Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

O‘zbekistondan Belarusgacha. Qozog‘istondagi namoyishlar - qo‘shni avtokratiyalarga "mujda"

O‘zbekistondan Belarusgacha. Qozog‘istondagi namoyishlar - qo‘shni avtokratiyalarga

Qozog‘istondagi aksilhukumat namoyishlari va ularni bostirish uchun KXShT kuchlarining kiritilishi O‘zbekistondan Belarus va Rossiyagacha – postsovet hududidagi  avtokratiyalarda Markaziy Osiyoning eng boy mamlakati qanday qilib jar yoqasiga kelib qolgani haqidagi xavotirli savollarni paydo qildi.

Dastlabki tinch norozilik 2 - yanvar kuni yoqilg‘i narxi keskin ko‘tarilishi ortidan boshlanib, tez orada butun mamlakatga yoyildi va kattalashgani sayin siyosiylashib, prezident Toqayev hamda uning salafi – davlatni 30 yil idora qilgan va 2019 - yilda iste’foga chiqqanidan keyin ham katta hokimiyatni qo‘lida saqlab qolgan Nursulton Nazarboyev norozilikning asosiy nishoniga aylandi.

Qimmatchilik, iqtisodiyotdagi mavhum istiqbol, yalpi korrupsiya va avtokrat rejimdan norozilik ommaviy tartibsizliklarga olib keldiki, natijada minglab noma’lum odamlar hukumat binolarini, telestudiyalar va aeroportlarni bosib olishdi.

Qozoq hukumatining KXShTdan madad so‘ragani va “aksilterror amaliyoti” bahonasida namoyishchilar ustiga o‘z armiyasini tashlagani postsovet makondagi ko‘plab davlatlar uchun mujdadir, zero ular bu kabi voqealarni rejimning mustahkamligini tekshiruvchi sinov – imtihon o‘laroq qabul qiladilar.

Bu birinchi galda Rossiyaga taalluqli: prezident Putin 2014 - yilda Ukrainada va 2020 - yilda Belarusda yuz bergan kremlparast hukumatlarga qarshi ommaviy namoyishlarni eslab, ikkilanmasdan qozoq hukumatiga mislsiz harbiy yordam berishga rozi bo‘ldi.

“Moskva Toqayevning ketishiga yo‘l qo‘yadi, deb o‘ylamayman. Aksincha, Kreml Qozog‘istondagi rejimni saqlab qolish uchun har narsaga tayyorligini ko‘rsatmoqda”, deydi Gabuyev.

Qo‘shnilarning munosabati

Qozog‘istondagi inqiroz tashqi kuchlarning aralashuvi bilan yuzaga kelganiga hech qanaqa dalil yo‘q, ammo qozoq hukumati voqealarni aynan terrorchilar tajovuzi deya talqin qildiki, bu KXShT kuchlari kiritilishi uchun yetarli asos bo‘ldi.

KXShT qo‘shinlari kiritilishi e’lon qilinishidan sal oldin Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov xorijiy mamlakat Qozog‘istonning ichki ishlariga aralashmasligi lozimligi haqida bayonot bergan edi.

Toqayev 2020 - yilda o‘z xalqining demokratik harakatini shafqatsizlarcha bostirgan va o‘shandan beri Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy jihatdan o‘ta qaram ahvolda qolayotgan Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan ham gaplashdi.

O‘zbekiston TIV Qozog‘iston hukumatini qo‘llab-quvvatlashi haqida bayonot berdi va qozog‘istonliklar “vujudga kelgan muammolarni o‘zlari mustaqil yengib o‘ta oladi”, deya ishonch bildirdi.

Xitoy ham Qozog‘istondagi vaziyatdan tashvishdaligini bildirdi, zero Qozog‘iston uning “Bir makon, bir yo‘l” loyihasida muhim o‘rin tutadi va ushbu mamlakatga milliardlab xitoy sarmoyasi jalb qilingan. 6 - yanvarda XXR IIV rasmiy vakili Van Venbin Qozog‘istondagi voqealar mamlakatning ichki ishi ekanini va Pekin vaziyat tez orada o‘nglanishidan umidvorligini aytdi.

Xitoydagi davlatga qarashli “Global Times” nashrining sobiq bosh muharriri Xu Sidzin “Tvitter”da Qozog‘istondagi tartibsizliklarni 2003 - yilda Gruziyada va 2005 - yilda Ukrainada kremlparast hukumatlarning qulashiga olib kelgan namoyishlar bilan qiyoslab, ular “rangli inqilob”ga o‘xshashligi haqida yozdi. Uning fikricha, “Rossiya va Xitoy G‘arbning Qozog‘istonni davomli tartibsizliklar domiga tashlashiga yo‘l qo‘ymaydi”.

Yangi davr

Qozog‘istonda xaos jadal yoyilishi butun mintaqaning keyingi taraqqiyotiga ta’sir etmay qolmaydi. Toqayev avvaliga yoqilg‘i narxi ustidan davlat nazoratini tiklab va norozilikning asosiy maqsadi – Xavfsizlik kengashi rahbari Nazarboyevni “iste’foga chiqarib”, namoyishchilarga yon berishga urindi. Shuningdek, prezident hukumatni ham tarqatib, yuqori lavozimlarga yangi odamlarni qo‘ydi.

Biroq bu qadamlar Qozog‘iston rahbariyati bir necha o‘n yildan beri davom etayotgan siyosiy va iqtisodiy tutumidan norozi xalqning hovurini bosa olmadi.

Nazarboyevning 30 yillik boshqaruv davrida uning do‘stlari, qarindoshlari va iqtidordagi “Nur Otan” partiyasi siyosiy sahna va mediaolamni butkul zabt etdi. Mamlakatda hokimiyat ilgari ham xalq noroziligini chekli islohotlar o‘tkazish va hukumatda ayrim kadrlarni almashtirish orqali bir qadar yumshatib turgan. Nazarboyev 2019 - yilda prezident lavozimidan ketgan bo‘lsa-da, “elboshi” sifatida ulkan rasmiy va norasmiy hokimiyatni qo‘lida tutib qolgandi. Nazarboyev o‘ziga voris qilib tanlagan Toqayev birinchi navbatda mamlakat poytaxti Astanani salafi ismi bilan “Nur-Sulton” deb nomladi. 

“Qozog‘iston rejimni o‘zgartirmagan holda rahbarni almashtirish mumkinligini ko‘rsatdi”, deydi Britaniyadagi Glazgo universiteti professori Luka Ancheski.

Qozog‘iston siyosiy sahnasi har qanday ko‘zga ko‘rinarli muxolifat yetakchilaridan tozalanganki, bu namoyishlarning to‘g‘ri yo‘nalishini va keyingi islohotlar uchun birlashish imkoniyatini so‘roq ostiga qo‘ydi.

“Namoyishlarning aniq bir yetakchisi yo‘q, birlashgan muxolifat yo‘q, binobarin rejim qaytadan oyoqqa tura oladi”, deb hisoblaydi AQSh mudofaa universiteti o‘qituvchisi Erika Marat.

Qo‘shni mamlakatlar ushbu jarayonni sinchkovlik bilan kuzatadi.

“KXShT mamlakatdagi biron bir ichki muammoni hal qilib berolmaydi, uning iqtisodiy yoki siyosiy ahvolini yaxshilamaydi. Balki avtoritarizmni kuchlantiradi, bu esa kelgusida norozilik harakati qaytadan boshlanishiga zamin yaratadi”, deya mulohaza qiladi Marat.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Жителям Подмосковья рассказали о лесопожарной обстановке в регионе на 1–3 июня

Хуситы атаковали USS Dwight Eisenhower. Подарок Запада Путину. Европа перешла ко второй стадии подготовки войны. Карлсон: Россию не победить

Доцент Гиринский: цены на ЖКУ в России с 1 июля проиндексируют в среднем на 10%

День защиты детей 1 июня: история и традиции праздника в России

Музыкальные новости

«Заставлял Костомарова мыть свою машину, чтоб потом он на ней покатался по парковке!» Илья Авербух рассказал о дружбе с Романом Костомаровым в шоу «Вкусно с Анфисой Чеховой» на ТВ-3

Почта России помогла детям-подопечным благотворительных фондов встретиться с футболистами ЦСКА

«Райский цветник» Бакиханова и азербайджанские фальсификации. ВИДЕО

Благотворительный Вечер в «Геликон-Опера»: Искусство во Имя Добра

Новости России

Ефимов: Город предоставил арендаторам льготы на 19 миллиардов рублей

Интернет-магазин Лю.ру – только светлые воспоминания

В столице открылось 600 площадок фестиваля «Лето в Москве. Все на улицу!»

В открытом гробу: в Покровском монастыре прощаются с Анастасией Заворотнюк

Экология в России и мире

Конференция «Общество и психическое здоровье» прошла в Ставрополе

Ozon открывает новый фулфилмент-центр в Ставрополье

Стильные образы на лето, в которых вы покорите окружающих

Представители KAMA TYRES приняли участие в 57-й легкоатлетической эстафете

Спорт в России и мире

Матч Котова и Вавринки перенесли на корт Сюзанн Ленглен

Теннисистка Грачева назвала Францию своим домом

Арина Соболенко повторила уникальное достижение Азаренко на турнирах «Большого шлема»

Азаренко не смогла выйти в 1/16 финала открытого чемпионата Франции по теннису

Moscow.media

ТСД промышленного класса Saotron RT-T60

Удаленная настройка охранных комплексов StarLine

Лето в урочище Кокоря

Доступный, летний, твой – StarLine A60 BT GSM ECO







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *