Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Bezorilikda gumonlangan nogironni ushlash uchun niqobli IIB xodimlari tashlandi

Bezorilikda gumonlangan, Namangan shahar, Marg‘ilon MFY yashovchi 34 yashar Sherzod Umarovni ushlash uchun uning uyiga 6-aprel kuni 50dan ortiq niqobli va niqobsiz IIB xodimlari tashlandi.

O‘zini tanishtirmagan va hech qanday order ko‘rsatmagan IIB xodimlarining noqonuniy bosqiniga qarshilik ko‘rsatgan Sherzod Umarovning onasi va ikki singlisini shafqatsiz kaltaklangani iddao qilinmoqda.

Gumonlanuvchining singlisi Zuhra Umarovaning iddao qilishicha, IIB xodimlari uni urib kaltaklashi natijasida bachadonidan qon ketgan va 12 yildan beri kutgan farzandi tushib qolgan.

 

Sherzod Umarovning onasi Oysha Nuriddinovaning aytishicha, uning o‘g‘lini mahallada o‘n kunlarcha oldin sodir bo‘lgan bir bezorilik holatida ayblab, ushlash uchun uyga bostirib kirishgan:

“O‘g‘lingni qochirib yuborgansan" deb, hammamizni organ xodimlari kaltaklashdi. Kichik qizim urishdi. Yiqilib hushidan ketdi, hamma joyi ko‘karib yotibdi. Eshiklarni, hamma joyni sindirishdi. "Nega ruxsatsiz uyimga bostirib kirasizlar, qani order ?", desam, "agar narkoman bo‘lsa order bilan kiramiz, narkoman bo‘lmasa ordersiz kiramiz, o‘g‘lingni topib ber " deb, hammamizni dubinka bilan urib, chiqib ketishdi”.

Sherzod Umarovning singlisi 32 yashar Zuhra Umarovaning aytishicha, IIB xodimlari uni, singlisi va onasini ayovsiz kaltaklashgan:

“IIB, Milliy gvardiya, niqobdagi va qora kiyimdagilar bostirib kelishdi. O‘sha yerda o‘ynab yurgan 3 yashar jiyanimni olgani borsam, bittasi shunday bo‘ynimdan bo‘g‘di, boshqa bitta qora maskadagi chap ko‘zimga urdi. Ko‘zim ko‘rmay qolib, o‘zimni tashlab yubordim. Keyin ular onamni va singlimni bekordan bekorga kaltaklashgan”.

 

Zuhra Umarovaning aytishicha, u turmushga chiqqaniga 12 yil bo‘lgan bo‘lsa, shu paytgacha bo‘yida bo‘lmagan. Bir oy avval o‘tkazilgan test natijasi uning homilador bo‘lganini ko‘rsatgan. Zuhraning iddaosiga ko‘ra, IIB xodimlari uni dubinka bilan kaltaklashi oqibatida ichidan qon ketib, homilasidan ayrilgan:

“Hushimga kelib, onamni yerda yotganini ko‘rdim. Keyin ularga "nega onamni urasan?"- deb yopishib ketdim. Ular esa dubinkalar bilan badanimning o‘ng kelgan joyiga urishdi. Men 12 yildan buyon farzand kutaman, shu oxirgi oy "oy ko‘rmay", homilador bo‘lganimni bilgan edim. Lekin ular shunchalik qattiq urishdiki, qornim og‘rib ichimdan qon ketdi va men 12 yil kutgan farzandimdan ayrildim”.

Sherzod Umarovning yaqinlari iddaosiga ko‘ra, uni uyidan topolmagandan so‘ng, o‘zini tanishtirmagan IIB xodimlaridan biri Sherzodni nomusga tajovuz qo‘yish ayblovi bilan qamatib yuborishni tahdid qilgan:

“Ular chiqib ketayotganda aytishdi. "Shuncha 60ta odam olib keldim, bolangni qochirib yubording. Mahallani oldida bizni sharmanda qilding. Endi sening o‘g‘lingni chiroyli bir statya, iznasilovanie bilan qamaymiz", dedi”.

Sog‘liqni saqlash vazirligi shoshilinch tibbiy yordam markazi Namangan filialidan Zuhra Umarovaga 7-aprel kuni berilgan xulosada uning “o‘ng va chap yelka sohalari yumshoq to‘qimasi lat yeyishi va ko‘karishi” qayd etilgan.

Sherzod Umarov o‘sha kuni uyidan qochib ketgan. Ammo 11-aprel kuni IIV matbuot xizmati, unga qidiruv e’lon qilib, aybsizlik prezumpsiyasiga rioya qilmay, nomusga tajovuz qilishda aybladi.

“Tasvirda aks etgan Namangan shahri O‘zbekiston ko‘chasidagi xonadonda yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan Sherzod Umarov joriy yilning 1-aprel kuni soat 23:30larda Namangan shahrining Bobur bog‘idan voyaga yetmagan qizni uyiga olib borib qo‘yishini aytib, aldab, noma’lum manzildagi xonadonga olib borib, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkan”.

Kirish so‘zida hatto gumonlanuvchi so‘zini ishlatmagan IIV matbuot xizmati, ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan, tutqanoq kasalligi bor, ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turadigan shaxsni qandaydir avtomobilda bir qizni olib borib zo‘rlaganini yozadi:

“Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat sodir etishda gumonlangan Sh.Umarovning qo‘lga olish maxsus tadbiri jarayonida oila a’zolari tomonidan xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatilishi oqibatida gumonlanuvchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan”.

Matbuot xizmati xabarida Sh.Umarov ikki hafta avval bezorilik jinoyati sodir etganini ham iddao qilgan:

“Shuningdek, Sh.Umarov joriy yilning 27 -mart kuni soat 12:30 larda Namangan shahar Yoshlar majmuasi yonidagi chorrahada velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtida, «VAZ-2106» rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan ikki nafar yosh yigitlarni, yo‘lini to‘sganliklarini bahona qilib, ularni urib, do‘pposlab, voqea joyidan yashiringan”.

Aslida, IIB xodimlari Umarovlar xonadoniga bostirib borishganida, ana shu bezorilik uchun Sherzod qidirilayotganini aytgan.

Unga nomusga tajovuz qilish aybi esa keyin qo‘yilgani haqida bloger Olimjon Haydarov yozdi.

“IIVning bergan bayonotida Sherzodbek 1-aprel kuni 9-sinf qizni zo‘rlagan. Lekin negadir shunday "xavfli" jinoyatchiga qidiruv faqat kecha men post qo‘yganimdan keyin e’lon qilingan, yoki aynan shu postdan keyin qidiruv e’lon qilingani butun Respublika bo‘ylab barcha "katta va xolis" saytlarda e’lon qilingan. Nega shu kuniyoq qidiruv e’lon qilinmadi yoki qidiruv e’lon qilingani haqida xabar tarqatilmadi. Bu holat ham shubhali”.

Blogerning yozishicha, Sherzod Umarov holatida aybsizlik prezumpsiyasi buzilgan:

“IIV shaxs daxlsizligi, aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmay(qo‘pol qilib aytganda tupurib qo‘yib), hali gumonlanuvchi bo‘lgan shaxsni ommaviy nafratga duchor qilib, pedofilga chiqarib qo‘ydi. Bu qonunchilikda taqiqlanadi, sababi ommaviy nafrat sabab sud ishni odil ko‘rib chiqishi shubha ostida qoladi. Vaholanki, hali biror isbot yoki dalil yo‘q Sherzodbekni(uning ismini ham aynan IIV e’lon qildi) 9-sinf qizni zo‘rlaganiga oid. Aytaylik dalillar topildi ham deylik. Dalillar topilganidan keyin ham sud hukmi kuchga kirmaguncha hech kim uni pedofil deyishga haqqi yo‘q, qonun bo‘yicha shunday, lekin bu qonunga IIV doimgidek amal qilmadi”.

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Epilepsiya kasalligi bilan bog‘liq shaxsiyatning chuqur buzilishi, birlamchi generalizatsiyalashgan talvasa xurujlari» tashxisi bilan Namangan viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi 3-majburiy davolash bo‘limida nazoratda turadigan Sherzod Umarov 2016 -2021-yillar davomida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277, 169, 165, 118,, 166, 104- moddalari bilan bir necha marta sudlangan.

Sherzod Umarovning yaqinlari iddaosiga ko‘ra, 6-aprel kuni IIB xodimlari niqobda kelib, ayollarni kaltaklaganini xaspo‘shlash maqsadida gumonlanuvchiga og‘ir ayblov qo‘ygan:

“Akam, ikkinchi guruh nogironi. Moshina hayday olmaydi, moshinasi ham yo‘q, pravasi ham yo‘q. Hatto velosipedi yo‘g‘u, moshinani qayerdan oladi? Bular bizni urib tashladi, eshik-derazalarimizni sindirib tashladi. Endi ketlarini yopmoq uchun akamning bo‘yniga u qilmagan ishni qo‘yishmoqchi”.

Ozodlik olgan ma’lumotga ko‘ra 12-aprel kuni IIB xodimlari Sherzod Umarovning singlisi Zuhra Umarovaning uyiga borib, uning erini olib ketishgan:

“Men besh kundan beri kasalxonada edim. Bugun chiqib uyimga keldim. Kelganimdan bir soat o‘tganidan so‘ng yana 10-15ta organ xodimlari hech qanday order ko‘rsatmasdan bostirib kelib erimni ushlab olib ketishdi”

Bloger Olimjon Haydarovga ko‘ra, IIV bayonotida negadir ayollarga kuch ishlatish holatiga to‘xtalib o‘tilmagan. Nima sababdan 3 ayol, jumladan homilador ayol kaltaklangani, ular nima sababdan kishanlangani haqida tushuntirish berilmagan. Shuningdek bu ishlarni barchasi hech qanday rasmiy ruxsatsiz qilinganiga ham tushuntirish berilmagan.

12-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 17da Sherzod Umarovning onasi Oysha Nuriddinova Ozodlikka bog‘lanib, o‘g‘li IIB xodimlari tomonidan ushlangani va qattiq kaltaklanganini aytdi :

"Hozir o‘g‘limni ushlab gorotdelga olib kelishibdi. Borib ko‘rdim. Urib, tepiklab tashlashgan, hamma joyi qon”.

Ozodlik bu holatlarga izoh olish uchun Namangan viloyati IIB Axborot xizmati boshlig‘i, kapitan Sardorbek Boltaboyevning mobil telefoniga bir necha bor qo‘ng‘iroq qildi, ammo hech kim qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

В Подмосковье несколько лосей пересекали трассу строго по пешеходному переходу

Худрук РАМТ Бородин попал в больницу в Москве

Вооруженный грабитель ушел без денег после нападения на банк в Москве

СМИ назвали главного фаворита на место тренера «Барселоны»

Музыкальные новости

Армяне России поддерживают движение «Тавуш во имя Родины»

Страдания юного Аюша Булчун

Россия, Культура, Дети: конкурс на новую эмблему обьявил Театр Ульгэр в Республике Бурятия

В Росгвардии стартовал чемпионат по боксу "Кубок Победы"

Новости России

18 мая в Москве ожидается до +20°C и без осадков

В юго-восточной части Москвы мужчина с пистолетом ворвался в банк

СМИ назвали главного фаворита на место тренера «Барселоны»

В Подмосковье несколько лосей пересекали трассу строго по пешеходному переходу

Экология в России и мире

Не чувствую руку: Доктор Кутушов рассказал к чему приводит частое онемение конечностей

Фестивальный праздник «Музыка моего города» в Улан-Удэ включил в программу спектакль Театра кукол «Ульгэр»: Россия и Культура, Праздник и Дети

Как 86 тысяч японцев дожили до 100 лет и живут дальше: 7 секретов долголетия из Японии, которые пригодятся в России

СЛД «Чита» филиала «Забайкальский» ООО «ЛокоТех-Сервис» пополнило экспозицию выставки «БАМ: наследие для будущего»

Спорт в России и мире

Диего Шварцман: «Два чилийца в полуфинале в Риме. Шесть латиноамериканцев в топ-30. А ATP в следующем году уберет один из турниров в Южной Америке»

Свёнтек высказалась об акции протеста экоактивистов, выбежавших на корты Рима

Свищёв: МОК и ITF не будут реагировать на призывы наказать Хачанова

Теннисист Медведев не смог выйти в четвертьфинал турнира серии «Мастерс» в Риме

Moscow.media

Военные следственные органы Следственного комитета Российской Федерации отмечают 157-ю годовщину образования

Правоохранители проверили бывших мигрантов в Джанкое

Игровые клавиатуры Bloody S515R, B825R: механические свитчи и подставка под запястья

Азербайджанский мигрант возмутился из-за того, что в Калининграде суд назначил 4,5 года лишения свободы за убийство в ДТП школьницы. Видео







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *