Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Green Card lotereyasi g‘oliblari e’lon qilindi, o‘tgan yilgi g‘oliblar taqdiri esa savol ostida

Green Card lotereyasi g‘oliblari e’lon qilindi, o‘tgan yilgi g‘oliblar taqdiri esa savol ostida

AQSh Davlat Departamenti o‘tgan hafta oxirida Green Card lotereyasi natijalarini  e'lon qildi. Lotereya g‘oliblari AQShda doimiy yashash huquqini qo‘lga kiritib, kelajakda AQSh fuqarosiga aylanish imkoniga ega bo‘ladi. O‘zbekistondan bu yil qancha da’vogar lotereyada yutgani hozircha rasman aytilgani yo‘q.

Ayni paytda ayrim o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda lotereyada g‘olib bo‘lganlari haqida yozib chiqishdi.

Toshkent Moliya instituti talabasi Bobur Muqadimov 8-may kuni Facebook sahifasida quvonchini boshqalar bilan baham ko‘rdi.

“Menga Congrats Has been selected!!!” deb yozishdi, deya qayd etgan talaba.

Muqadimovga ko‘ra, uning AQShga ketish niyati bo‘lmagan, Green Card lotereyasiga ariza topshirishi esa tasodif bo‘lgan.

“Eng qizig‘i, men Oloy bozori yonida turib, mijoz kutayotgan edim. Stol yonida nimalarnidir to‘ldirayotgan ikki yigitga ko‘zim tushdi. Ular Grin karta anketalarni to‘ldirishayotgan ekan. Faqat 50.000 so‘mga. Pul berdim, yaxshi dedi, kerak bo‘lgan hamma narsani qildi. O‘shandan keyin bu narsa esimdan ham chiqib ketgan ekan, ketish niyatim ham yo‘q edi. Sababi, O‘zbekistonda hammasi men uchun yaxshi. Mana tekshirdim va yutganim ma’lum bo‘ldi”, degan Muqadimov.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Green Card uchun ariza topshirganlar javobni AQSh Davlat departamentining dvlottery.state.gov saytiga kirib bilib olishlari mumkin.

Buning uchun anketa va shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirish vaqtida olgan tasdiqlovchi raqamni kiritish lozim bo‘ladi.

Har yili O‘zbekistonda 2 milliondan ortiq fuqaro Amerikada yashash huquqini beruvchi Green Card lotereyasida qatnashadi. AQSh Davlat departamenti ma’lumotlariga qaralsa, Green Card o‘ynovchilar ro‘yxatida O‘zbekiston old saflarda.

“Ko‘pchilikning xayolida Amerikaga surish”

35 milliondan ziyod aholiga ega O‘zbekistonda AQShga ko‘chib borib, yangi hayot boshlashni istayotganlar soni o‘sayotganini ko‘rish mumkin.

“Ko‘pchilikni xayolida Amerikaga surish”, - deydi farg‘onalik bloger Dima Qayum. - “U yoqda hayot yaxshi-da. Hamma o‘zida yo‘q narsani orzu qilar ekan-da. Amerika desa sehrli diyor, ko‘chalarda dollar yotgan deb o‘ylaydi-da”.

O‘zbekistonda Green Card lotereyasiga ariza topshirishda har doim samarqandliklar yetakchi bo‘lib kelgan. Yetti yil avval Ozodlik Green Card firibgarligi shu viloyatda quloch yoyganini fosh qilgan.

Samarqandlik bloger Farrux Samarqandiyning Ozodlikka aytishicha, hozir firibgarlik ko‘lami oldingiday emas.

“Endi o‘rtada vositachilar bor, doim bo‘lgan. Oldingi yillari ularning anketasini to‘ldirib berib, yutuq chiqsa, kodini bir necha ming dollarga pullar edi. Hozir anketani to‘ldirgani uchun 100 ming so‘mini oladi. Bir-ikki laqma bo‘lmasa orasida, odamlar ham bilyapti ko‘p narsani. Green Card so‘nggi ikki yil ichida uncha bo‘lmadi. 2019-yili prezident Tramp vaqtincha to‘xtatdi, keyin pandemiya bo‘lib ketdi. Meksika orqali noqonuniy ketuvchilar ko‘paydi”, deydi Samarqandiy.

Ayni paytda o‘tgan yilgi g‘oliblarning taqdiri savol ostida qolmoqda. O‘shanda Green Card lotereyasini yutgan minglab odam pandemiya cheklovlari bois suhbatga chaqirilmay, qolib ketgandi.

“Bizda jimjitlik”

2021-yilgi Green Card lotereyasida g‘olib bo‘lgan toshkentlik Sardor Yo‘ldoshev AQShda hayot qurish imkoniyatini qo‘lga kiritish umididan voz kechmaganini aytadi.

“2021-yilda menga yutuq chiqqan. Pandemiya bo‘lib, suhbatga ham chaqirishmadi, viza ham berishmadi, jim-jit. U payt Toshkentda yigirma nechtadir odam oldi, bo‘ldi. Kuydi ham demayapti, ko‘rib chiqilyapti, deb aytishadi. Boshqa gap yo‘q. Amerikada berilsin, desa berar ekan. Mana o‘shandan beri ikkinchi marta o‘ynalyapti, yutuqlar e’lon qilinyapti, bizniki jim-jit”, - deydi Yo‘ldoshev.

Green Sard lotereyasining minglab g‘olibi pandemiya tufayli Amerikaga ko‘chib o‘tish imkoniyatini qo‘ldan boy berishidan qo‘rqib, Jo Bayden ma’muriyatiga qarshi mahkama da’vosini boshlagan edi.

Da’vogarlar himoyachisi Kertis Morrison dunyoning 141 mamlakatidan 24 mingdan ziyod odam nomidan sudga ariza kiritganini ma’lum qilgan. Ular orasida 350 nafar o‘zbekistonlik ham bor.

Kolumbiya okrug sudi 30-sentabr kuni da’voni ko‘rib chiqib, AQSh Davlat departamenti zimmasiga DV-2021 g‘oliblari uchun 6914 ta vizani zaxiralash majburiyatini yukladi.

Bu da’vogarlar tomonidan talab etilgan, 2021-moliyaviy yilda berilgan DV vizalarning 31 foizini tashkil etadi.

Ozodlik da’vogarlar arzi yuzasidan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasiga murojaat qildi.

Elchixona konsullik xizmati avvalgi yillardagi Green Card lotereyasi masalasida arzchilar AQSh Davlat departamenti huquqshunosiga murojaat etishni tavsiya qildi.

AQSh Davlat Departamenti ariza topshirish bepul ekani, pul mukofoti evaziga yutuq kafolatlayotgan shaxslarga aldanib qolmaslik haqida ogohlantirib keladi.

Green card firibgarligi

O‘zbekistonda har yili Green Card lotereyasi o‘ynalishi arafasida "grin-karta firibgarlari" faollashgani kuzatiladi. Farrux Samarqandiy fikricha, bunda asosiy muammo fuqarolarning bilimsizligida.

“Asosiy sabab topshiruvchilar ingliz tilini bilmasligi, shu tufayli tarjimonlik xizmatiga murojaat qilishadi. Oldin kodini bermas edi, kodini sotardi. Ba’zi laqmalar bilmaydi. Yutuq chiqqan bo‘lsa, ba’zi joylarda suyunchi puli deb, 4 ming dollargacha olganini bilaman. Bu firibgarlik aslida. Masalan, mening o‘zim har yili to‘ldirib, o‘zim topshiraman, boshqalarga ham shunday qilishni tavsiya qilaman”, deydi Farrux Samarqandiy.

Dunyo bo‘yicha har yili deyarli 10 million kishi bu dasturda ishtirok etadi.

AQSh Davlat Departamentiga ko‘ra, O‘zbekistondan har yili 5 mingga yaqin kishi lotereyada o‘ynash uchun ariza topshiradi. 2018-yili bu raqam qariyb to‘rt baravar ko‘p bo‘lgan, 2 million 114 ming o‘zbekistonlik Amerikada yashash huquqini beruvchi Green Card lotereyasi o‘yinida qatnashgan.

1990-yilda asos solingan Green Card dasturi doirasida har yil 50 mingga yaqin immigrant Amerika Qo‘shma Shtatlarida doimiy yashash huquqini qo‘lga kiritadi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Сын артистки Светланы Немоляевой опроверг сообщения о госпитализации матери

Работы астраханского фотографа Дмитрия Дадонкина выставят в Эрмитаже

Итоги хоккейного сезона подвели в Подольске

Воронежский «Буран» узнал своих соперников по чемпионату ВХЛ-2024/25

Музыкальные новости

Куклы Ульгэра учат детей и подростков ПДД: Россия, Культура, Театр и Дети

NYT: встреча Путина и Си Цзиньпина показала непоколебимость поддержки РФ Китаем

Разгром в Москве и драма в Сочи: «Динамо» без труда сохранило лидерство, но «Краснодар» остался в гонке за золото РПЛ

Снять свой Художественный фильм.

Новости России

Москва готова оказать помощь в поиске президента Ирана Раиси

Доигрались в русофобию: Япония всё-таки лишилась сахалинского газа, но не одна, а на пару с Британией

NYT указала, что ЧП с вертолетом Раиси произошло в «деликатный» момент дипломатии

Работы астраханского фотографа Дмитрия Дадонкина выставят в Эрмитаже

Экология в России и мире

Шапки женские на Wildberries — скидки от 398 руб. (на новые оттенки)

В Санкт-Петербурге открылся первый магазин китайского бренда Balabala

В столице Туркменистана - Ашхабаде открыли памятник легендарному армянскому поэту и композитору Саят-Нове

Россия, Культура, Театр и Дети - о ПДД детям показали артисты постановку в театре кукол Ульгэр в Бурятии

Спорт в России и мире

Соболенко вышла в финал турнира WTA-1000 в Риме, в двух сетах обыграв Коллинз

Российский теннисист Медведев опустится на строчку в рейтинге ATP

Первая ракетка Казахстана вышла в финал турнира WTA в Италии

Теннисисты Роджер Федерер и Рафаэль Надаль стали лицами рекламной кампании Louis Vuitton

Moscow.media

Вендор технологических решений DатаРу перешел на сервис кадрового ЭДО от HRlink

МОСКОВСКИЙ ФЕСТИВАЛЬ ПОД ФЛАГОМ РУССКИХ СУПЕРГЕРОЕВ.

16-летнюю Volvo продали за рекордный срок

Bluetooth-сканер штрих-кодов SAOTRON P04 на базе CMOS-матрицы







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *