Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Markaziy Osiyo mamlakatlarida konstitutsiya nega beqaror?

Markaziy Osiyo mamlakatlarida konstitutsiya nega beqaror?

Asosiy qonunning o‘zgarishi – Markaziy Osiyo mamlakatlarida tez-tez kuzatiladigan hodisa. Rahbarlar keksayganida yoki almashganida Konstitutsiyaga albatta o‘zgartish kiritiladi, ammo bu rasman “jamiyat talabi” deya izohlanadi. Ozodlik qozoq xizmati mintaqada milliy konstitutsiyalar qachon va qay tarzda siyosiy vaziyatga moslashtirilganiga nazar tashlagan.

Joriy yilning 5-iyunida Qozog‘istonda Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Tegishli farmon 5-mayda prezident Qasim-Jomart Toqayev tomonidan imzolandi. O‘sha kuni Toqayev xalqqa murojaatida konstitutsiyaviy islohotdan maqsad “superprezidentlik” boshqaruv shaklidan – kuchli parlament va hisobdor hukumatga ega prezidentlik respublikasiga o‘tish ekanini aytdi.

Ikkinchi prezidentning ikkinchi tuzatishi

Qozog‘iston Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha ishchi guruh dastavval Konstitutsiyaning 91-moddasida tilga olingan “mustaqil Qozog‘iston asoschisi” maqomi o‘zgarishsiz qolishini, ya’ni birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning “tarixiy roli” inobatga olinishini aytgan edi. Ammo keyinroq guruhning ayrim a’zolari “sobiq prezidentning tarixiy roli barchaga ma’lum va uni Konstitutsiyada mustahkamlash shart emas”, deb taklif kiritishdi.

Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish tashabbusi Qozog‘istonda 230 dan ortiq kishining umriga zomin bo‘lgan yanvar voqealaridan so‘ng boshlangan. Bosh prokuraturaning 3- maydagi ma’lumotiga ko‘ra 731 kishi tartibsizliklardan keyin ochilgan jinoyat ishlari bo‘yicha gumonlanuvchi deb topilgan, 281 kishi hibsda. Hanuz siyosiy baho berilmagan yanvar voqealari chog‘ida prezident Toqayev namoyishchilarga qarata ogohlantirishsiz o‘q uzishga buyruq bergan edi. Kuchishlatar idoralar tergov jarayoni davom etayotganini ro‘kach qilib, ogohlantirishsiz o‘q uzish buyrug‘i va bu buyruqdan so‘ng tinch fuqarolarning o‘qotar qurollardan halok bo‘lishi faktlariga doir savollarga tayinli javob bermayapti. Turli organlarning izohlari bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Boz ustiga, Qozog‘iston hukumati “o‘zimiz eplaymiz” deya yanvar voqealari bo‘yicha xalqaro surishtiruv o‘tkazilishiga rozilik bermagan edi.

Qozog‘istonda yanvar to‘polonlari chog‘ida ro‘y bergan o‘lim holatlari yuzasidan surishtiruv shaffof olib borilmayapti, mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qo‘llanganiga doir ishlarni tergov qilish cho‘zilib ketmoqda, materiallar bir idoradan boshqasiga oshirilyapti, deyiladi Human Rights Watch’ning 5-may kuni e’lon qilingan bayonotida. Xalqaro tashkilot hukumatni tergov uchun maxsus organ tuzishga va xalqaro ekspertlarni jalb qilishga chaqirdi.

Qozog‘iston Konstitutsiyasining 33-moddasiga 56 tuzatish kiritish rejalanmoqda. Yangi normalar asosida 20 ta qonunga o‘zgartishlar kiritiladi. Ishchi guruh tayyorlagan o‘zgartish va qo‘shimchalar 1995-yilda tugatilgan Konstitutsiyaviy sudni qayta tiklash, prezidentga siyosiy partiya a’zosi bo‘lishni, uning qarindoshlariga esa yuqori siyosiy lavozimlarga va kvazidavlat sektoridagi lavozimlarga o‘tirishni taqiqlash, parlament tarkibi va faoliyatiga hamda saylov tizimiga doir o‘zgarishlar, siyosiy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari, o‘lim jazosini man etish va yerga egalik huquqini o‘z ichiga oladi.

Bu Qasim-Jomart Toqayev prezidentligida Qozog‘iston Konstitutsiyasiga kiritilgan ikkinchi tuzatishlar bo‘ladi. Nursulton Nazarboyev vakolat muddati tugamasdan prezident lavozimidan ketgan 2019-yilning martida Toqayevning taklifiga ko‘ra mamlakat poytaxti Nur-Sulton deb nomlangan va Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartishlar kiritilgan edi.

Qozog‘iston o‘z Konstitutsiyasini mustaqillikka erishganidan so‘ng, 1993-yil 28-yanvarda qabul qilgan. Ekspertlar fikricha, u eng demokratik konstitutsiya edi. Biroq 1995-yilda ikkinchi Konstitutsiya qabul qilindi va o‘shandan beri asosiy qonunga besh marta – 1998, 2007, 2011, 2017 va 2019-yillarda o‘zgartishlar kiritildi.

Mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha referendum oxirgi referendum sanasidan 27 yil so‘ngra o‘tkaziladi.

Davlat boshqaruvi tizimini o‘zgartirgan konstitutsiya

Markaziy Osiyoda konstitutsiyaviy islohot bo‘yicha so‘nggi referendum bir yil avval Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tdi. Va ushbu referendumning rasmiy natijalariga ko‘ra Qirg‘iziston parlament respublikasidan prezidentlik respublikasiga aylandi.

Bunga qadar 2016-yilning mayida Tojikiston Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazgan edi.

Tojikistondagi referendumda prezidentlikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirildi, shuningdek amaldagi prezident Emomali Rahmonning prezidentlikka nomzodini qo‘yishidagi cheklov bekor qilindi. Keyinroq Dushanba shahri meri va senat raisi bo‘lgan o‘g‘li Rustam Emomali 2017-yilda 30 yoshga to‘ldi. O‘shanda ekspertlar Tojikistondagi konstitutsiyaviy islohotni Emomali Rahmon o‘z oilasidan voris tayyorlayotgani belgisi o‘laroq talqin qilgan edilar.

O‘zbekistonda ham Shavkat Mirziyoyev iqtidorga kelganidan so‘ng konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 2017-yilda Konstitutsiyaga sud tizimini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan, 2019-yilda esa “hukumat va uning hisobdorligini demokratlashtirish”ga tuzatishlar kiritildi.

2021-yilda prezidentlikka qayta saylanganidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev mamlakatga konstitutsiyaviy islohotlar zarurligini aytdi. Mintaqaning aholi eng tig‘iz yashaydigan respublikasida amaldagi konstitutsiya prezidentga lavozimda o‘n yildan ortiq (ikki marta besh yildan) qolish huquqini bermaydi.

Darvoqe, Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng Konstitutsiya matni O‘zbekiston prezidentining rasmiy saytidan o‘chirib tashlangan edi.

5-mayda Qirg‘iziston Konstitutsiya kunini nishonladi. 1993-yil ayni shu sanada mustaqil Qirg‘iziston Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qabul qilingan edi. Yangi Konstitutsiya qabul qilinishidan bir yil o‘tib, o‘tgan yilning 12-aprelida Sadir Japarov Konstitutsiyaviy sudga murojaat qildi.

Prezident vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi Konstitutsiya loyihasi jamiyatda qizg‘in muhokama qilishdi va bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi; xalq unga “xonstitutsiya” deb nom qo‘yib oldi. Ekspertlar Asosiy qonunda prezident hokimiyatining kuchaytirilishi hokimiyat uning qo‘lida jamlanishiga olib kelishidan xavotir bildirishdi.

Xabarlarga qaraganda, Qirg‘izistonda yangi Konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng siyosiy jarayon baribir mantiqiy yakuniga yetmagan, so‘z erkinligi va muxolifatga bosimlar esa tobora zo‘raymoqda.

“Sharafli Arqadag‘” oilasining konstitutsiyasi

Turkmaniston Konstitutsiya kunini 18-mayda nishonlaydi. Konstitutsiyaga 2020-yilda kiritilgan tuzatishlar amaldagi emas, balki sobiq prezidentning rolini belgilab berdi. Tuzatishlarga ko‘ra 2021-yildan Turkmaniston parlamenti ikki palatali bo‘ldi. Sobiq “oliy vakillik organi” – Xalq maslahati endilikda parlamentning yuqori palatasi hisoblanadi. Turkmanistonda sobiq prezidentlar umrbod maslahat deputati bo‘lib qolishlari mumkin.

Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishidan ikki yil o‘tib, joriy yildagi prezident saylovida Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov iqtidorga keldi. Sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedov esa Xalq maslahatiga rais bo‘ldi.

Sobiq prezident “arqadag‘” (valine’mat) maqomiga ega. Mamlakatda uni “sharafli arqadag‘” deya ulug‘lash odatga aylangan.

“Prezident sayloviga hozirlik”

Qozog‘istonda parlamentarizmni rivojlantirish fondi rahbari, Senatning sobiq a’zosi va jamoat arbobi Zauresh Battalovaga ko‘ra, Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritilishi amaldagi Konstitutsiyaning obro‘yi yo‘qligini anglatadi, jamiyatda keng muhokama qilinmasdan o‘zgartishlar kiritishni esa u “shoshqaloqlik” deb ataydi.

“2007-yilda atigi 17 daqiqa ichida Konstitutsiyani o‘zgartirishgan edi. Keyinroq, o‘sha o‘zgarishlarga binoan parlament saylovi o‘tkazildi. Parlamentda bitta partiya qoldi. Qolganlar esa saylov to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Ana shu shoshqaloqlik bilan kiritilgan o‘zgartishlar Konstitutsiyaga navbatdagi tuzatishlar kiritilishiga sabab bo‘ldi. Men bilgan parlamentda beshta partiya bor edi. Endilikda partiya ro‘yxatlari bilan bir qatorda yana bir mandatli okruglarda saylov o‘tkazishni joriy etishmoqchi. Yana pala-partish ish qilishyapti. Islohot haqida mart oyida e’lon qilindi, iyunda esa referendum bo‘lishi kerak. Bu odamlarning hokimiyatga ishonchini badtar zaiflashtiradi”, dedi Battalova Ozodlikning qozoq xizmati bilan suhbatda.

Uning aytishicha, birgina kishining – prezidentning takliflarini o‘z ichiga olgan Konstitutsiyani qabul qilish jamiyat uchun og‘ir bo‘ladi.

“Tilka-pora ko‘ylakni yamab butlay olmaysiz. Shu bois tizimli islohotlar o‘tkazish uchun yangi Konstitutsiya zarur edi. Hozirda shoshilish uchun birgina sabab bor. Ikki yildan prezident saylovi o‘tkaziladi – shunga hozirlik ko‘rishyapti”, dedi Zauresh Battalova.

Qozog‘istonning amaldagi Konstitutsiyasiga ko‘ra birinchi prezidentdan boshqa hech kim ikki martadan (har bir muddat – 5 yil) ortiq prezident bo‘lib saylanishi mumkin emas.

“Bir kishining hokimiyatda qolish davrini uzaytirish”

Qozog‘iston inson huquqlari va qonuniylikka rioya qilish byurosi rahbari Yevgeniy Jovtis shunday deydi: “Deputatlar bitta qonun loyihasini bir soatdan ziyod muhokama qilishganini eslolmayman. Bizda qonunga o‘zgartishlar juda tez qabul qilinadi, bironta loyiha umumxalq muhokamasiga qo‘yilganini hali ko‘rganim yo‘q”.

Ekspert fikricha, Qozog‘istonda Konstitutsiya siyosiy kon’yunkturaga qarab o‘zgarib turadi.

Zauresh Battalova Qozog‘istondagi vaziyat Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi vaziyatga o‘xshash, deb hisoblaydi.

“Prezident almashdimi – Konstitutsiya ham o‘zgaradi. Markaziy Osiyoda konstitutsiyaviy islohotlar bir kishining hokimiyatda qolish davrini uzaytirishga xizmat qiladi. Holbuki parlament vakolatlarini kengaytirib, uni saylovchilarning orzu-umidlarini inobatga oluvchi organga aylantirish zarur edi. Amalda esa ba’zilar monarxiya yo‘lidan ketdi. Masalan, Turkmaniston. Hatto mintaqadagi yagona demokratik davlat sanaladigan Qirg‘iziston ham o‘tgan yagona odam maqsadlariga moslashtirilgan konstitutsiyani qabul qildi”, deydi Qozog‘istonda parlamentarizmni rivojlantirish fondi rahbari.

Chala qolgan siyosiy institutlar

Rossiyalik siyosatshunos va Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Arkadiy Dubnov Qozog‘iston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan erga egalik huquqiga doir o‘zgartishlarni “muhim” deb hisoblaydi.

“Endi yer xalq mulki bo‘ladi. Amaldagi Konstitutsiyada yer davlat mulki deb e’tirof qilingan. Qozog‘istonda esa davlat hamisha hukumatga, prezident va uning oilasiga tegishli bo‘lgan. Ayni chog‘da hokimiyat bir guruh odamlarning qo‘lida jamlandi, xalq undan chetlatildi. Shu ma’noda ayni o‘zgartishni mazkur shart-sharoit uchun progressiv deb atash mumkin. Bu hozirda Qozog‘istonda ro‘y berayotgan jarayonning qayd etilishi sifatida juda ham muhim”, deydi u Ozodlikka izoh berarkan.

Dubnovga ko‘ra, “Markaziy Osiyoda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar hukmron rejimning kon’yunktur xususiyatlariga, rejimni saqlab qolishga yoki uning o‘rnini egallovchi rejimni qonuniylashtirishga xizmat qiladi”.

“Har gal, iqtidorga kelgan guruh u yoki bu shaklda o‘ziga moslab yangi qonunlar qabul qilishga urinadi. Bu guruhlar Konstitutsiya ularning o‘sha mamlakatda hokimiyatni boshqarish huquqini umrbod qilib rasmiylashtiradi, deb hisoblashadi. Ba’zan hukumatlar demokratik ko‘rinishga tirishib, o‘z istaklarini xalq fikri deya xaspo‘shlaydilar va referendumlar ortiga yashirinadilar. Agar insof qilishsa. Insof qilmagani esa ishni parlament orqali bitirib qo‘yaqoladi”, deydi Arkadiy Dubnov.

Siyosatshunosga ko‘ra, Markaziy Osiyoda parlamentlar demokratik yo‘l bilan saylanmaydi va jiddiy, obro‘li institutlar sanalmaydi.

“Demokratik mamlakatlarda odil sudlov, siyosiy partiyalar, tiyib turish va muvozanatda tutish institutlari mavjud. Ular elektorat bilan hukumat, parlament va ijro hokimiyatining munosabatlarini tartiblaydi. Afsuski, Markaziy Osiyoning hech bir mamlakatida ushbu institutlar oxirigacha shakllanmagan. Ayrim mamlakatlarda mazkur konstitutsiyaviy jarayon demokratik mezonlarga bir oz yaqinlashtirilgan, Turkmaniston kabi davlatlarda esa jarayon “feodal-elektoral” tizim institutiga aylandi”, deydi Dubnov.

Mustaqil Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ilk referendum 1994- yil yanvarda Turkmanistonda o‘tkazilgan. O‘shanda saylovchilar Saparmurat Niyazovning prezidentlik muddatini 2002- yilgacha uzaytirib berishgandi.

O‘shandan beri Markaziy Osiyoda 17 ta referendum o‘tkazildi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Подмосковные коммунисты: Только в труде можно счастье найти!

На внешней стороне ТТК в Москве загорелся автокран

Брала миллионы? Новые свидетельства против «ведьмы» Алёны Полынь

Подъёмный кран загорелся в Москве

Музыкальные новости

Фонд «Восход» выпустил на «Атомайз» первые в России венчурные ЦФА

Apocalyptica выложили кавер на Metallica «The Call Of Ktulu» на виолончелях

«В девять лет я уже был очень любвеобильным». Актер Михаил Богдасаров вспомнил детство в шоу «Вкусно с Анфисой Чеховой» на ТВ-3  

В Подмосковье сотрудники Росгвардии спасли пожилого мужчину, который оказался один дома и плохо себя почувствовал

Новости России

С черного дохода: Минтруд оценил число занятых в тени россиян в 9,6 млн

Врач Городова рассказала, почему опасно пить воду залпом

Россия и Бахрейн обсудили на ПМЭФ-2024 реализацию совместных инициатив

Риелторы прогнозируют снижение цен на «вторичку»

Экология в России и мире

Производители кроссовок New Balance и Under Armour подали около 1000 исков к российским продавцам

Новая коллекция ювелирных украшений Louis Vuitton

Фонд «Восход» выпустил на «Атомайз» первые в России венчурные ЦФА

Новые электрические щетки Revyline RL 085 Black доступны в филиале марки в Ставрополе

Спорт в России и мире

Тарпищев о Медведеве и Рублеве: без травм сыграют в Париже лучше, чем в Токио

Андреевой предрекли борьбу за топ-10 рейтинга WTA в текущем сезоне

Уимблдон и Олимпиада? Что нужно знать о планах Рыбакиной после Ролан Гаррос

Ига Свентек в четвертый раз выиграла Открытый чемпионат Франции по теннису

Moscow.media

Несмотря на санкции, Amazon поставляла технологии распознавания лиц в Россию

"Дети в шоке". В Новоуральске машина ДПС сбила байк с детьми 13-ти и 8 лет

Бурятский Театр кукол Ульгэр в Улан-Улан-Удэ показал в Этнографическом музее народов Забайкалья перед детьми и родителями в семейный праздник сказку Колобок - Новости и Культура, Дети и Россия

Армянские ковры Арцаха (Карабаха) с уникальным орнаментом представлены как «генетический код» Азербайджана - сайт monumentwatch







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *