Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Ukrain diplomati: “Rossiya NATO bilan to‘qnashuv chiqaradigan kunga oz qoldi”

Ukrain diplomati: “Rossiya NATO bilan to‘qnashuv chiqaradigan kunga oz qoldi”

BMT urush boshlanganidan beri Ukrainada 925 nafar tinch aholi, jumladan 75 nafar bola nobud bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, 1496 kishi yaralangan bo‘lib, ulardan 75 nafari bolalardir. Bu dastlabki ma’lumot xolos, o‘lganlar va yaradorlar soni ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.

Voqealarning keyingi rivoji qanday bo‘ladi? Rossiya bilan kelishish imkoni bormi? “Nastoyashcheye vremya” telekanali ushbu savollar bilan Ukrainaning AQShdagi sobiq favqulodda va muxtor elchisi Valeriy Chaliyga murojaat qildi.

– Bilishimizcha, Siz Vladimir Putin bilan kelishishdan foyda yo‘q va bunday qilmaslik kerak, deb hisoblaydiganlar sirasidansiz.

– Birinchidan, men Ukraina fuqarolari sirasiga mansubman. Ikkinchidan, Ukraina prezidenti yaqinda beistisno barchamizning fikrimizni ochiq ifoda etdi. Ya’ni, hech kim yerimizni dushmanga topshirmoqchi, taslim bo‘lmoqchi emas. Muzokaralarga kelsak, men Vladimir Putin rahbarlik qilgan delegatsiya bilan olib borilgan muzokaralarda ishtirok etganman, uning pozitsiyasini juda yaxshi bilaman.

 

– Mumkin bo‘lsa, bizga so‘zlab bering – bu jarayon ichkaridan qanday ko‘rinadi?

– Yo‘q, menga shaxsan nima deganini aytmayman, hatto Rossiya bilan urushayotgan bo‘lsak ham – diplomatiyaning muayyan prinsiplari shuni taqazo etadi. Shaxsan men unga qator savollar berib, javob olganman, menga hammasi tushunarli. Umumiy vaziyatni esa quyidagicha izohlashim mumkin: Rossiyaning, Putinning, uning tevaragidagi odamlarning maqsadi ayon. Ular chindan ham Ukrainaning hozirgi ko‘rinishida, ya’ni suveren va mustaqil yashashini istamaydilar.

O‘tgan muzokaralarda ikki narsani bilib oldim: birinchidan, ular muzokarani ko‘pincha shunchaki navbatdagi hujumlarga hozirlik ko‘rish uchun qo‘llashadi, chunonchi, 2015-yili Minskda shunday bo‘lgan edi, o‘sha muzokaralarda men ham qatnashganman. Yodingizda bo‘lsa, ukrain armiyasi qurshovda qolgani va taslim bo‘lishi lozimligi u yerda eng muhim masala bo‘lgan edi. Bugun ham shunaqa ahvol, men shunchaki hozir yuz berayotgan voqealar analogini keltirdim. Ya’ni, bunaqa talab bo‘lishi hozirdanoq ma’lum, shu bois bu haqda ochiq-oydin gapiryapman.

Vladimir Putin ukrain harbiylarini va u yerdagi tinch aholini qirib tashlash uchun iloji boricha uzoq savdolashishni xohladi. Va ultimatum qo‘yib, vaqtni mumkin qadar cho‘zdi. “Sakkiz ming askaringiz oq bayroq ko‘tarib chiqsin, qurollarini tashlasin”, degan talabni qo‘yishdi. Biznikilar esa buni qabul qilishmadi, rad etishdi. Va harbiylarimiz boshqa pozitsiyalarga o‘tib, mustahkamlanib olishdi. Biroq hozirda yangi vaziyat vujudga kelgan. Ya’ni, hozirda urush – bir-birini qirib tashlash bosqichiga o‘tgan. Qolaversa, men Rossiya NATO mamlakatlari bilan to‘qnashuvni keltirib chiqaradigan kun uzoq emas, deb o‘ylayman.

Barcha choralarni ishga solishyapti, hatto 65 yoshli keksalarni, ona suti og‘zidan ketmagan o‘spirinlarni yo‘llashyapti bu jahannamga. Kimni tashlash mumkin bo‘lsa, tashlashyapti, nega bunaqa qilishayotgani tushunarsiz. Chunki, ko‘rib turibsiz, bizning armiya professional urushmoqda. Rossiya armiyasining qo‘lidan kelgani esa – savdo markazlarini uzoqdan urish bo‘lib qoldi.

– Valeriy, NATO mamlakatlari bilan to‘qnashuv chiqarish Rossiyaga nega kerak?

– NATO javob berishga qodir emasligini, kuchsizligini ko‘rsatib qo‘yish uchun. Bunaqa fikr Rossiya propagandasida ko‘pdan beri mavjud. Men prezident huzuridagi Ukraina-Rossiya guruhi kotibi bo‘lib ham ishlaganman. Binobarin, men ularning kayfiyatini, u yil sayin qanday o‘zgarishini juda yaxshi bilaman. Chunki bu ish bilan professional tarzda shug‘ullanganman, Rossiyaga borganman, ko‘plar bilan muloqotda bo‘lganman. Ularning maqsadini aniq ko‘ryapman. Ular vaziyatni o‘zgartira olishmadi, endi aholini yoppasiga qirishni boshlashdi va askarlikka chetdan odam olib kelishyapti. Bu naqadar telbayona ish ekanligini tasavvur qilasizmi? Bunaqasi fashizm davridan beri bo‘lmagan. 40 million odamning joniga qasd qilish uchun kishi qanchalik telba bo‘lishi mumkin? Ukrainaliklar bizning “xaloskorlar”imizni gullar bilan kutib oladi, degan xayolga borish uchun-chi?

Ha, Moskvada “Ukraina NATOga Rossiya chegaralariga chiqishi uchun o‘z hududidan foydalanishga ruxsat beryapti”, deb o‘ylaydiganlar bor. Birinchidan, NATO boshqa tarafdan allaqachon Rossiya chegaralarida turibdi. Rossiya rahbariyati NATOga qarshi bo‘lsa, nega u bilan urushmaydi? Nega uning o‘rniga Ukraina bilan urushyapti?

– Bu voqealarning barchasi NATOning yaqin kelishini istamaslik bilan izohlanayotgan bo‘lsa, NATO bilan to‘qnashuv chiqarish nega kerak? Axir NATO mojaroda bevosita ishtirok etishdan mumkin qadar uzoq vaqt bosh tortadi, hatto tahdid Alyans hududiga ko‘chgan taqdirda ham bosiqlik qiladi, deb o‘zingiz aytdingiz-ku?

– Rossiya nega provokatsiya qilishi mumkin, deysizmi? Chunki Rossiyada ayni vaziyatdan G‘arbning zaifligini ko‘rsatib qo‘yish uchun foydalanish istagi nihoyatda kuchli.

– Yadroviy elektoratga, ya’ni?

– Nafaqat elektoratga, boshqalarga ham. Ular bundan o‘zgacha bir zavq olishadi. Asosiy mualliflaridan biri Vladimir Putin bo‘lmish mazkur g‘oya juda chuqur bo‘lib, go‘yo Yevropa Ittifoqining ojizligini, G‘arb dunyosi chirib ketganini, Sovet Ittifoqi shunchaki o‘sha davr elitasining no‘noqligi tufayli tasodifan G‘arbga yon berganini, endi esa NATO va AQShning ojizligini ko‘rsatib qo‘yish va revansh olish kerakligini nazarda tutadi.

Bu ishni qilishadi ham, biron haftalik fursat qoldi, shu so‘zlarimni yodda tuting. Keyin hamma narsa qarshi reaktsiyaga bog‘liq bo‘ladi. NATOning munosabati qanaqa bo‘lishini bilmayman lekin. Rost, bilmayman. Chunki hozirda NATO mamlakatlari munosabat bildirishda kechikishyapti, ular allanechuk sermulohaza bo‘lib qolishgan.

– Biroq ularning ham o‘z mantig‘i bor. Munosabat kechikishining o‘ziga yarasha sabablari mavjud.

– To‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, deb o‘ylash katta xato, menimcha. Chunki Rossiya xuddi shundan foydalanmoqchi. Qila olmaydigan ishi haqida oldindan gapirib qo‘yish yaramaydi. Jo Bayden shunday degandi: “Agar rossiyaliklar loaqal bitta amerikalikni o‘ldirishsa, shunga yarasha harakat qilamiz”. Bir emas, ikki amerikalik o‘ldi – nima o‘zgardi?

Xuddi mana shunaqa bayonotlar Putinni haddidan oshiradi. Bu gapni ishonch bilan aytyapman, chunki men ularning avvalgi xatti-harakatlarini ko‘rganman. G‘arbning ojizligi Rossiyani galdagi qing‘irliklarga, jinoyatlarga ruhlantiradi. Rossiya qo‘llayotgan kuchga qarshi undan kattaroq kuch chiqarilmas ekan, bunaqa jinoyatlar keng quloch yozaveradi va Ukraina hududidan chetga chiqadi. Ochig‘i, allaqachon chiqib bo‘ldi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Завершился капремонт старинного дома 1929 года постройки в районе Замоскворечье

Anadolu сообщило об источнике тепла у вероятного места крушения вертолета Раиси

Путин отправил авиацию и около 50 спасателей на поиски президента Ирана Риаси

Владимир Путин попросил передать послание духовному лидеру Ирана

Музыкальные новости

Наследие Шаляпина и Рахманинова представили на выставке-форуме «Россия»

Ульгэр обучает ПДД: Россия, Культура, Театр и Дети

Театр и Культура, Россия и Дети: 15 мая театр кукол Ульгэр представил спектакль «Мүнгэн мүшэдүүд» в стенах Художественного музея для первых классов гимназии №29 Улан-Удэ

Воробьев открыл хоккейный турнир «Кубок Юнисон» в Красногорске

Новости России

Press TV: Спасатели не нашли выживших после крушения вертолета президента Ирана

В ДР Конго заявили об участии американцев и британца в попытке переворота

В Москву приходит лето: Метеоролог рассказал, когда москвичам ждать дождей

Ждать осталось недолго: Синоптик рассказал, когда в Москву придёт метеорологическое лето

Экология в России и мире

Создание Сайтов. Создание веб сайта. Создание сайта html. Создание сайтов цена. Создание и продвижение сайтов. Создание сайта с нуля. Создание интернет сайта.

В столице Туркменистана - Ашхабаде открыли памятник легендарному армянскому поэту и композитору Саят-Нове

МОСКОВСКИЙ ФЕСТИВАЛЬ ПОД ФЛАГОМ РУССКИХ СУПЕРГЕРОЕВ.

Хейтеры набросились на Волочкову после отпуска на Мальдивах

Спорт в России и мире

Соболенко проиграла Свентек в финале турнира WTA-1000 в Риме

Экс‑теннисистка Джорджи обвиняется в краже мебели и ковров на €100 тысяч — СМИ

Российский теннисист Медведев опустится на строчку в рейтинге ATP

Соболенко вышла в финал турнира WTA-1000 в Риме, в двух сетах обыграв Коллинз

Moscow.media

Шапки женские на Wildberries — скидки от 398 руб. (на новые оттенки)

Аул Куруш в Дагестане

Азербайджанский мигрант возмутился из-за того, что в Калининграде суд назначил 4,5 года лишения свободы за убийство в ДТП школьницы. Видео

Правоохранители проверили бывших мигрантов в Джанкое







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *