Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Hokimlar fermer yerini olib qo‘yishda davom etmoqda

Hokimlar fermer yerini olib qo‘yishda davom etmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan joriy yilning 9-iyunida ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritilib, fermerlar yerini hokimlar qarori bilan davlat zaxirasiga olib qo‘yish amaliyotiga chek qo‘yilgan edi.

Hokimlarning fermerlar yerini olib qo‘yish vakolati qonunan tugatilgan bo‘lsa-da, Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, turli tumanlarda fermerlar yerlarini davlat zaxirasiga topshirish haqida majburan ariza yozdirib olish hamon davom etmoqda.

Surxondaryo viloyat, Sherobod tumani hokimi Ziyodilla Davlatov ham avgust oyida suv yo‘qligi bois klaster bilan g‘alla shartnomasini bajara olmagan o‘nlab fermerni zalga qamab, majburan ariza yozdirib olgan.

Sherobod tumani hokimining o‘rinbosari Shuhrat Xo‘janov nima sababdan fermerlardan ariza yozdirib olinganini izohlay olmadi.

Fermerlarning aytishlaricha, hokimlardan bu vakolat olib qo‘yilgani bilan ular fermerdan yerni tortib olish haqida qaror chiqaradigan Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston prezidenti joriy yil 9-iyunida “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan hokimliklarning yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, ayni hujjat bilan yoki bir vaqtning o‘zida yerni olib qo‘yish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish taqiqlangan edi.

Ammo prezidentning bu qarori aksar tuman hokimlariga yetib bormagan ko‘rinadi.

Sherobod tumanidagi “Abdusalim Polvon Rajabov” fermer xo‘jaligi raisi Jamshid Rajabovning aytishicha, avgust oyining o‘rtalarida tuman hokimi ikki mustaqil yuridik subyekt ishiga qo‘pol tarzda aralashib, fermerlardan yerini zaxiraga topshirish maqsadida majburan ariza yozdirib olgan:

“Hokimlikning katta majlislar zaliga hokim hamma fermerni chaqirdi. O‘rtada hokim ikki yonida IIB boshlig‘i bilan prokuror. Hudud bo‘yicha bitta-bitta fermerni oldiga chaqirib, g‘alla rejangni bajara olasanmi yoki yo‘q, deb so‘rayapti. Yo‘q, bajarolmayman, suv bo‘lmadi, dori bo‘lmadi deiyshiga qaramasdan, arizasini yozdirib, pechat bosdirib olyapti. Keyin meni chaqirib, bajara olasanmi dedi. Men, davlat zaxirasi 25 sentnerni bajaraman, klaster bilan shartnomaga bug‘doy qolmaydi, dedim. Arizani yozdirdi, pechatim uyda qolgani uchun uchastka noziri uydan borib olib keldi. Ungacha meni chiqarmay ushlab o‘tirdi. Majbur pechatni qo‘yib chiqib ketdim”.

Fermerning aytishicha, u davlat zaxirasiga gektaridan 25 sentnerdan g‘alla berish shartnomasini bajargan, ammo suv tanqisligi va klaster o‘z majburiyatlarini bajarmagani sabab fyuchers shartnomani bajarolmay qolgan:

“Suv bermadi vaqtida, bor-yo‘g‘i 300 kilodan mineral o‘g‘it berdi. Bunaqada g‘alla bo‘ladimi, hali ham yonimizdan qo‘shib shuncha qildik. Umuman g‘alla topshira olmagan fermerlar ham bo‘ldi, hammadan ariza yozdirib oldi. Keyin ko‘pchilikni arizasini qaytarib berdi, ammo menga qaror chiqartirib, yerimni tortib oldi”.

Ismi sir qolishini so‘ragan boshqa denovlik fermer ham hokim klaster yonini olayotganini aytadi:

“Men ham bu yil g‘alla topshirolmay, qilgan xarajatimga kuyib qoldim. Chunki, suv bo‘lmadi. Suv beringlar deb hokimga ham, qishloq xo‘jaligi boshqarmasi rahbariga ham necha bor yalinib bordim. O‘zlari bila turib endi g‘alla talab qilyapti. Sharoitni qilib ber, keyin so‘ra deydigan odam yo‘q. Klaster bilan qilingan shartnomaga ko‘ra, agar bajarolmasam kelishilgan summaning 0.25 foizi miqdorida jarima to‘lashim kerak. Bor gap shu, lekin mendan ham majburan ariza yozdirib oldi”.

Sherobod tumani hokimi Ziyodilla Davlatovning mobil telefoni o‘chirilgani bois, u bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi.

Tuman hokimining qishloq xo‘jaligi ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Xo‘janov Ozodlik bilan suhbat avvalida majburan ariza yozdirib olinganini inkor qilar ekan, so‘ngra fermer “yomon ishlagani” uchun undan ariza olinganini tasdiqladi:

“Abdusalim polvon Rajabov”mi? U o‘zi yozib bergan. U o‘zi ishlamaydigan fermer, oylab axtarib topib bo‘lmaydi, dalaga bormaydi. Shuning uchun arizasi olingan”.

Ozodlikning agar fermer umuman ishlamasa, davlat zaxirasiga gektaridan 25 sentnerdan g‘allani qayerdan topshirdi, nega hokimlik ikki mustaqil subyekt munosabatlariga aralashdi, degan savollariga hokim o‘rinbosari javob berolmadi.

Buxorolik fermer Shuhrat Razzoqovning aytishicha, yerni tortib olish funksiyasi hokim boshliq mahalliy Kengashlarga berilgani bois, fermerlar hali ham hokimlarning ta’sir kuchi ostida qolmoqda:

“Hokimlardan yerni tortib olish vakolati olingani bilan ular ijroning boshliqligicha qolmoqda. Yer olish vakolati hozir xalq deputatlari tuman Kengashlariga o‘tgan. Kengashning raisi esa yana o‘sha janob hokim. Bizning deputatlarimizni esa bilasiz, hokim nima desa o‘shanga qo‘l ko‘taraveradi. Shuning uchun ham qonun chiqaruvchi organning rahbari ijroda ishlamasligi kerak. Qachonki Kengash rahbari hokimlardan tashqari mahalliy deputatlarning o‘zidan saylansa, keyin bir o‘zgarish bo‘lishi mumkin”.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

В Москве и Санкт-Петербурге открыли сезон фонтанов

Танец как способ самовыражения. Сборная РУДН по чир-хип-хоп-спорту – первые в Московских студенческих играх

Над Орловской областью прошёл дождь с песком

На подмосковных КПО определили лидеров выборки вторсырья за неделю

Музыкальные новости

Заместитель генерального директора сети клиник «Евроонко» выступил на конференции онкологов в Белгороде

По запросу Баку в Москве незаконно был задержан известный российский политолог Михаил Александров

В Екатеринбурге встретили Знамя Победы, которое едет через всю страну

Сергей Трофимов выступит с летним концертом в Зеленом Театре ВДНХ

Новости России

Дачи и паводки. Эксперты рассказали, можно ли сдержать рост цен на стройку

Можно ли самостоятельно продезинфицировать квартиру

Ещё один гражданин Таджикистана. Суд арестовал 12-го фигуранта дела о теракте в «Крокусе»

Продолжаются работы по озеленению города

Экология в России и мире

Более 100 студентов посетило СЛД Курск в рамках акции «Неделя без турникетов»

5 лучших бьюти-средств для тела на весну

Дом, милый дом: участки под строительство от компании Родные земли, цены, отзывы

По запросу Баку в Москве незаконно был задержан известный российский политолог Михаил Александров

Спорт в России и мире

Линетт сыграет против Соболенко во втором круге турнира WTA в Мадриде

Свёнтек: я чувствую, что с каждым годом получаю всё большую поддержку

Потапова проиграла Фернандес во втором круге турнира WTA в Мадриде

Самсонова победила Осаку и вышла в третий круг турнира WTA 1000 в Мадриде

Moscow.media

Военные следователи провели очередной рейд по бывшим мигрантам в городе Армянске Республики Крым

ТСД SAOTRON RT-T50: высокопроизводительный терминал сбора данных промышленного класса

Частота страховых случаев по ОСАГО для такси в 6,6 раза выше, чем по полисам на другие легковые машины – ЦБ РФ

Новый транспортный хаб начали строить Казахстан, РФ и Китай







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *