Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

“Moskva zaiflashdi, Toshkent jasurlashdi”. O‘zbekiston TIV Ukrainaga oid pozitsiyasini ochiqladi

“Moskva zaiflashdi, Toshkent jasurlashdi”. O‘zbekiston TIV  Ukrainaga oid pozitsiyasini ochiqladi

Ukrainada urush boshlanganidan 22 kun o‘tib, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ilk bor mamlakatining bu boradagi rasmiy pozitsiyasini ochiqladi.

U 17-mart kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati majlisida O‘zbekiston Ukrainaning hududiy yaxlitligini tan olishi, bo‘lginchi "Lugansk va Donetsk xalq respublikalari"ni esa tan olmasligini bildirdi.

O‘tgan hafta Antaliyadagi Diplomatiya forumida qatnashgan Komilov tomonlarni zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirgandi.

Bunga qadar O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkent Ukrainadagi vaziyat yuzasidan neytral pozitsiyada ekanini ma’lum qilgan.

 

Zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqiriq

Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida, senatorlar savollariga javob bera turib, Ukraina haqida gapirgan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, O‘zbekiston hukumati pozitsiyasini ilk bor ochiq bayon qildi.

Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini tan oladi, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilib olgan Lugansk va Donetsk respublikalarini tan olmaydi.

Bundan tashqari vazir, tomonlarni harbiy harakatlarni zudlikda to‘xtatishga chaqirdi.

“Birinchidan, Ukraina atrofidagi vaziyat O‘zbekistonda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Ikkinchidan, biz vaziyatga tinch yo‘l bilan yechim topish va mojaroni siyosiy diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdorimiz. Lekin buning uchun birinchi navbatda harbiy harakatlar, zo‘ravonliklar zudlik bilan to‘xtatilishi zarur”, deya ma’lum qildi Abdulaziz Komilov.

 

Ayni paytda, TIV rahbari O‘zbekistonning nizolashayotgan har ikki mamlakat bilan o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda hamkorlikni davom ettirishini ham urg‘uladi:

“Bir tomondan, Rossiya – O‘zbekistonning yetakchi tashqi savdo hamkori. Biz bu mamlakat bilan strategik sherikchilik va ittifoqchilik munosabatlariga egamiz. Ikkinchi tomondan, Ukraina bilan ham keng qamrovli yo‘nalishlarda, xususan, savdo-iqtisodiy, madaniyat, ta’lim qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik amalga oshirilmoqda”. “Biz bugungi og‘ir kunlarda Ukrainaga gumanitar yordam beramiz va vaziyatni inobatga olib, yordam ko‘rsatishda davom etamiz”.

Bu O‘zbekiston hukumatining Ukrainadagi urush haqidagi ilk jiddiy bayonoti bo‘ldi. Bunga qadar TIV A. Komilov faqat bir marta bu masalaga tegib o‘tgan.

Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lgan II Diplomatik forumda, o‘shanda ham savollarga javob bera turib, O‘zbekiston Ukrainadagi zo‘ravonlikning to‘xtatilishi tarafdori ekanini bildirgan edi:

“Biz juda xavotirdamiz. Bu haqda ko‘p gapirishimiz mumkin. Ammo, dunyodagi aksariyat odamlar singari, biz ham zo‘ravonlikning to‘xtatilishini va barcha muammolar siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilinishini xohlaymiz”.

Vazir, 17-mart kungi chiqishida ham, 13-mart kungi chiqishida ham urush jumlasini tilga olmadi. “Ukraina tegrasidagi vaziyat”, “Ukrainadagi holat”, “mojaro” kabi umumiy jumlalar bilan cheklandi.

"Kutilmagan iroda"

Senat yig‘ilishida qatnashgan o‘zbekistonlik huquqshunos bloger Zafar Solijonov Komilovning bayonotini “kutilmagan iroda” namoyishi, deb baholadi.

“A. Komilov Ukraina masalasida, o‘zining kutilmagan va irodali munosabatini aytib o‘tdi. Ukrainaning mustaqilligini, suverenitetini tan olganmiz, dedi. Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumatining Ukrainaga gumanitar yordam berayotganini rasmiy birinchi marta tan olib aytdi. Bunga qadar 28 tonna gumanitar yordam berilganini Ukraina elchisi ma’lum qilgan edi. Menimcha, bunaqa paytda biz hukumatimizning bunaqa irodali qarorini qo‘llashimiz kerak”, dedi jurnalist Ozodlik bilan muloqotda.

"Munosabatini aniq bildirdi"

Ukrainadagi urushni qoralagan va bu masalada fuqarolik pozitsiyasini bildirish uchun Toshkentdagi ukrain elchixonasiga borgan o‘zbekistonlik iqtisodchi Yuliy Yusupov ham bu bayonotni olqishlashini bildirdi:

“Menimcha, bu juda jiddiy bayonot. O‘zbekiston har qanday nizoning harbiy yo‘l bilan yechilishiga nisbatan salbiy munosabatda ekanini aniq bildirdi va Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini aniq-tiniq tan olishini tasdiqladi. Men, o‘z yurtimning butun insoniyat uchun pritsipial bo‘lgan bu masalada o‘z pozitsiyasini shunday belgilaganidan juda xursandman”.

Abdulaziz Komilov - O‘zbekiston hukumatining Ukrainadagi urush haqida bayonot bergan ilk hukumat vakilidir.

"Neytral" pozitsiya

O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov 26-fevral kuni rasmiy Telegram-kanalida e’lon qilingan bayonotida Toshkent Ukraina masalasida "neytral pozitsiya"da ekanini bildirgandi.

Bu bayonot 25-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Vladimir Putin o‘rtasida kechgan telefon muloqoti ortidan berilgan.

Bundan tashqari, 14-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon suhbatida ham Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilgani bir jumlada rasman xabar qilingan.

Aytilmagan gumanitar yordam

AQSh davlat departamenti bergan bayonotda aytilishicha, 9-mart kuni Vashingtondagi so‘zlashuvlarda davlat kotibi Entoni Blinken, O‘zbekiston delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Abdulaziz Komilov bilan muloqotda, “Rossiyaning Ukrainaga qasddan, sababsiz va asossiz hujumi xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish ekanini ta’kidlagan”.

O‘zbekiston tomoni esa Ukrainaga gumanitar yordam yetkazayotganini bildirgan.

“Davlat kotibi O‘zbekistonning Ukraina va Afg‘oniston xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordamini yuqori baholadi va Qo‘shma Shtatlar terrorchilar Afg‘onistondan xavfsiz boshpana sifatida foydalanishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaslik niyatini ta’kidladi”, deyiladi Davlat departamentining 9-mart kungi bayonotida.

Ukrainaning Toshkentdagi favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenko esa, 9-mart kuni Ozodlikka bergan intervyusida, bu gumanitar yordamning 28 tonnalik dori-darmon va tibbiy vositalardan iborat ekanini ma’lum qildi:

“Biz O‘zbekistondan gumanitar yordam oldik, dori-darmon va tibbiy vositalardan iborat 28 tonna gumanitar yordam allaqachon Ukrainaga jo‘natildi. Volontyorlar ham yordam yig‘ishni tashkil qilishyapti. Ammo, biz O‘zbekiston hukumatidan gumanitar yordam jo‘natilishi haqida rasmiy xabarnoma oldik, bu yordam allaqachon jo‘natildi”.

Mintaqada "fasilitatorlik" imkoni

Hozirda Buyuk Britaniyadagi Central Asia Due Diligence tahlil markazi direktori bo‘lgan o‘zbekistonlik tahlilchi Alisher Ilhomovga ko‘ra, bugunga kelib rasmiy Toshkentning sukut ichidagi “neytral”lik pozitsiyasidan “Ukraina hududiy yaxlitligini tan olish” pozitsiyasiga o‘tishida - Vashingtondagi muzokaralarning ahamiyati kattadir.

“Bu pozitsiyani Rossiya agressiyasiga nisbatan biroz tanqidiy, deyish mumkin. O‘zbekiston hukumati pozitsiyasidagi bu o‘zgarishga 2 faktor sabab, menimcha. Birinchidan, Rossiyaning Ukrainani harbiy yo‘l bilan egallash bo‘yicha strategik rejasi to‘liq barbod bo‘lgani ko‘rinib qoldi. Rossiyaning harbiy qudrati haqidagi mif ham fosh bo‘ldi. Rossiya geosiyosiy yolg‘izlikda qoldi va tashqi dunyoga ta’siri juda zaiflashdi. Bu O‘zbekistonga biroz jasurroq pozitsiyani egallash imkonini berdi.

Ikkinchidan, 9-martda Vashingtonga qilgan safari paytida, agar O‘zbekiston bu masalada aktivroq pozitsiyani olib, Kremlga qarshi global miqyosda shakllangan koalitsiya tomoniga o‘tmasa, o‘z obro‘si va xalqaro maydondagi o‘rnini yo‘qotishi mumkinligini Komilovga tushuntirishdi. Chunki, O‘zbekistonda hozir aynan shu masalada Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida, Moskvaning ekspansiyasiga qarshi, shu xalqaro koalitsiya nomidan fasilitator (muvofiqlashtiruvchi) bo‘lish imkoni bor. Hozircha, O‘zbekistonning bu imkoniyatdan foydalanishiga ishonchim komil emas, ammo shu tomonga bir qadam tashlandi, deyishim mumkin”.

Tahlilchi, shu yil 2-martida BMT Bosh assambleyasi Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirishi qoralangan rezolyutsiyani ma’qullagan davlatlarni nazarda tutmoqda.

Unda Rossiya harbiy harakatlarni to‘xtatish hamda o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududida olib chiqib ketishga chaqirilgan. Rezolyutsiyani BMTga a’zo 193 ta davlatdan 141 tasi dastaklagan.

Rossiya, Belarus, Suriya, Shimoliy Koreya va Eritreya bunga qarshi ovoz bergan. 35 ta davlat esa ovoz berishdan tiyilgan, O‘zbekiston ovoz berishda qatnashmagan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Купить контейнер 20 футов: где в СПб?

Предложение квартир в новостройках Московской области выросло на 5,8% за месяц

Томенко уволил вице-губернатора Алтайского края, арестованного в Москве

Власти Ирана подтвердили смерть президента страны Раиси

Музыкальные новости

Снять свой Художественный фильм.

В столице Туркменистана - Ашхабаде открыли памятник легендарному армянскому поэту и композитору Саят-Нове

Google похвалилась преимуществами своего ИИ — Gemini Advanced

Россия, Культура, Теат, Дети, ПДД: кукольным языком о дорожной безопасности детям показали в Ульгэре

Новости России

Джикия обратился к болельщикам «Спартака»

Синоптики сообщили о потеплении до +24 и отсутствии осадков в Москве 20 мая

«Тетя Таня» Судец из «Спокойной ночи» раскрыла размер своей пенсии

Известный дизайнер Александр Селипанов основал бренд гиперкаров Nilu27

Экология в России и мире

Укусил клещ

Азербайджанцев оправдали за убийство спортсмена Евгения Кушнира в Самарской области. Делом заинтересовался глава Следкома РФ А. Бастрыкин

В Санкт-Петербурге открылся первый магазин китайского бренда Balabala

Электрические зубные щетки Revyline RL010 White и зубную пасту Revyline Smart заказать в Якутске

Спорт в России и мире

Диего Шварцман: «Два чилийца в полуфинале в Риме. Шесть латиноамериканцев в топ-30. А ATP в следующем году уберет один из турниров в Южной Америке»

Потапова не смогла пробиться во второй круг турнира WTA в Страсбурге

Потапова проиграла на старте турнира WTA-500 в Страсбурге

Рахимова прошла во второй круг турнира WTA в Рабате на отказе Таунсенд

Moscow.media

Шапки женские вязаные на Wildberries, 2024 — новый цвет от 392 руб. (модель 466)

Недорогой и надежный кроссовер Kia поступил в продажу в России по цене ниже, чем у китайских аналогов

16-летнюю Volvo продали за рекордный срок

Шапки женские на Wildberries — скидки от 398 руб. (на новые оттенки)







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *