Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Finlashish? Makronning bayonoti Kiyevni asabiylashtirib, Xelsinkida yomon xotiralarni yodga soldi

Finlashish? Makronning bayonoti Kiyevni asabiylashtirib, Xelsinkida yomon xotiralarni yodga soldi

Ikkinchi jahon urushi tugaganidan uch yil o‘tib, urush boshida qudratli Qizil Armiya ustidan g‘alaba qozongan Finlyandiya sharqiy qo‘shnisi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv Xelsinkining betarafligini mustahkamlab, uni yangi paydo bo‘lgan NATOdan uzoqlashtirdi va Finlyandiya siyosatiga o‘nlab yillar davomida ta’sir ko‘rsatdi.

Ushbu vaziyat "Finlashtirish" degan geosiyosiy atama bilan nomlandi. Finlyandiyada bu so‘z yoqimsiz qarshi olinadi. Ayni kunlarda bu so‘z Kiyevda  haqorat o‘laroq qarshilandi.

Shu hafta Kiyevga safari chog‘ida Fransiya prezidenti mazkur atamani qo‘llab ayni g‘oyani ilgari surgani xabar qilinmoqda. Bu mavjud ziddiyatni hal qilishning “pichoqqa ilinadigan” muqobil varianti ekani aytilgan.

Emmanuel Makronning Moskvaga tashrifi oldidan Kiyevga borgani Rossiyaning yangi bosqini oldini olishga qaratilgan so‘nggi yuqori darajadagi sa’y-harakatlardan biri bo‘ldi.

Makron keyinchalik bu atamani ishlatganini rad etdi. Ammo xabarlarga ko‘ra, u o‘zi bilan hamrohlik qilgan jurnalistlarga: "Bu ayni damda muhokama uchun choralardan biri. Biz hozir vaziyatni qaysi so‘z bilan atashni emas, muammoga yechim topish haqida bosh qotirishimiz kerak", deya ta’kidlagan.

8 - fevral kuni Kiyevda o‘tgan matbuot anjumanidan keyin Vladimir Zelenskiy Fransiya yetakchisidan “finlashtirish” atamasini eshitmaganini aytdi.

"Ukraina uchun bu qabul qilib bo‘lmaydigan narsa", deydi Kiyevdagi Razumkov tahlil markazining Tashqi aloqalar va xalqaro xavfsizlik dasturi raisi Oleksiy Melnik.

"Agar doimiy betaraflikni qabul qilsangiz, mantiqan buning evaziga biror narsa olishingiz kerak. Xo‘sh, Ukraina buning evaziga nima olishi mumkin? Rossiya bu borada hech narsa degani yo‘q.”

Bu atama Finlyandiyada afsus va pushaymonlik bilan eslanadi.

Finlyandiya xalqaro munosabatlar institutining katta ilmiy xodimi Matti Pesu: "Fin nuqtai nazaridan, bu haqoratli so‘z. Finlar bu so‘zni yoqtirmaydi va  siyosiy yechim sifatida ham taklif qilmaydi. Finlar har doim tashqi kuch tomonidan o‘rnatilgan tizimga qarshi."

"Zaharli ta’sir"

1948 - yilda imzolangan Sovet-Finlyandiya do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam shartnomasi Xelsinkining Sovet Ittifoqi bilan urushdan keyingi munosabatlariga asos bo‘ldi. Moskva Finlyandiyaga bostirib kirmasligini kafolatladi.

Ammo 1960‑yillarga kelib, “Finlashtirish” atamasi Germaniyada SSSRga yaqin bo‘lgan davlatlarning munosabatlarini tushuntirish uchun qisqacha tavsif sifatida qo‘llanila boshlandi.

"Siz buni Finlyandiyaning Moskva bilan munosabatlarda omon qolish mexanizmi sifatida ko‘rishingiz mumkin. Ammo bu ichki siyosatga zaharli ta’sir ko‘rsatdi”, deydi xelsinkilik xalqaro siyosat, xavfsizlik va mudofaa bo‘yicha tadqiqotchi Charli Salonius-Pasternak.

Kekkonen davrida Finlyandiya siyosati Moskvaga nisbatan "moyil" bo‘lgan. Finlyandiya siyosatida Moskvani keskin tanqid qilish mumkin emas edi. Fin ommaviy axborot vositalarida ham Sovet siyosati kamdan-kam tanqid qilingan.

Sovuq urushdan keyin Finlyandiya 1995 - yilda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilib, G‘arb bilan yaqinroq aloqalar sari intildi. Biroq, 2014 yilda Rossiya Ukrainaning Qrim yarim orolini anneksiya qilgani Xelsinki uchun kutilmagan keskin voqea bo‘ldi.

Finlyandiya NATOga a’zo emas, biroq ekspertlarning ta’kidlashicha, u tashqi alьyans bilan anchagina integratsiyalashgan.

"Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lganimizdan beri biz betaraf emasmiz, – dedi Salonius-Pasternak. – Siyosat nuqtai nazaridan biz NATO va AQSh bilan mustahkam aloqalarga egamiz."

Finlyandiya jamiyati ham NATOga a’zolikni qo‘llab-quvvatlash tomon sezilarli darajada qadam tashladi. Biroq ijtimoiy so‘rovlar bu borada noaniqlikni ko‘rsatmoqda. Finlyandiya Bosh vaziri ham mamlakat NATOga a’zo bo‘lishi "ehtimoldan yiroqligini” aytdi.

Ukraina uchun bu muammo ancha murakkab. Kreml Finlyandiyaning Evropa bilan  yaqin bo‘lishiga oddiy qarasa-da, Moskva Kievning xuddi shu yo‘nalishdagi harakatlarini to‘xtatish choralarini ko‘rmoqda.

“Moskvaga Ukrainaga nisbatan “finlashtirish” siyosatini qo‘llashiga ruxsat berish xavfli qadam bo‘ladi”, deydi Salonius-Pasternak.

 "Finlar Ukrainaga mamnuniyat bilan taklif qiladigan tajriba"

"Finlashtirish" Ukrainaning eng yirik harbiy yordam bilan ta’minlovchi va qat’iy qo‘llab-quvvatlovchisi bo‘lgan Qo‘shma Shtatlar uchun ham yoqimsiz so‘z.

G‘arb rasmiylari Moskva aslida Ukraina tashqi siyosatiga veto qo‘yishni talab qilayotganini aytmoqda.

NATO rasmiylari alyans eshigi Ukraina uchun ochiq qolishini, biroq yaqin kelajakda mamlakat ittifoqqa qo‘shilmasligini ochiq ma’lum qildi.

“Prezident Makron bu atamani tilga olmaganini va NATOning “Ochiq eshiklar” siyosatiga chek qo‘yish chinakam muammo bo‘lishini aytdi.

“Biz  bunga qo‘shilamiz”, dedi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Jalina Porter “Finlashtirish” haqidagi savolga javoban. “Ilgari aytganimizdek, biz suveren davlatlar o‘z xavfsizligi bo‘yicha o‘zi qaror qabul qilish huquqiga sodiqmiz", qo‘shimcha qilgan u.

"Ukraina Finlyandiyadan nimanidir o‘rgana oladimi? Finlyandiya kuchli qo‘shnisi bilan keskin vaziyatdan chiqish tajribasiga ega. Bu davlat Shvetsiya, Norvegiya va NATO bilan mustahkam mudofaa aloqalariga ega. Finlyandiya funktsional jamiyatga ega, dunyodagi eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlardan biri. Bu finlar Ukrainaga ham mamnuniyat bilan taklif qiladigan tajribalar”, deya xulosa qildi Finlyandiya xalqaro munosabatlar institutining katta ilmiy xodimi Matti Pesu.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Российская актриса Любовь Полищук родилась 75 лет назад

Прилёт 5 утренних рейсов в аэропорт Кемерова задержался из-за плохой видимости

Ливень сделал из Минска Венецию: улицы под водой, протекание в метро, откачка в магазине

«Увидел вживую нового министра культуры РФ»: новосибирский школьник стал победителем «Лиги Экскурсоводов» в Москве

Музыкальные новости

Легенда "Спартака" Ловчев: немного перестал уважать Галицкого за отставку Ивича

Cadillac насмерть сбил пенсионерку в центре Москвы

Наследие Шаляпина и Рахманинова представили на выставке-форуме «Россия»

Ульгэр обучает ПДД: Россия, Культура, Театр и Дети

Новости России

«Увидел вживую нового министра культуры РФ»: новосибирский школьник стал победителем «Лиги Экскурсоводов» в Москве

Движение на «зеленой» ветке метро вводят в график после сбоя

Дорожники отремонтировали девять светофоров на региональных дорогах Подмосковья

Ливень сделал из Минска Венецию: улицы под водой, протекание в метро, откачка в магазине

Экология в России и мире

В РМАТ ПРОШЕЛ I БИЗНЕС-ФОРУМ ВЫПУСКНИКОВ РМАТ 1999-2023 ГОДА ВЫПУСКА, ПОСВЯЩЕННЫЙ 55-ЛЕТНЕМУ ЮБИЛЕЮ АКАДЕМИИ

Электрические зубные щетки Revyline RL010 White и зубную пасту Revyline Smart заказать в Якутске

Футболисты ФК «Динамо Пушкино» заняли второе место в межрегиональном турнире Laffy Cup 2024

Как поделиться местоположением в WhatsApp: пошаговое руководство

Спорт в России и мире

Экс‑теннисистка Джорджи обвиняется в краже мебели и ковров на €100 тысяч — СМИ

Теннисисты Роджер Федерер и Рафаэль Надаль стали лицами рекламной кампании Louis Vuitton

Потапова проиграла на старте турнира WTA-500 в Страсбурге

Рыбакина узнала свое место в новом мировом рейтинге

Moscow.media

MONT расширил продуктовую линейку ИБ-решений при поддержке «Сайберпик»

В деле об убийстве в Екатеринбурге шестилетнего мальчика появился третий фигурант

Новые вызовы и обеспечение технологического суверенитета квалифицированными кадрами обсудили в Москве

АО «ДиМ» демонтировало 40% старого путепровода над железнодорожными путями







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *