Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

"Svet va gazning yo‘qligi Allohdan" degan Toshkent bosh imomi tarmoqlar g‘azabiga uchradi

Qishning ilk o‘n kunligida O‘zbekiston energetik bo‘hron domida qoldi. Mamlakat bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida soatlab uzilishlar, gaz to‘ldirish shoxobchalarida turnaqator navbatlar kuzatilmoqda.

Ijtimoiy kayfiyat tarang bo‘lib turgan bir vaqtda Toshkent shahri bosh imom-xatibi Rahmatulloh Sayfiddinov aholini shukr va sabrga chorlab ma’ruza qildi. U “ota-bobolar ham chiroq va gazsiz yashagani”ni ta’kidlar ekan, musulmonlarni ijtimoiy tarmoqlarda bu muammoni ko‘tarib, “mamlakatni butun dunyoga sharmanda qilmaslik”ka da’vat etdi. Ulamo "vahima, to‘polon, qo‘zg‘olon bilan ish bitmasligi"ni uqtirdi.

Poytaxt bosh imomining ushbu chiqishi jamoatchilik faollarini darg‘azab qildi.

“Yana shukrga, sabrga chorlov, yana o‘zlarining qolipiga solish uchun gumrohlashtirish kampaniyasi avjiga chiqdi. Buni zudlik bilan to‘xtatish kerak. To‘xtatish uchun tinmay e’tiroz bildirish, yozish kerak”, deydi jurnalist Umid Soriyev Feysbukdagi postida.

Jurnalistning ogohlantirishicha, imom-xatib “sodda xalqni ommaviy tarzda qullik, tobelikka chorlamoqda”.

Taniqli yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon imomning munozarali ma’ruzasiga javoban islom olamida mo‘’tabar sanalgan sahobalarning adolatini yodga oldi.

"Abu Bakr Siddiq (r.a.) xalifa etib saylanib ilk qilgan xutbalarida boshliq sifatida bosh vazifalarini ADOLAT O‘RNATISH deb belgilaganlar. Adolat poydevorida esa, mazlumning haqini zolimdan olib berish yotishini uqtirganlar!..

...Qazoi qadar shu ekan-da, deb qo‘yaqolishmadi, shu o‘zimizning boshliq, shu ishlar o‘zimizning ishlar, deb indamay sabr qilib o‘tiraverishmadi, quruq duo etib yotaverishmadi – bu yog‘i nima bo‘ladi endi?!” deya xitob qildi taniqli adib.

Jamoat faoli Musannif Adhamga ko‘ra, “issiqqina masjid minbarida o‘tirib olib, sovuqda qaltirayotgan, gaz quyish shoxobchalarida tong ottirayotgan, qorong‘ilikda timirskilanib yurgan xalqni noshukrlikda ayblash, ularni nihoyasi yo‘q holatga “sabr” qilishga undash ayni dinfurushlik – dinni sotib kun ko‘rish, non yeyish, qorin qappaytirib, bola-chaqa boqishdir”.

“Xalq o‘z yeridan chiqayotgan gazni, qonuniy haqqi bo‘lgan elektr tokini berishni talab qilayotgan bo‘lsa-yu, hukumat noqobilligi, ishlarni eplolmasligi sababli bu talabni bajara olmay, kamiga mum tishlab o‘tirgan bo‘lsa, uni oqlash uchun dinni dastak qilmang... Din peshvosi zolimning emas, mazlumning yonida bo‘lishi, adolatga rioya qilishi kerak”, deb yozdi M.Adham.

Telegramdagi “Platforma.uz” kanali esa, bugun "siyosatchilar duogo‘y mullaga, ulamolar esa geosiyosatchiga aylanayotgani" haqida yozdi.

“Mintaqamizda va, umuman, dunyoda favqulodda chigallashib ketgan geosiyosiy va geoiqtisodiy muammolar masjidlarimizga ham ko‘chib o‘tganday... Domlaning va’zini tinglab turib, u mohiyatiga ko‘ra geosiyosiy xarakterga ega ekanligini ilg‘ash qiyin emas. Ha, zamon shunday bo‘ldiki, siyosatchilarimizning ko‘pi duogo‘y mullaga, ulamolarimiz esa geosiyosatchiga aylanib qolishdi”, deydi muallif.

Bloger Aqida Xonim "Biz besabr va noshukrlarni kechiringlar, domla!” deya istehzo qildi.

 

“... Hozir duxovkani yoqib, og‘zini ochib oyog‘imni miltillab turgan olovida isitib o‘tirib shu postni yozyapman. Biz besabr va noshukrlarni kechiringlar, domla!” deb yozdi u.

“Bobolarimiz elektrsiz, gazsiz yashadi, o‘lmadi”, degan ma’ruzani o‘qidi. Keyin jipga minib ketdi. Tuya yoki otga emas!” deya zaharxanda qildi boshqa bir bloger Sanjar Xo‘ja.

 

Vodiylik tarmoq foydalanuvchisi poytaxt bosh imomiga yo‘llagan keskin raddiyasida aholini emas, balki yozda qishning g‘amini yemagan mas’ullarni tanqid qilish kerakligini ta’kidladi.

“Men O‘zbekistondan fuqarolikni iltimos qilib olmaganman. Ota-bobolarim, yetti avlodim shu yerda tug‘ilgan. Alloh bizni shu yurtda dunyoga keltiribdimi, shu yurt yer ostiga ko‘milgan tabiiy boyliklardan foydalanishni talab qilishga haqim bor, chunki u boyliklar meniki hamdir!” dedi u.

Telegramdagi “Devonayi Haqgo‘y” kanali muallifi chinakam diniy ulamo odamlarni soxta shukronalikka chorlash o‘rniga minbarlarda xalq dardini baralla aytishi kerakligini urg‘uladi.

 

O‘tgan yili Toshkent shahar bosh imom-xatibi etib tayinlangan Rahmatulloh Sayfiddinov qator ijtimoiy mavzulardagi ziddiyatli ma’ruzalari bilan avval ham muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Imom jumladan, erkaklarning doyalik qilishini sharmandalik, turk seriallarini esa millat zehniyatiga zararli, deb qoralagan.

O‘tgan yil fevralida O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi Sayfiddinovning “amri ma’ruf”ni taqiqlash O‘zbekiston hukumati siyosatiga zid" degan so‘zlariga raddiya berib chiqqandi.

Diniy idora "imom-xatiblarga ixtilofga sabab bo‘ladigan mavzularni masjid mehrobida turib muhokama qilmaslik tushuntirilgani"ni bildirgan.

Ammo Toshkent shahar bosh imom-xatibi chuqur energetik inqiroz fonida aholini sabr va shukur qilishga chaqirayotgan birinchi va yagona ulamo emas. O‘zbekistonda rasmiy imomlarning dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi va’zlari diniy idora hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan muvofiqlashtiriladi, deb ishoniladi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Разгром в Москве и драма в Сочи: «Динамо» без труда сохранило лидерство, но «Краснодар» остался в гонке за золото РПЛ

Мотоциклист впал в кому после столкновения с легковым авто в ТАО Москвы

Команда из Егорьевска победила на футбольном турнире в Сочи

NYT: встреча Путина и Си Цзиньпина показала непоколебимость поддержки РФ Китаем

Музыкальные новости

RPG Battle of Souls доступна в Google Play 2 стран

Летний дэгэлфлешмоб объявлен в Бурятии театром Бурдрамы: Россия, Театр, Культура, Дети

Состоялась Байкальская театральная школа в Бурятии: Россия и Культура, Дети

Наследие Шаляпина и Рахманинова представили на выставке-форуме «Россия»

Новости России

Под Воронежем 43-летний москвич утонул в собственном автомобиле

Историческое архитектурное здание отреставрируют в Коломне

Гинеколог рассказала, какие вирусы можно подхватить в туалете

Зрителей эвакуировали из Большого театра в Москве

Экология в России и мире

Где провести бизнес-встречу в Ростове-на-Дону?

Как поделиться местоположением в WhatsApp: пошаговое руководство

Наследие Шаляпина и Рахманинова представили на выставке-форуме «Россия»

Сотрудники СЛД «Курск» филиала «Московский» ООО «ЛокоТех-Сервис» продолжают проводить экологические акции

Спорт в России и мире

Теннисисты Роджер Федерер и Рафаэль Надаль стали лицами рекламной кампании Louis Vuitton

Соболенко проиграла Свентек в финале турнира WTA-1000 в Риме

Теннисист Медведев может спуститься на пятое место в ATP после "Мастерса" в Риме

Свёнтек прошла в полуфинал турнира WTA-1000 в Риме

Moscow.media

Под красным куполом

Шапки женские вязаные на Wildberries, 2024 — новый цвет от 392 руб. (модель 466)

Седая весна...

Игровые клавиатуры Bloody S515R, B825R: механические свитчи и подставка под запястья







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *