Qarshilik chempion yigit Elbek Rahimov o‘limida ayblanganlarga sud hukmi o‘qildi
Sudlanuvchilarning 19 nafariga 3 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 1 nafariga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi, voyaga yetmaganlarga 5 yil 6 oydan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda ichki ishlar organlarining sobiq xodimlariga 3 yildan 8 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan