zolaridan biri Qozog‘iston prezidentining o‘g‘li Timur Toqayev bo‘lganini aniqlashdi. Hujjatda unga doir ilgari hech qayerda chiqmagan ma’lumotlar ham bor: “Ma’lumoti – oliy. Siyosiy fanlar nomzodi. Leman kolleji, Jeneva Shveysariya. Vebster universiteti umumta’lim kolleji diplomi, Belvyu, Shveysariya. RF Tashqi ishlar vazirligi akademiyasi diplomi”.

Internetda Timur Toqayev 2009 - yili Rossiya TIV akademiyasida himoya qilgan dissertatsiyasini topish mumkin. “Qozog‘istonning G‘arbga nisbatan strategiyasi. Milliy manfaatlar, ustuvor vazifalar, yo‘nalishlar” nomli ilmiy ishda Nazarboyev familiyasi 112 marta tilga olingan. Qiyoslash uchun Putin, Obama va Bush familiyalari birgalikda 21 marta qayd etilgan. “Rossiya – Qozog‘istonning yagona ittifoqchisi”, deb yozgan kichik Toqayev.

“Mayak” OAJning keyingi yillardagi hisobotlarini topishning imkoni bo‘lmadi, Timur Toqayev hali ham direktorlar kengashidami, yo‘qmi – noma’lum.

Timur va uning komandasi

Timur Toqayev Qozog‘istonda ham qator yuridik shaxslar bilan bog‘langan. Xususan, u bobosi Kemel Toqayev nomi bilan ataluvchi xayriya fondi rahbari sanaladi. Fond saytida u boshqaruv a’zosi deb ko‘rsatilgan.

Yaqin o‘tmishda kichik Toqayev faoliyati tugatilgan “SALISh” shirkati sohiblaridan biri edi. Uning avvalgi nomi “Abi Petroleum Kepital” bo‘lgan: qozoq OAVlariga ko‘ra, Timur uning ta’sischilari ro‘yxatiga 2002 - yilda, ya’ni 18 yoshida kirgan va shundan so‘ng tez orada shirkat Atirau viloyatidagi konni ishlatishga litsenziya olgan.

Timur Toqayevning neft shirkatida ulush sohibi bo‘lishi otasi Qozog‘iston bosh vaziri lavozimidan TIV rahbarligiga o‘tgan paytga to‘g‘ri keladi. “Abi Petroleum Kepital”ning Timur bilan teng ulushga ega ikkinchi mulkdori – qozoq diplomati Temirtoy Izbastinning o‘g‘li, ayni chog‘da Qasim-Jomart Toqayevning jiyani, ya’ni Timurning amakivachchasi Muhamed Izbastindir. Ikki qarindoshning oilaviy biznesi boshida yomon bo‘lmagan: 2012 - yili shirkat taxminan 50 mln dollar sof foyda qilgan. Ammo keyinchalik daromad kamayib ketgan va 2014 - yildan zarariga ishlay boshlagan, 2020 - yilda esa tugatilib, “Salish” MChShga aylantirilgan.

2018 - yilda “Scanner Project” nashri Timur Toqayev familiyasini Jenevaning Chemin Gilbert-Trolliet ko‘chasi 3-uy manzilida yashovchilar ro‘yxatidan topgan edi. kz.expert nashri esa Toqayevning Jenevadagi kvartirasini 2 mln dollarga baholagan. Ammo, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentning o‘g‘li Jenevada emas, Moskvada muqim yashaydi va “otasining tanish-bilishlari yordamida” tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Bunda aynan “Mayak” OAJ developerlik shirkati nazarda tutilgan bo‘lsa ajab emas. Zero, shirkat mulkdorlari orasida kichik Toqayevdan tashqari Qozog‘istonning qator yirik tadbirkorlari ham bor.

“Mayak”ning asosiy mulkdori (57,4 foiz aksiyalar egasi) – Niderlandiyada ro‘yxatga olingan Dostyk Investments B.V. fondi sanaladi, fondni esa amalda Nazarboyevning o‘rtancha kuyovi hamda Qozog‘istonning eng obro‘li tadbirkori Timur Qulibayev nazorat qiladi.

Shirkatning yana bir mulkdori – Kenes Rakishev, Qozog‘istonning eng badavlat odamlaridan biri sanaladi. Eng muhimi, jurnalist va bolgerlar uni “Nazarboyevning ishonchli hamyoni” deya ta’riflashadi. Shuningdek, Kenesov o‘z biznes doirasida “rus tuprog‘ida ildiz otmoqchi bo‘lgan vatandoshlarga ko‘maklashuvchi muruvvatpesha” sifatida ham mashhur.

Rakishev Nazarboyev davridagi ko‘zga ko‘ringan siyosatchilardan biri Imangali Tasmagambetovning qiziga uylangan. Uning qaynotasi prezident ma’muriyati rahbari, Olmaota va Astana hokimi, mudofaa vaziri, 2016–2019 - yillarda Qozog‘istonning Rossiyadagi elchisi lavozimlarida ishlagan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Лови летние скидки: до 20% скидка на электронику и комплектующие!

В «Лужниках» опровергли новые слухи о том, что Канье Уэст выступит там 8 июня

Достижения врачей Подмосковья в области нейроиммунологии обсудили на конгрессе

Спортсмен из Солнечногорска вышел в финал первенства ЦФО по пляжному волейболу

Музыкальные новости

ONYX отправляется в Большой тур по России

Благотворительный Вечер в «Геликон-Опера»: Искусство во Имя Добра

Маленьким пациентам центра трансплантологии рассказали о тех, кто спасает их жизни каждый день

«Адвокат Валиевой: ей подсыпали допинг и сделал дедушка». Серьёзное расследование.

Новости России

«Автодор» запустил профориентационную программу для ребят из новых регионов

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

Эксперты Центра лечебной педагогики приняли участие в IV Форуме руководителей организаций «Мы в ответе за наших детей» и провели курс повышения квалификации для специалистов

Подготовка тепловых сетей к отопительному сезону началась в Солнечногорске

Экология в России и мире

Всеармянский союз «Гардман-Ширван-Нахиджеван» осуждает лживое заявление президента Азербайджана Алиева

Россиянам озвучили цены на отдых в Крыму, которые приятно удивили

Компании Группы "Интеррос" взяли ряд наград премии FINAWARD

Китайский аналог H&M может запустить до 500 магазинов в России

Спорт в России и мире

Теннисист Рублев объяснил, почему проиграл сет в первом круге "Ролан Гаррос"

Матч Котова и Вавринки перенесли на корт Сюзанн Ленглен

Медведев пошутил о том, что часто проводит ночные матчи на турнирах «Большого шлема»

Касаткина о романе Синнера и Калинской: рада, больше ничего не хочу говорить

Moscow.media

"ДиМ" строит участок 5 трассы СБВ

Эксперт по семейному капиталу Светлана Петрова: как быстро накопить на авто

Всеармянский союз «Гардман-Ширван-Нахиджеван» осуждает лживое заявление президента Азербайджана Алиева

В Арамиле возбудили уголовное дело из-за "дома-монстра", в котором продолжают жить люди







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *